9-ma`ruza Mавзу: Suyuqliklarni uzatish. Nasoslar Reja
Download 232.49 Kb.
|
!!9-мавзу, Насослар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4.Porshenli nasoslar . Markazdan qochma nasoslar tuzilishi, ishlash prinsipi va xarakteristikalari
- V = f S
- =l(1 - cos )
w1 tezlik qiymati wso`r ga nisbatan ancha kichik bo`lgani uchun, w1=0 deb qabul qilsak bo`ladi.
(6) tenglamadan shu narsa ko`rinib turibdiki, rso`r kamayishi bilan so`rish balandligi ortadi. Suyuqlik nasos ichida qaynab ketmasligi uchun, rso`r qiymati suyuqlik uzatilayotgan temperaturadagi suv bug`i to`yinish bosimi Pv dan katta bo`lishi kerak , ya’ni rso`r > rt. Shunday qilib, so`rish balandligining chegaraviy qiymatini quyidagicha aniqlaymiz: bu erda rat – atmosfera bosimi; rat=r1 . Aks holda, suyuqlik nasos ichida qaynab ketadi, va intensiv bug` hosil bo`lishga olib keladi. Bug` pufakchalari suyuqlik bilan yuqori bosimli zonaga kirib qolsa, tomchiga aylanib, bo`shliqlar hosil qiladi, gidravlik zarba shoqin bo`lishiga olib keladi, ya’ni kavitastiya hodisasi sodir bo`ladi. Kavitastiya bo`lishi nasos unumdorligini pasaytiradi, gidravlik zarba bilan ishlagan nasos, tez buziladi, korroziyaga uchraydi va uning tez buzilishiga olib keladi. 4.Porshenli nasoslar. Markazdan qochma nasoslar tuzilishi, ishlash prinsipi va xarakteristikalari Porshenli nasoslar plunjer yoki porshenni stilindrda ilgarilama-qaytma harakati yordamida suyuqlikni siqib chiqarish prinstipiga asoslangan (2-rasm). Porshenni o`ng tomonga qilgan harakatidan keyin, stilindrning chap qismida havoni siyraklanishi sodir bo`lib, so`rish klapani ochiladi va so`rish quvuri orqali suyuqlik stilindrga tortib olinadi. Porshen chapga surilganda so`rish klapani berkilib, uzatish klapani ochiladi va suyuqlik haydash quvuri orqali uzatila boshlaydi. Porshen krivoship-shatunli mexanizm yordamida harakatga keltiriladi. Porshen stilindrda zichlovchi halqalar yordamida siqib turiladi. Porshenli nasoslar uzatmasi turiga qarab, bevosita ulanuvchi va uzatmali bo`ladi. Bevosita ulangan nasoslar bug` nasoslar yordamida harakatlanadi, bunda nasos porshen bilan bitta shtokda joylashgan bo`ladi. Uzatmali nasoslar elektr yuritkich yordamida harakatga keltiriladi. Nasoslar krivoship aylanish chastotasiga qarab, sekin aylanadigan (n=45...60 min-1), o`rtacha (n=60...120 min-1) va tez aylanadigan (n=120...180 min-1)larga bo`linadi. Porshenli nasoslar vertikal va gorizontal bo`lishi mumkin. Yuqori bosimli nasoslar 100 MPa gacha bo`lgan bosimni ta’minlab bersa, yuqori mahsuldorlik nasos esa, soatiga 60 m3 suyuqlik haydab beradi. Porshenli nasoslar uchun so`rish va uzatish jarayoni davriy bo`lib, suyuqlikni uzatish bir tekis amalga oshmaydi. Notekis uzatishni bartaraf etish uchun ko`p tomonlama ta’sir etuvchi nasoslar qo`llaniladi. Ikki tomonlama ta’sir etuvchi nasosda 2 ta so`rish va 2 ta uzatish klapani bor (3-rasm). Krivoship to`liq aylanib chiqqanda stilindrning ham chap, ham o`ng tomonidan navbatma-navbat uzatish va so`rish jarayonlari sodir bo`ladi. Plunjerning o`ng tomonga qo`zg`alishida, chap tomonidagi so`rish klapani ochiladi va suyuqlik stilindrning bo`shlig`iga so`riladi. Shu vaqtda esa, o`ng tomondagi uzatish klapani ochilib, suyuqlik stilindrning o`ng qismidan quvurga uzatiladi. Plunjer orqaga qaytganda esa, o`ng tomonning so`rish klapani ochilib, chap tomonning uzatish klapani ochiladi. Plunjerda siqish halqalari bo`lmaydi va uzunligining diametriga nisbati katta bo`ladi. Suyuqlikni bir tekisda uzatishni ta’minlash uchun uch tomonlama harakatlanadigan nasoslar yordamida amalga oshirish mumkin. Oddiy xarakatli (bir tomonlama) nasoslarni ketma-ket joylashgan bo`lib, bunday krivoshiplar o`zaro 1200 burchak ostida ketma-ket joylashgan bo`ladi (4-rasm). Krivoshipning to`liq bitta aylanishida, 3 marta so`rish va 3 marta uzatish jarayoni sodir bo`ladi. Porshenli nasos porshenining bitta harakatidagi nazariy unumdorligi, porshenning vaqt birligida hosil qilgan hajmi bilan aniqlanadi. Agar porshen siqib chiqarayotgan suyuqlik hajmi (m3) V = f S bo`lsa, unda bir yo`lli nasosning o`rtacha nazariy unumdorligi (m3/soat): bu erda f – stilindrning ko`ndalang kesimi; S – porshen yo`li uzunligi, ya’ni boshlang`ich va oxirgi harakat nuqtalari orasidagi masofa; n – aylanishlar chastotasi. Ikki tomonlama harakatlanadigan nasosdagi krivoshipning 1 ta to`liq aylanganida 2 ta marta so`rish va 2 marta uzatish sodir bo`ladi. Porshenning o`rtacha qilgan harakatida stilindr ichiga f S ga teng bo`lgan miqdorda suyuqlik so`riladi, o`ng tomondan esa (f – fo`k)S miqdorida suyuqlik siqib chiqariladi (fo`k – shtokning qo`ndalang kesimi). Nasosning nazariy unumdorligi: O`qning ko`ndalang kesim yuzasini kichik deb olinsa fo`k f , bir soatlik nazariy uzatish mikdori: (7) Nasosning haqiqiy unumdorligi quyidagicha: : bu erda V – klapan, salnik va quvur tirqishlaridan oqib chiqish paytida, yo`qotiladigan suyuqlikni hisobga oladigan foydali ish koeffistienti - V = 0,85...0,99. Ko`p bosqichli nasoslarning haqiqiy unumdorligi (m3/soat) da: (8) bu erda i - harakat karraligi. Bu formula nasosning o`rtacha unumdorligini ifodalaydi, lekin porshenni 1 marta borib kelishida suyuqlikning uzatilishi notekis amalga oshadi. Ixtiyoriy vaqtda porshenli nasos uzatgan suyuqlik miqdorini aniqlash uchun, porshen harakati qonuniyatini bilish kerak. Porshenni x miqdorda gaz so`rishi krivoshipning burilish burchagi ga nisbatan quyidagicha ifodalash mumkin (5-rasm). P orshenni chap tomonini oxirgi holatida polzun 0 nuqtada joylashadi. Porshenning o`ngga qilgan harakatida esa, polzun qandaydir E nuqtaga suriladi. Krivoshipning bosib o`tgan yo`li esa, krivoship buriladigan burchak yordamida aniqlanib, u A (nuqta) ga joylashadi. Quyidagi hisoblash ishini ko`rib chiqamiz: E nuqtadan l radiusli shatun uzunligida AD yoyini chizib, A nuqtadan gorizontal chiziqqa AS perpendikulyar tushiramiz. Porshen bosib o`tgan x masofa esa: x=BD=VS+CD bo`ladi. Lekin, BC=MB-MC=r - rcos=r(1 - cos), CD=ED - EC=l - lcos=l(1 - cos). Bu erda r krivoship uzunligi. Demak: Download 232.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling