9-maruza: uch fazali va mahsus transformatorlar reja: Uch fаzаli trаnsformаtor; Аvtotrаnsformаtorlаr


Download 0.63 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/5
Sana28.12.2022
Hajmi0.63 Mb.
#1012478
1   2   3   4   5
Bog'liq
Маъруза № 9

Tokni oʼlchash transformatori. Kuchli toklarni kuchsiz toka aylantirishda 
tok transformatorlari ishlatiladi. Bunday transformator birlamchi chulgʼamining 
oʼramlari soni koʼp boʼlmay, asosiy elektr zanjiriga ketma-ket ulanadi va 
oʼlchanadigan tok u orqali oʼtadi. Ikkilamchi chulgʼamining oʼramlari soni 
nisbatan koʼp boʼlib, unga oʼlchov asboblari ( ampermetr, vattmetr, 
schyotchiklarning tokli gʼaltaklari) ketma-ket ulanadi. 
Tok transformatorining zanjirga ulanish sxemasi va belgilanishi 9.4- a va b 
rasmda koʼrsatilgan.
Tok transformatorining transformatsiya koeffitsienti quyidagicha ifodalanadi: 
Oʼlchanayotgan tokning haqiqiy qiymatini bilish uchun ampermetrning 
koʼrsatishini transformatsiya koeffitsienti
ga koʼpaytirish kerak. Ikkilamchi 
chulgʼamning nominal toki
5 amperga moʼljallangan boʼlib, unga 
ulanadigan elektr oʼlchov asboblari birlamchi chulgʼamdan oʼtadigan tokka moslab 
darajalanadi. 
Ulanadigan oʼlchash asboblarining elektr qarshiligi unchalik katta 
boʼlmaydi. Shuning uchun tok transformatori, koʼpincha, qisqa tutashuv rejimida 
ishlaydi. Demak, tok transformatorlarini ishlatishda ikkilamchi chulgʼamga 
ulangan yuklamaning qarshiligi nominaldan oshmasligi shart. Birlamchi zanjirdan 
tok oʼtib turganida ikkilamchi zanjir aslo uzilmasligi va ochilib qolmasligi kerak. 
Mabodo ikkilamchi zanjir uzilsa, tok transformatoridagi magnit oqimi kuchayib 
ketib, ikkilamchi chulgʼam uchlarida hayot uchun xavfli kuchlanish yuzaga keladi. 
Shuning uchun tok transformatorning ikkilamchi chulgʼami elektr oʼlchov 
asboblariga ulangan yoki qisqa tutashgan boʼlishi shart. 
Tok transformatorlari 0,2; 0,5; 1,0; 3,0; 10 aniqlik sinflariga ega. 



a)
b)
A
1
w
2
w
A
1
I
U
2
I
1
L
2
L
1
N
2
N

Download 0.63 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling