9-mavzu: Byudjet-soliq siyosati. Reja


b  ΔY= --------------------


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana16.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1500313
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-mavzu

1 b 
ΔY= -------------------- ΔG - ------------------ ΔTa 
1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’ 
Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko’paysa muvozanatli ishlab 
chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga ko’payadi. Buni balanslashgan 
byujet multiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan byujet multiplikatori birga teng yoki undan 
kichikroq bo’ladi. 
Davlat xarajatlari o’zgarishidan yuzaga keladigan mulьtiplikativ samara soliqlar 
pasayishidan olinadigan mulьtiplikativ samaradan kattaroq bo’ladi. Bu holat davlat xarajatlarining 
daromadlar va is’temol hajmiga ta’siri (soliqlar o’zgarishi ta’siriga nisbatan) kuchliroq ekanligi 
oqibatidir. 
Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rolь o’ynaydi. Agar hukumat davlat 
sektorini kengaytirmoqchi bo’lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o’z xarajatlarini oshirishi
inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo’ladi. 


Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo’lsa, davriy pasayish 
sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko’tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul 
yo’l hisoblanadi. 
3. Diskret va nodiskret fiskal siyosat. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi. 
Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya sur’atlari va to’lov balansi 
holatini o’zgartirishga yo’naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, 
soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini maqsadli o’zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi.
Diskret fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida jami talabni rag’batlantirish 
uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti 
kamomadi yuzaga keltiriladi. O’z navbatida davriy ko’tarilish paytida byudjet ortiqchaligi yuzaga 
keltiriladi. 
Diskret fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rolь o’ynasada, uning 
ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vaqt oraliqlari bilan bog’liq. Ya’ni iqtisodiyotda 
pasayish yoki inflyatsion zo’riqishning paydo bo’lishi, bu holatlarni aniqlash yuzaga kelgan 
muammolarni hal etish uchun davlat xarajatlari va soliq tushumlarini o’zgartirish borasida qaror 
qabul qilish, bu qaror bajarilishini ta’minlash jarayonlarining har biri o’rtasida ma’lum vaqt o’tadi. 
Bu vaqt davomida iqtisodiy vaziyat o’zgaradi va ko’rilgan chora-tadbirlar ko’tilgan natijani 
bermasligi mumkin. SHu tufayli davriy tebranishlarni avtomatik tarzda yumshatib turish 
mexanizmini yaratish zarurati yuzaga keladi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling