9-ma’ruza: kvant optikasi reja


Bu odam liftni tutishga shoshilgandagi holat


Download 0.83 Mb.
bet3/7
Sana16.06.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1489262
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-ma\'ruza. KVANT OPTIKASI

Bu odam liftni tutishga shoshilgandagi holat.
Yarim o‘tkazgich yoki dielektriklarning energetik spektridagi bog‘langan energetik holatlardan erkin energetik holatlarga elektromagnit nurlanish ta’sirida elektronlarning o‘tishi - ichki fotoeffekt deb ataladi, chunki elektronlar bir energetik holatdan yuqorigi energetik holatlarga o‘tib, moddadan tashqariga chiqmaydilar.

Odam eshiklarga Yaqinlashganda hech qanday toqnashish xavfi bo’lmaydi.
Ikkita Yarim o‘tkazgich yoki metall – Yarim o‘tkazgich kontaktlarini yorug‘lik bilan yoritilganda foto elektr yurituvchi kuch (EYuK) hosil bo‘lish jarayoniga ventilli fotoeffekt deb ataladi. Bu hodisa quyosh energiyasini to‘g‘ridan - to‘g‘ri elektr energiyasiga aylantirish imkonini Yaratib beradi.
156 - rasmdagi qurilmadan foydalanib, yorug‘lik ta’sirida katod chiqaradigan elektronlar oqimi hosil qiladigan I fototokning elektrodlar orasidagi kuchlanish tushishiga bog‘liqligini, ya’nifotoeffektning volt-amper xarakteristikasini (VAX) o‘rganish mumkin.
Chastotalari bir xil, jadalliklari ikki xil yoritilganlik uchun fototokning VAX 161 - rasmda keltirilgan.

161 – rasm. Fotoeffektning volt – amper xarakteristikasi.
Ikkita elektrod orasidagi kuchlanish tushishi U ortishi bilan, boshlanishda fototok asta-sekin ortaboradi, ya’nikatoddan chiqib, anodga yetib boradigan fotoelektronlar soni oshib boradi. Egri chiziqlarning qiyalik qiyofasi katoddan elektronlar xar xil tezlikda otilib chiqishini ko‘rsatadi.
Fototokning maksimal qiymati Imax= Ito‘y. , ya’nito‘yinish fototokining boshlanishi shunday U kuchlanish tushishi bilan aniqlanadiki, bunday kuchlanish tushishida katoddan chiqayotgan elektronlar anodga yetib kelishga ulguradilar:
, (1)
bu yerda n – katodning 1 sekundda chiqargan elektronlar soni.
Volt-amper xarakteristikadan U = 0 bo‘lganda fototok nolga aylanmasligi ko‘rinib turibdi, chunki katoddan chiqayotgan ayrim elektronlar noldan farqli u boshlang‘ich tezlikka ega bo‘lib, ma’lum kinetik energiyaga ega bo‘lganlari uchun, tashqi maydonsiz anodga yetib kelaoladilar.
Fototok nolga teng bo‘lishi uchun, elektronlarga ishorasi manfiy bo‘lgan, elektronlarni to‘xtatib qoluvchi (– U0) kuchlanish qo‘yish kerak. demak, U = –U0 bo‘lganda, hattoki – maksimal tezlikka ega bo‘lgan elektronlar ham to‘xtatib qoluvchi kuchlanishni yengaolmaydilar va anodga
yetib kelaolmaydilar, natijada fototok nolga aylanadi.


Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling