9-ma’ruza. Axborotni masofaga uzatish tizimlari. Reja


Siljish kompensatsiyali o‘zgartkichlar


Download 0.75 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana09.02.2023
Hajmi0.75 Mb.
#1180543
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kimyo Inj-model-9-ma\'ruza

Siljish kompensatsiyali o‘zgartkichlar o‘lchash bloki sezgir elementining siljishini 
20-100 kPa qiymatda pnevmatik chiqish signaliga o‘zgartirish uchun mo‘ljallangan. 
71-rasmda siljish kompensatsiyali sxema bo‘yicha ishlaydigan pnevmatik 
o‘zgartkichning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. Ta’minlovchi havo bosimi hamda 
o‘zgartkich chiqishidagi havo bosimi M
1
va M
2
manometrlar orqali nazorat qilinadi. 
Birlamchi rele tarkibiga o‘zgarmas kesimli drossel 7, soplo 3 va o‘lchash bloki 1 ning sezgir 
elementi bilan bog‘langan to‘siq 2 kiradi. Kuchaytirgich ikkita ketma-ket ulangan drossel 
va silfon turidagi yuritmadan iborat. Drossel tizimi soplo 9 va 11 larni o‘z ichiga oladi. 
Birinchi soplodan R
0
bosimli siqilgan havo kuchaytirgichga keladi, ikkinchi soplo orqali esa 
havo kuchaytirgichdan atmosferaga chiqadi. Soplolarning teshiklari orasida likobchasimon 
klapan mavjud. Uning holatiga ikkala drossel havo oqimlari kesimlarining yuzi, binobarin, 
drossel qarshiliklari ham bog‘liq. Kuchaytirgich yuritmasi kamera 5 ichiga joylashgan, bir-
biriga nisbatan konsentrik o‘rnatilgan silfonlar 6 va 8 dan iborat. Likobchasimon klapan 
silfonlarning harakatchan tagi bilan shtok 13 orqali, kuchaytirgich esa birlamchi pele va 
ikkilamchi asbob bilan naychalar 4 va 15 orqali bog‘langan. Silfon yuritmasiga P
1
va P
2
bosimlardan o‘zaro muvozanatlashgan ikkita kuch ta’sir qiladi. 
70 – rasm. Kuch kоmpеnsаtsiyali pnеvmаtik o’zgаrtkich sхеmаsi .
 


To‘siqning siljishi birlamchi asbob sezgir elementining holatiga yoki tekshirilayotgan 
parametr qiymatiga bog‘liq. To‘siq soploni berkitganda silfonga ta’sir qiladigan P
1
bosim 
ko‘payadi, silfonlar siqiladi, likobchasimon klapan 10 soplo 9 teshigini ochib, soplo teshigi 
11 ni berkitadi; P
2
bosim oshadi va soplo 11 batamom berkilganda, P
2
bosim o‘zining 
maksimal qiymatiga erishadi. To‘siq soplodan chetlashganida teskari hodisa yuz beradi
ya’ni soplo 9 teshigi berkilib, soplo 11 teshigi ochiladi. Havoning atmosferaga chiqishidagi 
qarshilik kamayadi, shuning uchun R
2
bosim pasayadi va u soplo 11 ning to‘liq ochilishida 
nolga tenglashadi. 
Havo bosimining va o‘lchanayotgan parametrning o‘zgarishi quyidagicha bo‘ladi. R
2
bosim oshganda, silfon 17 siqiladi va shtok 14 orqali to‘siqni soplo 3 dan chetga suradi 
hamda soploning batamom berkilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Pnevmatik tizimlardagi ikkilamchi 
asbob sifatida har qanday bosim o‘lchagichlar ishlatilishi mumkin. 
 
Elektr-pnevmatik va pnevmo-elektr o‘zgartkichlar 
Avtomatik nazorat, sozlash va boshqarishning kombinatsiyalangan elektr-pnevmatik 
tizimlarni yaratishda elektr va pnevmatik chiqish signallariga ega bo‘lgan asboblar 
qo‘llaniladi. O‘lchash tizimining elektr va pnevmatik shoxobchalarini moslashtirish uchun 
elektr-pnevmatik va pnevmo-yelektr o‘zgartkichlar chiqariladi. 
Elektr-pnevmatik o‘zgartkich 0-5 mA o‘zgarmas tokning uzluksiz elektr signalini bir 
xillashtirilgan 20-100 kPa qiymatidagi pnevmatik signalga o‘zgartirishga mo‘ljallangan. 
EPP turidagi elektr-pnevmatik o‘zgartkichning prinsipial sxemasi 72-rasmda tasvirlangan. 
O‘zgartkich ishi kuch kompensatsiyasi prinsipiga asoslangan. O‘zgartkichdan nazorat va 
sozlash tizimlarida elektr analog asboblar bilan pnevmatik asboblar hamda tizimlar orasida 
bog‘lanish o‘rnatishda foydalaniladi. 

Download 0.75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling