9-Mavzu. Biznes faoliyatida menejment reja


Tadbirkorlik sub’ektining miqyosi, faoliyat yo’nalishi, maqsadi, vazifalariga qarab boshqarishni quyidagi tashkiliy tuzilmalarini (strukturalarini) qo’llash mumkin


Download 29.34 Kb.
bet3/7
Sana11.05.2023
Hajmi29.34 Kb.
#1451085
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
9-mavzu

Tadbirkorlik sub’ektining miqyosi, faoliyat yo’nalishi, maqsadi, vazifalariga qarab boshqarishni quyidagi tashkiliy tuzilmalarini (strukturalarini) qo’llash mumkin:

  • chiziqli;

  • funksional;

  • chiziqli-funksional;

  • chiziqli-shtabli;

  • matritsali.

Chiziqli boshqaruv tuzilmasida quyi boshqaruv bo’g’ini faqat birgina yuqori boshqaruv bo’g’iniga bo’ysunadi va barcha masalalar bitta aloqa kanali orqali hal qilinadi. Bunday tuzilma kichikroq korxonalarda keng qo’llaniladi.
Funktsional boshqaruv tuzilmasida funksional bo’g’inlar, bo’limlar tashkil etilib, ularning har biri boshqarish alohida funktsiyasini amalga oshirishga ixtisoslashgan bo’ladi. Chiziqli-funktsional boshqaruv tuzilmasi chiziqli va funktsional tuzilmalar birlashmasidan iborat bo’lib, unda boshqaruv faoliyati ham chiziqli, ham funktsional boshqaruvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Chiziqli-shtabli boshqaruv tuzilmasida boshqaruvning har bir chiziqli bo’g’inida turli muammolarni hal qilish bo’yicha mutaxassislardan iborat shtablar tashkil etildi.
Matritsali boshqaruvtuzilmasi vertikal va gorizontal boshqarishda boshqaruv vazifalarini boshqaruv bo’g’inlari o’rtasida qayta taqsim-lashni nazarda tutadi.
Boshqarishni amalga oshirishda boshqaruv qarorlari salmoqli o’rin egallaydi. Ular strategik va operativ, umumiy va lokal, bir maqsadli va ko’p maqsadli, diskursiv va intuitiv shakllarda bo’lishi mumkin. Boshqaruv qarorlari puxta o’ylangan va har tomonlama asoslangan bo’lishi kerak. Boshqaruv qarorlari qabul qilish uchun tegishli bilimlarga, qobiliyatga, axborotga ega bo’lish lozim. Lekin hamma tadbirkorlarda ham ular yetarli darajada bo’lavermaydi, Demak, ularni o’zlashtirishga harakat qilish kerak bo’ladi. Yaxshi boshqaruv qarorlari qabul qilish muvaffaqiyat garovidir. Turli korxonalarda boshqaruv qa­rorlari qabul qilish o’z xususiyatlariga ega. Shunga qaramay, boshqaruv qarorlari qabul qilish jarayoni umumiy harakterga ega va u to’liq holda bir qator bosqichlardan iborat.

SHunday qilib, tadbirkorlikda boshqarishning roli katta bo’lib, faoli­yat natijalari ko’p jihatdan unga bog’liqdir. Buni rivojlangan mamlakatlar tajribasi asosida mutaxassislar tomonidan "Korxonaning sinish sabablaridan biri boshqaruvni yaxshi yo’lga qo’yilmagani" deb chiqarilgan xulosa tasdiqlaydi. SHuning uchun har bir tadbirkor boshqarishga jiddiy e’tibor berishi lozim.



Download 29.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling