9-ma`ruza Mавзу: Suyuqliklarni uzatish. Nasoslar Reja
Download 232.49 Kb.
|
!!9-мавзу, Насослар
6. Boshqa turdagi nasoslar
Quyultirilgan suyuqliklarni uzatish uchun (olxo`ri, o`rik, olcha va meva-rezavorlar sharbati va qiyomi) qovushoqligi 1000 Pa•s qiymatga teng bo`lgan suyuqliklar uchun rotastion hajmiy nasoslar (mononasoslar) ishlatiladi. Mononasosning asosiy qismlari stator 1 va rotor 2 bo`ladi (1-rasm). Odatda, stator ichi ikki yo`lli, yuzali, vintli, profilli, yuqori rezbali stilindrdan tashkil topgan. S tatorga bir yo`lli rotor o`rnatilgan bo`lib, u o`zining asosiy o`qi va statorning ko`ndalang kesim o`qi atrofida ham aylanadi. Stator va rotor orasida hosil bo`ladigan yopiq bo`shliqlar 3, nasos ishlashi paytida suyuqlik bilan to`lib turadi va rotor aylanganda, aksial qo`zg`alib boradi. Rotor aylanganda bu bo`shliq hajm 0 dan maksimumgacha o`zgaradi, bo`shliq ortib borganda suyuqlik so`rib boriladi. Mononasosning konstrukstiyasi 2-rasmda keltirilgan. Nasos korpusi cho`yandan yoki zanglamaydigan po`latdan tayyorlanadi. Stator esa, tabiiy kauchuk, sintetik, maxsus rezina, poliuretan, plastik massadan, yumshoq polivinil xlorid, teflon, poliamiddan, rotor - esa zanglamaydigan metall va plastmassadan tayyorlanadi. Bu nasoslarning bosimi 2,4 MPa va unumdorligi 200 m3/soat gacha bo`lishi mumkin. Nasoslarda sovitish yoki isitish uchun g`iloflar bo`lishi mumkin. Statorning ishchi temperaturalar oralig`i –30 dan +300S gacha. Kichik bosim bilan katta miqdordagi suyuqliklarni uzatishda o`qli nasoslardan foydalanish yuqori samara beradi (3-rasm). Bu turdagi nasoslarning ishchi g`ildiragi eshkakli vint shaklida tayyorlangan bo`ladi. Suyuqlik kurakcha yordamida ilib olinadi va korpusda aylanib, o`qning yo`nalishi bo`ylab uzatiladi. Nasosdan keyin suyuqlikni aylanma harakatini to`g`rilab beruvchi uskuna joylashgan bo`ladi. Quyuq, yuqori qovushoqli suyuqliklarni uzatishda shesternyali nasoslardan foydalaniladi (4-rasm). Nasos cho`yan korpusdan yasalgan bo`lib, unga 2 ta bir-biri bilan ilashadigan shesternyalar o`rnatilgan bo`ladi. Shesternyalardan biri elektr yuritkichga ulangan bo`lib, etaklovchi bo`lsa, ikkinchisi - etaklanuvchi hisoblanadi. S hesternyalar o`zaro ilashishdan chiqqanida siyraklanish hosil bo`ladi va suyuqlik nasosga so`riladi. Shesternya tishlari suyuqlikni so`rib ketadi va u aylanish yo`nalishi tomon harakatlanadi. Shesternya tishlari qaytadan ilashganda, suyuqlik uzatiladi. Shesternyali nasoslarni taqsimlab bergich sifatida qo`llash ham mumkin. Undan tashqari, kichik unumdorlikda, yuqori bosimni ta’minlab beradi. Suyuqliklarni aralashtirish uchun markazdan qochma aralashtirgichlardan foydalaniladi (5-rasm). Rasmda ko`rsatilganidek ma’lum nisbatda aylanayotgan barabanga kiradi va intensiv aralashadi. Suyuqlik aralashmasi greyferga kirib, bosim ostida aralashtirgichdan shtuster orqali chiqib ketadi. Download 232.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling