9-mavzu: Byudjet-soliq siyosati. Reja
O’zbekiston Respublikasi byudjet-soliq siyosati va pandemiya davrida
Download 0.53 Mb. Pdf ko'rish
|
9-mavzu
4. O’zbekiston Respublikasi byudjet-soliq siyosati va pandemiya davrida
uning xususiyatlari. Pandemiya davrida davlat byudjetining ikkinchi darajali xarajatlari qisqartiriladi. Prezidentning 15.04.2020 yildagi «Koronavirus pandemiyasi davrida O’zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o’z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi qarori qabul qilindi. 2020 yil uchun Davlat byudjetining tasdiqlangan taqchilligi mavsumiy omillarni inobatga olgan holda asosan II chorakka to’g’ri keldi, koronavirus pandemiyasi oqibatida qo’shimcha byudjet xarajatlarining yuzaga kelishi tufayli taqchillikning yanada oshishi kutilmoqda. Byudjet tushumlarini, respublika byudjetidan ajratilayotgan transfertlarni, aktsiz solig’i bo’yicha o’tkazmalarni, byudjet ssudalarini hamda boshqa mablag’larni birinchi navbatda quyidagilarni moliyalashtirishga yo’naltirishga qaror qilindi: koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo’yicha tadbirlarga, shu jumladan, dori vositalari va tibbiyot buyumlari sotib olish, tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va ularni jihozlashga; ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalarni o’z vaqtida to’lashga; oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish, kommunal to’lovlar va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan xarajatlarni qoplashga; Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining qaroriga asosan boshqa tadbirlar va xarajatlarga. Moliya vazirligi kechiktirib bo’lmaydigan xarajatlarni o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirish uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga byudjet ssudalarini muntazam ravishda ajratib boradi. Vazirlar Mahkamasiga: davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura organlari, vazirliklar va idoralarning soliqlar, majburiy yig’imlar, bojlar, jarimalar hisobidan jamlanadigan byudjetdan tashqari jamg’armalari xarajatlarini (xodimlarning mehnatiga haq to’lash va qonunchilikda belgilangan moddiy rag’batlantirish xarajatlari bundan mustasno) qisqartirish va iqtisod qilingan mablag’larni respublika byudjetiga yo’naltirish vakolati berildi; koronavirus infektsiyasining tarqalishiga qarshi kurashish davrida foydali qazilmalarni qazib olish sohasida faoliyat yurituvchi ustav kapitalida 50% va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo’lgan korxonalar va tashkilotlar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan tushum yoki foydani taqsimlashning alohida rejimini belgilash huquqi berildi. Vazirlik, idoralar va ularning hududiy bo’linmalariga 2020 yil 1 avgustiga qadar byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish, qurilish, rekonstruktsiya va kapital ta’mirlash bilan bog’liq xarajatlarni to’xtatish vazifasi topshirildi, moliyalashtirish boshlangan chora-tadbirlar bundan mustasno. Respublika byudjeti, Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va poytaxtning mahalliy byudjetlari xarajatlari maqbullashtirilishi kerak. II chorak uchun rejalashtirilgan ayrim xarajatlarni ikkinchi yarim yillikka o’tkazish orqali karantin davrida barcha darajadagi byudjetlarning barqarorligi ta’minlanadi. SHuningdek vakolatli idoralar davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50% va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo’lgan yuridik shaxslarning biznes-rejalarini tanqidiy qayta ko’rib chiqadilar. Kuzatuv kengashlari tasdiqlangan investitsiya dasturlari parametrlarini qayta ko’rib chiqishlari va o’zgartirishlari hamda ularning bajarilishi to’g’risidagi hisobotlarni har chorakda ko’rib borishlari shart. Davlat ulushi 50% va undan ortiq bo’lgan korxonalar va tashkilotlarda 2019 yil uchun olingan va 2020 yilda olinadigan sof foyda bo’yicha davlat ulushiga hisoblangan dividendlar to’lig’icha Davlat byudjetiga o’tkazilishi lozim. SHuningdek, Sardobada yuz bergan to’g’on buzilishi oqibatida jablanganlarni uy-joy bilan ta’minlash, keraki oziq-ovqat mahsulotlari, u yerdagi infratuzilmani tiklash, yuzaga kelgan zararni qoplash va shu kabilar uchun xarajatlar amalga oshiriladi. Davlat dasturlarini bajarishga yo’naltiriladigan byudjet mablag’larini qisqartirishda loyihalarning ustuvorligi va ijtimoiy yo’naltirilganligi inobatga olinadi SHavkat Mirziyoev «Koronavirus pandemiyasi davrida O’zbekiston Respublikasi davlat byudjeti barqarorligini ta’minlash va birinchi navbatdagi tadbirlarni o’z vaqtida moliyalashtirish chora-tadbirlari to’g’risidagi» qarorni imzoladi. 15 aprelь kuni e’lon qilingan mazkur qarorda karantin davri O’zbekistonda, asosan, joriy yilning II choragiga to’g’ri kelishi va shu davrda iqtisodiy faollikning sezilarli pasayishi davlat byudjeti barqarorligiga xavf tug’dirayotgani, shuning uchun kasallik tarqalishini maksimal darajada lokalizatsiya qilish va karantin muddatlari cho’zilib ketishining imkon qadar oldini olish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatga ega ekani qayd etilgan. Davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash, koronavirus infektsiyasi tarqalishining oldini olish bo’yicha muhim tadbirlarni, ish haqi va unga tenglashtirilgan to’lovlar, pensiya va nafaqalar hamda ustuvor davlat dasturlarini o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirish maqsadida koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va byudjet xarajatlarini maqbullashtirishning ustuvor yo’nalishlari etib quyidagilar belgilangan: koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo’yicha kechiktirib bo’lmaydigan tadbirlarni amalga oshirish; muhim ijtimoiy xarajatlarning to’liq amalga oshirilishini ta’minlash; jahondagi va respublikadagi ijtimoiy-iqtisodiy faollik ahvoli tahlili va muhimlik darajasidan kelib chiqqan holda dolzarb hisoblanmagan loyiha va xarajatlarni keyingi davrlarga ko’chirish; davlat dasturlarini bajarishga yo’naltiriladigan byudjet mablag’larini qisqartirishda loyihalarning ustuvorligi va ijtimoiy yo’naltirilganligini inobatga olish; davlat ichki va tashqi majburiyatlarining, shu jumladan, fuqarolik-huquqiy shartnomalar asosida yetkazib berilgan tovarlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirish hamda davlat-xususiy sheriklik loyihalari bo’yicha majburiyatlarning to’liq bajarilishini ta’minlash; byudjet mablag’larini taqsimlovchilarning xarajatlarni mustaqil kamaytirish bo’yicha mas’uliyatini oshirish. Hujjatda O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog’iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli darajadagi byudjet tushumlarini, shuningdek, respublika byudjetidan ajratilayotgan transfertlarni, aktsiz solig’i bo’yicha o’tkazmalarni, byudjet ssudalarini hamda boshqa mablag’larni birinchi navbatda: koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashish bo’yicha tadbirlarga, jumladan, dori vositalari va tibbiyot buyumlari sotib olish, tibbiyot muassasalarini qurish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va ularni jihozlashga; ish haqi, pensiyalar, stipendiya va nafaqalarni o’z vaqtida to’lashga; oziq-ovqat mahsulotlarini sotib olish, kommunal to’lovlar va boshqa kechiktirib bo’lmaydigan xarajatlarni qoplashga; Inqirozga qarshi kurashish respublika komissiyasining qaroriga asosan boshqa tadbirlar va xarajatlarni moliyalashtirishga yo’naltirishi belgilab qo’yilgan. Moliya vazirligi kechiktirib bo’lmaydigan xarajatlarni o’z vaqtida va to’liq moliyalashtirish uchun Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy byudjetlariga byudjet ssudalarini muntazam ravishda ajratib boradi. Prezident qarorida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga uch kun muddatda koronavirusga qarshi kurashish tadbirlarida ishtirok etayotgan tibbiyot, sanitariya va epidemiologiya xizmati muassasalari xodimlari, shu jumladan, yordamchi xodimlar hamda mazkur tadbirlarga jalb qilinayotgan boshqa tashkilot xodimlariga 2020 yilning 16 martidan boshlab O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetidan qo’shimcha ustamalar to’lash bo’yicha taklif kiritish, besh kun muddatda tibbiyot, sanitariya va epidemiologiya xizmati muassasalari uchun qo’shimcha ravishda binolar qurish, rekonstruktsiya qilish va ta’mirlash hamda jihozlash bo’yicha chora-tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash vazifasi yuklangan. SHuningdek, hujjatga asosan Vazirlar Mahkamasiga davlat hokimiyati organlari, sud va prokuratura organlari, vazirliklar va idoralarning soliqlar, majburiy yig’imlar, bojlar, jarimalar hisobidan jamlanadigan byudjetdan tashqari jamg’armalari xarajatlarini (xodimlarning mehnatiga haq to’lash va qonunchilikda belgilangan moddiy rag’batlantirish xarajatlari bundan mustasno) qisqartirish va iqtisod qilingan mablag’larni O’zbekiston Respublikasi respublika byudjetiga yo’naltirish vakolati berildi. Vazirlik, idoralar va ularning hududiy bo’linmalari joriy yil 1 avgustiga qadar byudjetdan tashqari jamg’armalar hisobidan asosiy vositalarni xarid qilish, qurilish, rekonstruktsiya va kapital ta’mirlash bilan bog’liq xarajatlarni to’xtatadi, moliyalashtirish boshlangan chora-tadbirlar bundan mustasno. O’zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag’allikni qisqartirish vazirligi hamda Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda davlat korxonalari hamda ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo’lgan yuridik shaxslar xarajatlarini maqbullashtirish yuzasidan ularning biznes-rejalarini tanqidiy qayta ko’rib chiqishi, tasdiqlangan investitsiya dasturlari parametrlarining kuzatuv kengashlari tomonidan qayta ko’rib chiqilishi va o’zgartirilishini ta’minlasin hamda ularning bajarilishi to’g’risidagi hisobotlarni har chorakda ko’rib borishi lozim. SHuningdek, ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo’lgan korxonalar va tashkilotlarda 2019 yil uchun olingan va 2020 yilda olinadigan sof foyda bo’yicha davlat ulushiga hisoblangan dividendlarni to’lig’icha davlat byudjetiga o’tkazish yuzasidan tegishli choralarni ko’riladi. Prezident qarorida Vazirlar Mahkamasiga koronavirus infektsiyasining tarqalishiga qarshi kurashish davrida foydali qazilmalarni qazib olish sohasida faoliyat yurituvchi ustav kapitalida 50 foiz va undan ortiq davlat ulushi mavjud bo’lgan korxonalar va tashkilotlar uchun tovarlar (ishlar, xizmatlar) realizatsiyasidan tushgan tushum yoki foydani taqsimlashning alohida rejimini belgilash huquqi ham berilganligi qayd etilgan. Vazirlar Mahkamasiga o’n besh kun ichida: Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi hisobidan amalga oshiriladigan va qurilish-montaj ishlari boshlanmagan investitsiya loyihalarini tanqidiy ko’rib chiqib, ayrim loyihalarni kechiktirish bo’yicha tegishli qaror qabul qilish; koronavirus pandemiyasi va global inqiroz davrida O’zbekiston Respublikasi davlat byudjetining barqarorligini ta’minlash va xarajatlarni optimallashtirishning ustuvor yo’nalishlarini inobatga olgan holda «2020 yil uchun O’zbekiston Respublikasining davlat byudjeti to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi qonuniga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish bo’yicha qonun loyihasini O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritish vazifasi ham topshirilgan. Eslatib o’tamiz, 2020 yil 19 martda «Koronavirus pandemiyasi va global inqiroz holatlarining iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish bo’yicha birinchi navbatdagi chora-tadbirlar to’g’risidagi» Prezident farmoni, 2020 yil 26 martda esa «Koronavirus infektsiyasi tarqalishiga qarshi kurashishga jalb qilingan tibbiyot va sanitariya-epidemiologiya xizmati xodimlarini qo’llab-quvvatlashga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risidagi» Prezident qarori, shuningdek, 2020 yil 3 aprelda «Koronavirus pandemiyasi davrida aholi, iqtisodiyot tarmoqlari va tadbirkorlik sub’ektlarini qo’llab-quvvatlashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida» Prezident farmoni qabul qilingan . Download 0.53 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling