9-ma`ruza Mавзу: Suyuqliklarni uzatish. Nasoslar Reja


Markazdan qochma nasoslar


Download 232.49 Kb.
bet5/12
Sana20.06.2023
Hajmi232.49 Kb.
#1630402
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
!!9-мавзу, Насослар

Markazdan qochma nasoslar


Ishlash prinstipi. Markazdan qochma nasoslar oqim kinetik energiyasini bosimning potenstial energiyaga aylantirib berishiga asoslanib ishlaydi (1- rasm). Bu turdagi nasoslarda suyuqlikni so`rish va uzatish markazdan qochma kuch ta’sirida bo`lib, bu kuch nasos ishchi g`ildiragiga joylashgan spiralsimon kurakchalarni aylanishidan hosil bo`ladi. Kurakchalar suyuqlik oqib o`tadigan kanalni hosil qiladi.
Suyuqlik, so`rish trubasi orqali, ishchi g`ildirak o`qi bo`ylab, nasosga kiradi.
Ishchi g`ildirak suyuqlikka aylanma harakat beradi. Markazdan qochma kuch ta’sirida suyuqlik nasos qobig`i bilan ish g`ildiragi orasidagi o`zgaruvchan ko`ndalang kesimli kanalga kirib boradi. Kanalda suyuqlik tezligi uzatish quvuridagi tezlik qiymatigacha kamayadi.
Natijada ishchi g`ildiragiga kirishdagi bosim pasayib, suyuqlik beto`xtov nasosga so`rib boriladi. Markazdan qochma turdagi nasosni ishga tushirishdan oldin nasos ichida siyraklanish hosil qilish uchun uning ichiga suyuqlik quyiladi. Nasosdan suyuqlik orqaga oqib ketmasligi uchun, qaytarish klapani so`rish trubasiga o`rnatilgan bo`ladi. Gidravlik mashinalar bir va ko`p bosqichli nasoslarga bo`linadi.
Bir bosqichli nasosning bosimi 50 m suv ustunidan oshmaydi. Shuning uchun yuqori bosim hosil qilish uchun bir o`qning o`ziga ketma-ket bir necha ishchi g`ildiragi o`rnatiladi.
Ko`p bosqichli nasosning bosimi g`ildirak soniga proporstional. Ko`pincha g`ildiraklar soni beshtadan ortmaydi (2- rasm).
Markazdan qochma nasosning asosiy tenglamasi (Eyler tenglamasi). Ma’lumki, aylanish o`qiga nisbatan vaqt birligi ichida ma’lum bir suyuqlik massasi harakat miqdorining o`zgarishi, hamma tashqi kuchlar momentlarining yig`indisiga teng, ya’ni aylanish momentiga teng.
Suyuqlikni g`ildirakka kirishdagi absolyut harakat tezligi C1 tezlikli mos ravishda nisbiy tezliklar w1 va w2 va aylanma tezliklar u1 va u2 ning geometrik yig`indisiga teng
bo`ladi (3-rasm).






Download 232.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling