9-ma’ruza. Axborotni masofaga uzatish tizimlari. Reja


Kuch kompensatsiyali o‘zgartkichlar


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/8
Sana09.02.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1180543
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kimyo Inj-model-9-ma\'ruza

Kuch kompensatsiyali o‘zgartkichlar birlamchi asbob sezgir elementining kuchini 
0-5 yoki 0-20 mA li o‘zgarmas tokning bir xillashtirilgan signaliga o‘zgartirishga 
mo‘ljallangan. 
Elektr - kuch o‘zgartkichlarning ishlashi kuchni kompensatsiyalash prinsipiga 
asoslangan: sezgir element tomonidan o‘lchanayotgan kattalik ta’sirida hosil qilingan kuch 
shu sezgir elementga teskari aloqa qurilmasi tomondan ta’sir etadigan kuch bilan 
muvozanatlashadi. 
O‘lchash tizimi analog shoxobchasining elektr o‘zgartkichlarida elektr-kuch 
o‘zgartkichlarning ikki turidan foydalaniladi: kuch va chiqish signali orasida to‘g‘ri 
mutanosiblik (chiziqli) munosabatni ta’minlaydigan chiziqli o‘zgartkichlar va chikish 
sngnali kuch qiymatidan olingan kvadrat ildizga mutanosib bo‘lgan kvadratik 
o‘zgartkichlar. Kvadratik uzgartkichlardan difmanometrlarda — sarf o‘lchagichlarda 
foydalaniladi. Ular chiqish signalini o‘lchanayotgan suyuqlik va gaz sarfiga to‘g‘ri 
mutanosib o‘zgaradigan o‘zgarmas tok ko‘rinishida olishni ta’minlaydi. O‘zgartkichlar 
alohida blok ko‘rinishida yasaladigan UP-20 turli kuchaytirgich bilan komplektlanadi 
(jamlanadi). 
Chiziqli va kvadratik o‘zgartkichlar faqat kuch mexanizmi qurilmasi bilan farq qiladi. 
Kuch kompensatsiyali elektr analog o‘zgartkichning prinsipipial sxemasi 68-rasmda 
ko‘rsatilgan. O‘lchanayotgan parametr o‘lchash bloki 1 ning sezgir elementiga (masalan, 
manometr membranasiga) ta’sir ko‘rsatadi va G‘ mutanosib kuchga aylanadi, bu signal 
richag 2 ga uzatiladi. Richagning surgich 3, oraliq richag 4 va lentali tortqi 5 orqali burilishi 
kompensatsion richag 6 ga uzatiladi. 
Kompensatsion richagda differensial-transformatorli indikatorning o‘zagi 7 va 
magnitoelektr kuch mexanizmining g‘altagi 8 o‘rnatilgan. Yarmo 9 ikkilamchi 
chulg‘amlarining bir-biriga qarab ulanishi natijasida hosil bo‘lgan zanjirdagi muvozanat 
o‘rtacha holatdan chetga chiqadi, sanoat chastotali o‘zgaruvchan tok signali paydo bo‘ladi. 
Bu signal elektron kuchaytirgich 10 ga keladi. Kuchaygan va to‘g‘rilangan signal masofaga 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling