9-ma’ruza shamol elektr stansiyalarining turlari. Reja


Shamol elektr stansiyalarining kamchiliklari


Download 275.35 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/5
Sana18.12.2022
Hajmi275.35 Kb.
#1032199
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-MA’RUZA

Shamol elektr stansiyalarining kamchiliklari 

Shamol tabiatan barqaror emas, kuchayadi yoki zaiflashadi. Bu 
shamol energiyasidan foydalanishni qiyinlashtiradi. Bu kamchilikni bartaraf 
etishga imkon beradigan texnik yechimlarni topish shamol elektr stansiyalarini 
qurishda asosiy vazifa hisoblanadi.

Yuqori sifatli shamol generatorlari juda qimmat va deyarli sarf 
qilingan xarajatlarni qoplamaydi. Yuqori investitsiya xarajatlari asosida yangi 
yaratilinadigan jixozlar va zamonaviy texnologiyalar tufayli ular yordamida 
olinadigan elektr energiyasining tan narxini kamaytirish mumkin. Bundan 
tashqari, shamoldan energiya olish narxi doimiy ravishda kamayib bormoqda. 
O'rtacha, o'rnatilgan 1 kVt qiymati $1000ga tushadi.
Shamol elektr stansiyalari turli xil tovush spektrlarida odamlarga zararli 
shovqinlarni keltirib chiqaradi. Odatdagi shamol qurilmalarining shovqinini 35-
45 desibeldan oshmasligi uchun turar-joy binolaridan uzoqroq masofada 
o'rnatiladi. Shovqinni o'rganish bo'yicha tadqiqotlar, so'nggi tahlil qilish asbob-
uskunalari asosida amalga oshiriladi, o'rganishlar shamol turbinalarni inson 
organizmiga salbiy ta‘sirini tasdiqlanmadi. Ishchi stansiyadan 30-40 m masofada 
fon shovqin darajasida bo'ladi. 

Shamol elektr stansiyalari televizor va turli aloqa tizimlarini 
ishlashiga to'sqinlik qiladi. Yevropada 26 000 dan ortiq shamol generatorlaridan 


foydalanish muqobil elektr energetikasini rivojlantirishda hal qiluvchi 
ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi.

Shamol elektr stansiyalarini yovvoyi qushlarning migratsiyasi va 
yashaydigan hududlarida joylashtirilishi qushlarga zarar yetkazadi. So'nggi ilmiy 
tadqiqotlarga ko'ra qushlar uchun tahdid, qushlar shamol generatorlarining 
parraklariga urilishlariga nisbatan an‘anaviy energetikada elektr tokini uzatishda 
yuqori voltli tizimlaridagi to'qnashuvlar ehtimoli katta ekanligini ko'rsatdi.

Vaqt bo'yicha chiqish quvvatining o'zgaruvchanligi - elektr 
energiyasini
shamol generatorlari asosida ishlab chiqarishda inson omili ta‘sir 
qila olmaydigan shamol kuchining doimiy bir xil bo'lmasligi.

Shamol 
generatorlari 
joylashgan 
hududlarning 
landshaftdagi 
o'zgarishlar. Ko'rsatilgan kamchiliklarga qaramasdan, shamol generatorlarining 
atrof-muhitga foyda keltiradigan afzalliklari ko'p. Aniqlik uchun 1 MVt 
quvvatga ega shamol generatorining ishi 20 yil ichida 29000 tonna ko'mir yoki 
92000 barrel neftni tejash imkonini beradi.

Download 275.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling