9-ma’ruza. Axborotni masofaga uzatish tizimlari. Reja


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/8
Sana09.02.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1180543
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kimyo Inj-model-9-ma\'ruza

71– rasm. S
iljish kоmpеnsаtsiyali pnеvmаtik o’zgаrtkich 
sхеmаsi 
.
 
 


Asbob vazifasi turlicha ikki blok: elektr-mexanik o‘zgartkich (magnitoelektrik 
mexanizm va richaglar tizim majmuasi) va pnevmatik kuchaytirgichdan tuzilgan.
Elektr kirish signali (I = 0-5mA) elektromagnit 5 ning g‘altaklari 6 ga beriladi. Bunda 
magnit o‘tkazgichida yakor 4 ning siljishiga olib keladigan magnit oqimi paydo bo‘ladi. 
Yakordagi kuch tok miqdoriga to‘g‘ri mutanosib. Shu kuch ta’sirida richag 2 ning siljishi 
soplo 1 aloqasida bosim o‘zgarishiga olib keladi. Bu bosim pnevmatik kuchaytirgich 7 bilan 
kuchaytiriladi va pnevmoaloqalar bo‘ylab o‘zgartkich chiqishiga va teskari aloqa silfoni 3 
ga beriladi. Chiqish bosimi ta’sirida silfonda paydo bo‘ladigan kuch yakorda kirish 
signalidan hosil bo‘lgan kuch bilan kuch richagi orqali muvozanatlashtiriladi. Aniqlik sinfi 
0,5; 1,0. 
Pnevmo-yelektr o‘zgartkich 20-100 kPa qiymatdagi uzluksiz pnevmatik signalni 0-5 
mA o‘zgarmas tokning bir xillashtirilgan elektr signaliga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. 
Uzluksiz kirish va chiqish signallari uchun pnevmo-yelektr o‘zgartkichlar ham to‘g‘ri 
ta’sir etuvchi o‘zgartkich, ham qo‘shimcha energiya manbaidan foydalanadigan 
kompensatsion turdagi o‘zgartkich tarzida chiqarilishi mumkin. 
To‘g‘ri ta’sirli pnevmo-yelektr o‘zgartkich (73-rasm) pnevmatik kirish signalini qabul 
qiluvchi o‘lchash bloki 1 dan va differensial-transformatorda uzatuvchi o‘zgartkichdan 
tashkil topgan. Bosim ta’sirida silfon 2 ning qo‘zg‘aluvchan tubi va u bilan bog‘langan, 
birlamchi 3 va ikkilamchi 5 chulg‘amga ega bo‘lgan o‘zak 4 siljiydi. Aks ta’sir etuvchi kuch 
prujina 6 yordamida yaratiladi. O‘zakning maksimal siljishi tufayli paydo bo‘ladigan asosiy
xatolik ± 1 % dan oshmaydi. 
Kompensatsion pnevmo-yelektr o‘zgartkichlarda kuchlarni kompensatsiyalash 
prinsipidan foydalaniladi. To‘g‘ri ta’sirli o‘zgartkichlar kompensatsion turdagi 
o‘zgartkichlarga qaraganda kamroq aniqlikka ega. Ammo kompensatsion turdagi 
o‘zgartkichlar to‘g‘ri ta’sirli o‘zgartkichlarga nisbatan qimmat turadi. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling