9-mavzu. Bioelektrogenez. Membrana (tinchlik) potentsiali. Model sistеmalaridagi yuzaga keladigan elеktr potеntsiallar farqi-diffuzion, fazalararo va Donnan potensiallari


-rasm. Kardiomiotsitlar membranasida harakat potensialining kelib chiqish sxemasi


Download 445.78 Kb.
bet4/15
Sana10.11.2023
Hajmi445.78 Kb.
#1762297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
5-maruza

9.2-rasm. Kardiomiotsitlar membranasida harakat potensialining kelib chiqish sxemasi
Tabiiy sharoitda miokard hujayralari doimiy ritmik faollik, ya’ni qo‘zg‘alish holatida bo‘lib, tinchlik potensiali tushunchasi unga nisbatan shartli ravishda qo‘llaniladi. Miokard hujayralarida tinchlik potensiali –90 mV atrofida qiymatga ega bo‘lib, deyarli to‘liq К+ ionlari konsentratsiyasi gradiyenti bo‘yicha ifodalanadi. Miokard hujayralarida tinchlik potensiali peysmeker tarmoq hujayralarida –60 mV ga teng. Miotsit membranasi ionlar taqsimotida hujayra tashqi muhitida Na+ ionlari miqdorining yuqoriligi, ya’ni 145 mM ga teng. Cl- ionlari 120 mM, К+ ionlari miqdori esa nisbatan past, ya’ni 4 mM qiymatga ega. Erkin Са2+ ionlari [Са2+]о miqdori 2 mM atrofida bo‘ladi. Sarkoplazmada esa Na+ ionlari miqdori past 15 mM va Cl- ionlari 6 mM, К+ ionlari miqdori esa nisbatan yuqori, ya’ni 150 mM ni tashkil etadi. Hujayra sarkoplazmasida erkin Са2+ ionlari [Са2+]i konsentratsiyasi 10-7 М, qisqarish vaqtida 10-5, hatto 10-4 М gacha ko‘tariladi. Umumiy [Са2+]i miqdori 2 mmol / kg ga yaqin va uning anchagina qismi hujayra ichki oqsillari bilan bog‘langan yoki mitoxondriya, sarkoplazmatik to‘r sisternalariga yig‘ilgan holatda bo‘ladi. Miokard hujayrasi tashqi va ichki tomonlarida ionlarning bunday taqsimoti tinchlik va harakat potensialini asoslab beradi.
Miotsit hujayra membranasida tinchlik paytida К+ kanallari ochiq holatda, ya’ni membrananing К+ ioniga nisbatan o‘tkazuvchanligi yuqoriligi sababli konsentratsiya gradiyenti bo‘yicha К+ ionlari membrana tashqarisiga chiqib turadi va membrana tashqi qismida musbat (+) zaryad ko‘payadi, ichki qismida esa anionlar miqdori ortadi va manfiy (-) zaryadga ega bo‘lib qoladi. Bu holat miotsit hujayra membrana tinchlik potensiali vujudga kelishini asoslaydi. Bu potensial K+ ionlarining chiqishiga qarshilik ko‘rsatuvchi kuch К+ ionlari osmotik bosimiga tenglashguncha ortib boradi va ЕК+ -kaliyli muvozanat potensiali deb ataladi. Tashqaridan membrana ichki anionlari ta’sirida va gradiyent bo‘yicha tashqi Na+ ionlari membrana ichki tamoniga o‘ta boshlaydi va ichki Na+ ionlari ATF sarflanish hisobiga faol tashilishini ta’minlovchi Na++ ion nasosi yordamida tashqariga chiqariladi.

Download 445.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling