9-Ma’ruza matn: df va uning tuzulishi. Maqolalar va boshqa me’yoriy hujjatlar. Farmakopeya


Download 22.32 Kb.
bet1/2
Sana10.01.2023
Hajmi22.32 Kb.
#1087380
  1   2
Bog'liq
9-maruza matni


9-Ma’ruza matn: DF va uning tuzulishi. Maqolalar va boshqa me’yoriy hujjatlar.
Farmakopeya (yun. pharmakon — dori va poieo — tayyorlayman) — dori vositalarini tayyorlash, sifatini sifat miqdoriy jihatdan nazorat qilish, saqlash shart-sharoitlari va nomlanishini belgilaydigan davlat standartlari majmui. Farmakopeyada dori moddalari va dori turlarini kimyoviy, fizik, biologik va boshqa usullarda sifat hamda miqdoriy tahlil qilish usullari, zaharli va kuchli taʼsir etadigan dorilar roʻyxati, bolalar va kattalar uchun dorilarning bir ichishlik, shuningdek, kunlik miqdorlari jadvali yoritiladi. Xitoyda 502 yilda chiqarilgan "Minibelu" kitobi, Yevropada 1130-yilda chop etilgan "Antidotoriy" toʻplamlari ilk rasmiy farmakopeya hujjatlaridir. Birinchi farmakopeya 1498-yilda Florensiyada "Ricettario Fiopentino" nomi bilan bosilib chiqdi. Abu Ali Ibn Sinoning "Tib qonunlari" asari u yashagan davrda qoʻllanilgan dori vositalarini tayyorlash, ularning sifatini baholash va qoʻllanilishi haqidagi maʼlumotlari bilan oʻz zamonasining farmakopeyasi deb baholanishi mumkin. Bugungi kunda koʻpgina mamlakatlarning milliy va hududiy farmakopeyalari mavjud boʻlib, ulardan Yey.R. (Yevropada hamjamiyati farmakopeyasi), LJSP (AQSH farmakopeyasi), VR (Britaniya farmakopeyasi), GF XI (Davlat farmakopeyasining 11-nashri), DP (Germaniya farmakopeyasi) kabilar xalqaro eʼtirof etilgan farmakopeyalar hisoblanadi va koʻp hollarda dori vositalarining sifat nazorati yuqoridagilarga asosan amalga oshiriladi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining 2020 yil 28 avgustdagi 227-son buyrug‘iga asosan O‘zbekiston Respublikasi Davlat farmakopeyasining birinchi nashri, birinchi jildi tasdiqlandi.
Davlatimiz rahbariyati tomonidan aholi sog‘lig‘ini saqlash masalalariga alohida eʼtibor berib kelinayotgan bo‘lib, bunda shubhasiz, dori vositalarining o‘rni muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalliy farmatsevtika sohasini jadal surʼatlar bilan rivojlanib borayotganligi - farmatsevtika korxonalari soni va salmog‘ini oshib borayotganligi, yangi original dori vositalarini yaratilib, amaliyotga joriy etilishi, dori vositalari muomalasining boshqaruv tizimining takomillashtirilishi va sifat nazoratini kuchaytirilishi va qator boshqa muammoli masalalarni hal etilishida o‘z aksini topmoqda.
Dori vositalarining sifati belgilangan tartibda ekspertizadan o‘tkazilib, tasdiqlangan standartlar talablariga mosligi bilan baholanadi va u dori vositalarini yaratish, ishlab chiqarishni tashkil etish, saqlash, tashish va belgilangan usulda qo‘llash jarayonlari ketma-ketligi majmuasida amalga oshirib boriladi.

Download 22.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling