9-mavzu. Bioelektrogenez. Membrana (tinchlik) potentsiali. Model sistеmalaridagi yuzaga keladigan elеktr potеntsiallar farqi-diffuzion, fazalararo va Donnan potensiallari


Postsinaptik va miniatyur potensiallar


Download 445.78 Kb.
bet9/15
Sana10.11.2023
Hajmi445.78 Kb.
#1762297
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
5-maruza

Postsinaptik va miniatyur potensiallar. Sinapsda presinaptik membranadan ajralgan neyromediator postsinaptik membrana retseptori bilan ta’sirlashib, postsinaptik potensialni vujudga keltiradi. Postsinaptik potensiallar qutbsizlantiruvchi, ya’ni qo‘zg‘atuvchi va qutblilik darajasini oshiruvchi, ya’ni tormozlovchi potensiallarga bo‘linadi. Postsinaptik membranada mediator ta’sirida Na+ ion kanallari aktivlashib, natriy ionlari hujayraga kira boshlasa, K+ ion kanallari orqali kaliy ionlarining tashqariga chiqishi kuzatiladi. Bunda riversiyalanish potensiali 0 mV ni tashkil etuvchi qo‘zg‘atuvchi potensial vujudga keladi. Postsinaptik membranada Cl- yoki K+ kanallari faollashishi natijasida kaliy va xlor ionlarining konsentratsiya gradiyenti yo‘nalishidagi harakati membrana qutbliligini oshirib, giperpolyarizatsiyaga olib keladi va tormozlovchi potensial kelib chiqadi. B.Kats sinaptik jarayonlarni o‘rganish davomida presinaptik membranadan neyromediatorning spontan porsiyalar holida ajralib chiqishi bilan ifodalanadigan, amplitudasi 0,5 mV va davomiyligi 20 ms ni tashkil etuvchi postsinaptik potensiallarni qayd etadi va buni miniatyur potensiallar deb nomlagan.
Presinaptik membranada joylashgan Са2+ ion kanallari faoliyati mediator ajratish jarayonida muhim ahamiyatga ega. Bunda kiruvchi Са2+ ionlari mediator pufakchalari ustki qismida mavjud bulgan oqsil kompleksiga ta’sir ko‘rsatib, pufakchalardan mediatorning sinaps tirqishiga ekzotsitoz orqali sekretsiyasini ta’minlovchi omillardan biri hisoblanadi.


BIOELEKTROGENEZ.HARAKAT POTENTSIAL.

Hujayraning qo’zg’alishi, hujayra ichidagi jarayonlarning boshqarilishi, nerv tizimining ishlashi va muskullar qisqarishining boshqarilishi asosida tirik to’qimalar va hujayralarda elektr potentsiallar hosil bo’lishi va ularning tarqalishi yotadi. Hujayrada biopotentsiallar hosil bo’lishining mexanizmlarini mikroelektrodlar yordamida, biopotentsiallarni kuchaytirish va boshqa elektrofiziologik usullar yordamida o’rganiladi.


Hujayra ichidagi bir valentli ionlar (Sl-, K+, Na+) kontsentratsiyasi uning tashqi muhitdagi kontsentratsiyasidan farqlanadi. Bu ionlarning taqsimlanishida quyidagi omillar alohida o’rin egallaydi:
1. Hujayra ichida manfiy zaryadlangan, Na+, K+ va S1- ga nisbatan katta organik anionlar mavjudligi.
2. Hujayra membranasidagi Na+ ionini hujayra tashqarisiga va K+ ionini hujayra ichiga tashiydigan faol transport tizimi borligi.

Download 445.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling