9-ma’ruza shamol elektr stansiyalarining turlari. Reja
Download 275.35 Kb. Pdf ko'rish
|
9-MA’RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qirgoq yaqinida joylashgan shamol elektr stansiyalari
- Shleyflarda joylashgan shamol elektr stansiylari
9-MA’RUZA Shamol elektr stansiyalarining turlari. REJA: 9.1. Shamol elektr stansiyalarining turlari. 9.2. Shamol elektr stansiyalarining avzalligi va kamchiligi. 9.3. Shamol generatori. 9.1 Shamol elektr stansiyalarining turlari. Quruqlikdagi Hozirgi kunda shamol elektr stansiyalarining eng keng tarqalgan turi- bu shamol generatorlarini tepaliklar yoki balandliklarda o'rnatilganlaridir. Sanoat shamol generatori 7-10 kun davomida tayyorlangan maydonga o'rnatiladi. Shamol elektr stansiyasini qurish uchun maxsus tashkilotlardan ruxsatnomalarni olish bir yil yoki undan ko'proq vaqtni talab qilishi mumkin. 9.1.1-rasm. Ispaniyada yer sirtida joylashgan shamol elektrostansiyasi. Shamol generatorlarini o'rnatish uchun qurilish maydonchasiga transport yo'li kerak, generatorlar 50 metr balandlikda o'rnatilgani uchun og'ir yuk ko'tarish uskunalari 50 metrdan ortiq balandlikka ko'tarish kerak bo'ladi. Elektr stansiyasi elektr tarmog'iga elektr tokini uzatishda elektr kabel orqali ulanadi. Hozirgi vaqtda eng yirik shamol elektr stansiyasi Amerika Qo'shma Shtatlarining Kaliforniya shtatida joylashgan Alta elektr stansiyasi bo'lib, uning quvvat- 1550 MVtga teng. Qirg'oq yaqinida joylashgan shamol elektr stansiyalari Sohil bo'yi shamol elektr stansiyalari dengiz yoki okean sohilidan uncha uzoq bo'lmagan masofada joylashadi. Qirg'oqda kun davomida davriy doimiy bo'lgan shamol esadi, bu yer yuzasi va suv sirtining notekis isitilishi bilan bog'liq. Kunduzi esadigan dengiz shamoli suv yuzasidan qirg'oqqa, tunda esa qirg'oqdan suv tomonga esadi. Shleyflarda joylashgan shamol elektr stansiylari Shleyflarda (qirg'oq yaqinidagi suvda joylashgan) shamol elektr stansiyalari dengizda qurilib, qirg'oqdan 10-60 kilometr masofa uzoqlikda joylashadi. Shleyflarda joylashgan shamol elektr stansiyalari bir qator afzalliklarga ega: ular deyarli qirg'oqdan ko'rinmaydi; ular yerni egallamaydi; muntazam dengiz shamollari tufayli ular ko'proq samaradorlikka ega bo'ladi; generator parraklari hosil qiladigan shovqin quruqlikkacha yetib kelmaydi. Download 275.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling