9-ma’ruza shamol elektr stansiyalarining turlari. Reja
Shamol elektr stansiyalarining avzalligi va kamchiligi
Download 275.35 Kb. Pdf ko'rish
|
9-MA’RUZA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Togli shamol elektr stansiyalari
- 9.2. Shamol elektr stansiyalarining avzalligi va kamchiligi. Shamol elektr stansiyalarining afzalliklari
Shamol elektr stansiyalarining avzalligi va kamchiligi.
Suzuvchi shamol elektr stansiyalari Suzuvchi shamol elektr stansiyasining birinchisi 2007-yil dekabr oyida H Technologies BV kompaniyasi tomonidan qurilgan. U 80 kVt quvvatga ega bo'lib, 108 metrlik dengiz chuqurligida Janubiy Italiya qirg'og'idan 16 kilometr uzoqligida suzuvchi platformada o'rnatilgan. Ushbu shamol generatorining po'lat minorasi suv ostida 100 metr chuqurlikda joylashgan. Suv ustidagi minorasining balandligi 65 metr bo'lgan. Parraklarining aylanish diametri 82,4 metrni tashkil etgan. Shamol generatorining minorasini barqarorligini ta‘minlash maqsadida uning pastki qismi ma‘lum bir chuqurlikka botishi uchun balans (shag'al va toshlar) joylashtirilgan. Shu bilan birga, minoraning pastki qismida o'rnatilgan langarlarni uchta po'lat tros ushlab turgan. Elektr toki suv osti kabeli orqali qirg'oqqa uzatilgan. Bu kompaniya 2017-yilda turbina quvvatini 6 MVtga, parraklarining diametrini —154 metrga yetkazdi. Tog'li shamol elektr stansiyalari 2011-yil Qozog'istoning Jambul viloyatining Ko'rday davonida 1,5 MVt quvvatga ega tog'li shamol elektr stansiyasi (SHES) ishga tushirildi. Platforma dengiz sathidan 1200 metr balandlikda o'rnatildi. Bu yerda o'rtacha yillik shamol tezligi 5,9 m/sekni tashkil qiladi. 9.2. Shamol elektr stansiyalarining avzalligi va kamchiligi. Shamol elektr stansiyalarining afzalliklari • Shamol elektr stansiyalari atrof muhitni zararli chiqindilar bilan ifloslantirmaydi. • Shamol energiyasi ma‘lum sharoitlarda qayta tiklanmaydigan energiya manbalari asosida olinadigan elektr energiyasini tushim narxi bilan raqobatlasha oladi. • Qayta tiklanadigan, tugallanmaydigan energiya manbasidan foydalanish, uni qazib olish va tashish jarayonida sarf bo'ladigan yoqilg'ini tejaydi. • Yaqin atrofdagi hududda joylashgan ishlab chiqarish korxonalari va qishloq xo'jaligi sohalarida to'liq ishlatilishi mumkin. • Olingan energiya birligi uchun barqaror xarajatlar, shuningdek an‘anaviy energiya manbalariga nisbatan iqtisodiy raqobatbardoshlikni oshiradi. • Energiya uzatishda minimal yo'qotishlar - shamol elektr stansiyasini to'g'ridan-to'g'ri iste‘molchilarga yaqin yoki uzoq masofada qurish mumkin, bu an‘anaviy energiya manbaidan foydalanishda tarmoqqa maxsus ulanishlarni talab qiladi. • Oson xizmat ko'rsatish, tezkor o'rnatish, foydalanishda kam xarajatlar talab etadi. • Shamol energiyasining manbayi tabiatni o'zi bo'lib, bitmas tuganmas hisoblanadi. Download 275.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling