9-maruza: uch fazali va mahsus transformatorlar reja: Uch fаzаli trаnsformаtor; Аvtotrаnsformаtorlаr
Download 0.63 Mb. Pdf ko'rish
|
Маъруза № 9
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kuchlanishni oʼlchash transformatori.
3. Oʼlchаsh trаnsformаtorlаri
Oʼzgaruvchan tokning yuqori kuchlanishli zanjirlariga ulanadigan oʼlchov asboblarining oʼlchash chegaralarini kengaytirish maqsadida kuchlanish va tok transformatorlaridan foydalaniladi. Chunki bunday zanjirlarda oʼlchash chegaralarini qoʼshimcha qarshilik va shuntlar yordamida kengaytirish mumkin emas, negaki oʼlchash asboblarining chulgʼamlari yuqori kuchlanish ostida boʼlib, undan foydalanishda xizmat koʼrsatuvchi shaxs hayoti uchun katta xavf tugʼiladi. Yuqori kuchlanishli tarmoq va asbob-uskunalarni himoya qilish uchun turli himoya relelardan foydalaniladi. Ular ham tarmoqqa oʼlchash asboblari kabi tok va kuchlanish transformatorlari yordamida ulanadi. 4 Kuchlanishni oʼlchash transformatori. Kuchlanish transformatorning zanjirga ulanish sxemasi va uning belgilanishi 9.3- a va b rasmda koʼrsatilgan. 9.3-rasm. a) V 1 U 2 U a x A X b) V V 1 w 2 w Yuqori kuchlanishli birlamchi chulgʼamning oʼramlari soni w1 nisbatan koʼp boʼlib, tarmoqqa parallel ulanadi, yaʼni oʼlchanadigan kuchlanish bevosita taʼsir ettiriladi. Ikkilamchi chulgʼamning oʼramlari soni w 2 nisbatan kam boʼlib, unga voltmetr, vattmetr, schyotchik va boshqa asboblarning kuchlanish gʼaltaklari ulanadi. Kuchlanish transformatorlaridagi birlamchi chulgʼamning nominal kuchlanishi yuqori kuchlanishli tarmoqning yoki qurilmaning nominal kuchlanishiga, ikkilamchi chulgʼamning nominal kuchlanishiga, ikkilamchi chulgʼamning nominal kuchlanishi esa 100 V ga teng qilib olinadi. Kuchlanish transformatorlari bir fazali va uch fazali qilib ishlab chiqariladi. Bunday transformatorlarning transformatsiya koeffitsienti: Oʼlchanayotgan kuchlanishning haqiqiy qiymatini bilish uchun voltmetrning koʼrsatishini transformatsiya koeffitsienti ga koʼpaytirish kerak. Kuchlanish transformatorlarining past kuchlanishli ikkinchi zanjirida oʼta yuklanish yoki qisqa tutashishdan saqlanish maqsadida himoya saqlagichlar oʼrnatiladi. Аyrim sabablarga koʼra yuqori kuchlanishli chulgʼam izolyatsiyasi shikastlansa, uning 5 transformatorga tegib qolish xavfi tugʼiladi. Bunday falokatning oldini olish uchun kuchlanish transformatorining past kuchlanishli chulgʼami va temir oʼzagi yerga ulangan boʼladi. Kuchlanish transformatori boshqa elektr oʼlchov asboblari kabi 0,5; 1,0; 3,0 aniqlik sinfiga ega. Download 0.63 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling