9-mavzu: Byudjet-soliq siyosati. Reja


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/9
Sana16.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1500313
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-mavzu



9-mavzu: Byudjet-soliq siyosati. 
Reja 
1. Byudjet –soliq siyosatining mohiyati va usullari.
2. Davlat xarajatlari, soliq va balanslashgan byudjet multiplikatorlari. 
3. Diskret va nodiskret fiskal siyosat. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi. 
 
1. Byudjet –soliq siyosatining mohiyati va usullari. 
Davlatning asosiy vazifalaridan biri iqtisodiyotni barqarorlashtirish 
hisoblanadi. Bunday barqarorlashtirishga monetar siyosat vositalari qatori fiskal 
siyosat orqali ham erishiladi. Fiskal siyosat shuningdek, byudjet-soliq siyosati deb 
ham aytiladi.
Byudjet-soliq siyosati deganda noinflyatsion YaIM ishlab chiqarish 
sharoitida iqtisodiyotda to’liq bandlilikni, to’lov balansining muvozanatini va 
iqtisodiy o’sishni ta’minlashga qaratilgan d
avlat xarajatlari va soliqlarini 
o’zgartirishni o’z ichiga olgan chora tadbirlar tushuniladi. 
Iqtisodiyot turg’unlik yoki pasayish davrida bo’lgan vaziyatlarda davlat tomonidan 
rag’batlantuvchi fiskal siyosat-fiskal ekspansiya olib boriladi. Ya’ni, davlat qisqa muddatda 
iqsodiyotning pasayishi muammosini davlat xarajatlarini oshirish yoki soliqlarni kamaytirish, 
yohud ikkalasini bir vaqtning o’zida olib borish evaziga hal etadi. Uzoq muddatda davlat 
xarajatlarining yuqori bo’lishi va soliqlarni kamaytirish ishlab chiqarish omillarining o’sishiga va 
natijada, iqtisodiy salohiyatning ko’tarilishiga olib kelishi mumkin. Ammo, bunga Markaziy bank 
tomonidan olib boriladigan pul-kredit siyosatidan samarali foydalanish va davlat xarajatlari 
tarkibini maqbul holatga olib kelish orqaligina erishish mumkin. Iqtisodiyotda to’liq bandlik va 
ortiqcha talab natijasida inflyatsiya kelib chiqishi mumkin bo’lgan vaziyatlarda cheklovchi fiskal 
siyosat- fiskal restriktsiya olib boriladi. CHeklovchi fiskal siyosat davlat xarajatlarini (G) 
kamaytirish yoki soliqlarni (T) oshirish yoki bo’lmasa ikkala tadbirni bir vaqtda olib borish orqali 
iqtisodiyotning davriy o’sishini chegaralashdan iborat. Qisqa muddatli davrlarda ushbu tadbirlar 
talab inflyatsiyasini kamaytiradi. Uzoq muddatli davrlarda esa yuqori soliqlar iqtisodiyotda 
stagnatsiyaga olib kelishi mumkin. Bu esa mamlakatning iqtisodiy salohiyatini izdan chiqaradi. 
Bunga davlat xarajatlaridan samarasiz foydalanish qo’shimcha turtki bo’lishi mumkin.

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling