9-mavzu: Byudjet-soliq siyosati. Reja
b ΔY= --------------------
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
9-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3. Diskret va nodiskret fiskal siyosat. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi.
1 b
ΔY= -------------------- ΔG - ------------------ ΔTa 1-b(1-t)+m’ 1-b(1-t) + m’ Agar davlat xarajatlari va avtonom soliqlar bir xil miqdorga ko’paysa muvozanatli ishlab chiqarish hajmi shu miqdorga teng yoki undan kamroq summaga ko’payadi. Buni balanslashgan byujet multiplikatori deb yuritiladi. Balanslashgan byujet multiplikatori birga teng yoki undan kichikroq bo’ladi. Davlat xarajatlari o’zgarishidan yuzaga keladigan mulьtiplikativ samara soliqlar pasayishidan olinadigan mulьtiplikativ samaradan kattaroq bo’ladi. Bu holat davlat xarajatlarining daromadlar va is’temol hajmiga ta’siri (soliqlar o’zgarishi ta’siriga nisbatan) kuchliroq ekanligi oqibatidir. Ushbu farq fiskal siyosat vositalarini tanlashda muhim rolь o’ynaydi. Agar hukumat davlat sektorini kengaytirmoqchi bo’lsa, davriy pasayishni tugatish uchun o’z xarajatlarini oshirishi, inflyatsiyani cheklash uchun esa soliqlarni oshirishi maqsadga muvofiq bo’ladi. Aksincha, fiskal siyosat davlat sektorini cheklashga qaratilgan bo’lsa, davriy pasayish sharoitida soliqlarni kamaytiradi, davriy ko’tarilish paytida esa davlat xarajatlarini oshirish maqbul yo’l hisoblanadi. 3. Diskret va nodiskret fiskal siyosat. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi. Hukumatning bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi, inflyatsiya sur’atlari va to’lov balansi holatini o’zgartirishga yo’naltirilgan maxsus qarorlarni qabul qilishi natijasida davlat xarajatlari, soliqlar va davlat byudjeti qoldig’ini maqsadli o’zgartirilishi diskret fiskal siyosat deyiladi. Diskret fiskal siyosat yuritilganda iqtisodiy pasayish davrida jami talabni rag’batlantirish uchun davlat xarajatlarini oshirilishi va soliqlarni kamaytirilishi natijasida davlat byudjeti kamomadi yuzaga keltiriladi. O’z navbatida davriy ko’tarilish paytida byudjet ortiqchaligi yuzaga keltiriladi. Diskret fiskal siyosat iqtisodiy tebranishlarni yumshatishda muhim rolь o’ynasada, uning ayrim kamchiliklari mavjud. Bu, avvalam bor, vaqt oraliqlari bilan bog’liq. Ya’ni iqtisodiyotda pasayish yoki inflyatsion zo’riqishning paydo bo’lishi, bu holatlarni aniqlash yuzaga kelgan muammolarni hal etish uchun davlat xarajatlari va soliq tushumlarini o’zgartirish borasida qaror qabul qilish, bu qaror bajarilishini ta’minlash jarayonlarining har biri o’rtasida ma’lum vaqt o’tadi. Bu vaqt davomida iqtisodiy vaziyat o’zgaradi va ko’rilgan chora-tadbirlar ko’tilgan natijani bermasligi mumkin. SHu tufayli davriy tebranishlarni avtomatik tarzda yumshatib turish mexanizmini yaratish zarurati yuzaga keladi. Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling