9-ma’ruza shamol elektr stansiyalarining turlari. Reja


Download 275.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana18.12.2022
Hajmi275.35 Kb.
#1032199
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-MA’RUZA

 
9.3. Shamol generatori. 
Shamol generatori (shamol elektr qurilmasi yoki SHEQ) shamol 
oqimining kinetik energiyasi parraklarning aylanishi hisobiga mexanik 
energiyaga aylantirib, so'ngra uni elektr energiyasiga aylantirishga asoslangan. 
Shamol generatorlari uchta toifaga bo'linishi mumkin: sanoat, savdo va 
maishiy (xususiy foydalanish uchun). 
Sanoat qurilmalari davlat yoki yirik energetika kompaniyalari tomonidan 
o'rnatiladi. Odatda, ular umumiy tarmoqda birlashtiriladi va natijada shamol 
elektr stansiyasilarini tashkil qiladi. An‘anaviy (issiqlik, atom) energiya 
manbalaridan asosiy farqi xomashyo talab qilmaydi va chiqindilarni umuman 
chiqarmaydi. SHES uchun yagona muhim talab o'rtacha yillik shamol oqimidir. 
Zamonaviy shamol generatorlarining quvvati 8 MVt ga yetdi. 


Shamol generatorining quvvati shamol tezligi va N=pSV
3
/2 bilan 
belgilangan havo oqimining (N) kuchiga bog'liq bo'lib, bunda V-shamol tezligi, 
p-havo zichligi, S-parraklar aylanadigan yuza. 
12.3.1-rasm. Shimoliy dengizga o'rnatilgan sanoat shamol generatorlari. 
Shamol generatorlarining parraklari soniga, ularni ishlab chiqarishda 
qo'llanilgan materiallarga va aylanish o'qiga ko'ra tasniflari mavjud. 
Shamol generatorining ikkita asosiy turi mavjud: 

vertikal aylanish o'qi asosidagi ("karusel" — rotor ("rotor 
Savonius", yoki "aka-uka Voroninlar rotori" 1924-yil oktabr oyida rus 
ixtirochilari aka-uka Ya.A. va A.A.Voroninlar ko'ndalang rotor turbinasining 
ixtirosi uchun patent olganlar, 1925-yili esa fin sanoatchisi Sigurd Savonius 
bunday turbinalarni ommaviy ishlab chiqarishni tashkil etgan; 

aylanish o'qi gorizontal bo'lgan shamol generatorlari. Ular 40% 
gacha bo'lgan samaradorlikka ega bo'lib, kichik parraklar va kichik ko'p 
pog'onali tezlik bilan aylanadi. 


12.3.2-rasm. Shamol generator qurilmasi. 

Download 275.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling