Xodjkin-Xaksli konsepsiyasi. Membrananing qandaydir bir ionga nisbatan o‘zgaruvchanligining o‘zgarishida ushbu ion membrana orqali sizib o‘tadi va muvozanatli holatni yuzaga keltirishga harakat qiladi, lekin topilgan son qiymatlari bergan ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, hujayra ichida Na+ ionlari sizib o‘tadi va u yerda musbat potensialni hosil qiladi. Demak, hujayra g‘alayonlanishi davrida membrananing singdiruvchanligi faqat natriy ionlari uchun ortar ekan. Agar Om qonuniga asosan tok kuchining kuchlanishga bo‘lgan nisbati yoki buning teskarisi topilsa, qandandir bir ion uchun membrananing singdiruvchanligini (boshqacha aytganda, elektr o‘tkazuvchanligini yoki membrananing ushbu ionlarga bo‘lgan qarshiligini) o‘lchash mumkin. Amalda esa membrana singdiruvchanligining (o‘tkazuvchanligining) qo‘zg‘atilishi paytida vaqtga bog‘liq holda o‘zgarishi bu masalaning hal etilishini qiyinlashtiradi. Bu zanjirda elektr kuchlanishining qaytadan taqsimlanishiga olib keladi va membranada potensiallar ayirmasi o‘zgaradi.
Harakat potensialining paydo bo‘lishi haqidagi hozirgi zamon tasavvurlari asosida A.Xodjkin, A.Xaksli va B.Katslar tomonidan kalmar gigant aksonlari ustida o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalari yotadi. Ular membranadagi potensiallar ayirmasining ma’lum bir qiymatini tajribada qayd qilishga muvaffaq bo‘ldilar. Bu ularga ionlar tokini va membrananing singdiruvchanligini aniqlash uchun imkoniyat beradi. Bu olimlar olib borilgan tadqiqotlari natijasida shunday xulosaga kelishdiki, ya’ni harakat potensiali avj olayotganda membrananing natriy ionlariga bo‘lgan singdiruvchanligi oshib ketadi. Aniqroq, qilib aytganda, membrananing ion singdiruvchanlik koeffitsiyentlari nisbati tinch paytda РК : РNa : PCI = 1,0 : 0,04 : 0,45 bo‘lsa, harakat potensiali vaqtida РК : РNa : PCI = 1,0 : 20 : 0,45 ga teng bo‘ladi. Harakat potensialining yuzaga kelishi asosan natriy ionlari tomonidan ta’minlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |