9-mavzu: Byudjet-soliq siyosati. Reja


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana16.06.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1500313
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
9-mavzu

 
 
 
23-chizma. Byudjet taqchilligi va ortiqchaligi 
Davriy pasayish bosqichida soliqlar avtomatik pasayishi, davlat transfertlarining oshishi 
natijasida byudjet taqchilligi kelib chiqadi. 
Davriy yuksalish bosqichida soliqlar avtomatik ko’payishi va davlat xarajatlarining 
kamayishi natijasida byudjet ortiqchaligi paydo bo’ladi. Davlat xarajatlari o’zgarmas bo’lgan 
sharoitda ham byudjet taqchilligi va ortiqchaligi mavjud bo’lishi mumkin. Davriy taqchillik va 
ortiqchalik miqdorlari soliq va byudjet funktsiyalari grafiklarining «tikligiga»
bog’liq. 
Soliq 
funktsiyasi T ning egilish burchagi chegaraviy soliq stavkasi t ning miqdoriga bog’liq. t qancha 
yuqori bo’lsa T chizig’i shuncha tik bo’ladi. Davlat byudjetidan beriladigan transfertlar hajmi 
o’zgarishining daromadlar o’zgarishiga bog’liqligini xarakterlovchi γ koeffitsent qancha kichik 
bo’lsa, G chizig’i ham shuncha tik bo’ladi. Demak daromad oshgani sari byudjetga soliq to’lovlari 
oshaveradi, byudjetdan transfert to’lovlari esa kamayadi.
Davlat xarajatlari daromadga bog’liq bo’lmagan o’zgarmas miqdor bo’lganda t qanchalik 
katta bo’lsa T chizig’i shuncha tik va iqttisodiyotning o’rnatilgan barqarorligi darajasi ham 
shunchalik yuqori bo’ladi. Ammo iqtisodiy o’sishning ta’minlash vazifasi T va G chiziqlarini 
yotiqroq bo’lishini taqozo etadi. 
O’rnatilgan barqarorlashtirgichlar muvozanatli YaMM hajmini, uning potentsial hajmi 
darajasi atrofida tebranishi sababini to’liq tugatmaydi va ishlab chiqarishning har qanday 
darajasida mavjud bo’lishi mumkin. 
To’liq bandlikni ta’minlagan diskret fiskal siyosat yuritilishi natijasida davlat byudjetining 
tarkibiy taqchilligi (ortiqchaligi), ya’ni to’liq bandlik sharoitida byudjet xarajatlari (daromadlari) 
va daromadlari (xarajatlari) o’rtasidagi farq yuzaga keladi. 
Davriy taqchillik ko’pincha davlat byudjetining haqiqiy taqchilligi va tarkibiy taqchillik 
farqi sifatida baholanadi. 
G=cont 
G,T 
T’
T=Ta+tY
Бюджетнинг даврий профицити 
G=Ga-γY 
Бюджетнинг 
даврий 
тақчиллиги 
Y1
Y0
Y2


Davlat byudjdeti kamomadini moliyalashtirish usullari: 
1. Pul-kredit emissiyasi; 
2. Davlat zayomlarini chiqarish; 
3. Davlat byudjetiga soliq tushumlarini ko’paytirish. 
Davlat byudjeti kamomadi pul chiqarish orqali qoplanganda muomalada pul massasini 
ko’paytirish inflyatsiyaga olib keladi. 
Inflyatsiya darajasi oshganda Oliver-Tanzi samarasi paydo bo’ladi. Ya’ni, soliq to’lovchilar 
tomonidan davlatga to’laydigan soliqlar to’lovini atayin kechiktirish hollari yuzaga keladi. Bu esa 
davlat byudjeti kamomadi oshishiga olib keladi. Byudjet taqchilligi tufayli davlat xususiy ishlab 
chiqaruvchilardan tovarlar va xizmatlar sotib olsa-yu, lekin ular to’lovlarni kechiktirsa, xususiy 
ishlab chiqaruvchilar o’z mahsulotlari narxlarini oldindan oshirib qo’yishadi. Bu esa 
inflyatsiyaning oshishiga olib keladi. 
Agar davlat byudjeti taqchilligi davlat zayomlarini chiqarish orqali moliyalashtirilsa, ular 
sotilishi natijasida pulga talab oshadi. Bu esa o’z navbatida foiz stavkasini ko’tarilishiga olib 
kelishi mumkin. Oqibatda investitsiya xarajatlari,sof eksport hajmi va qisman iste’mol xarajatlari 
kamayadi. Pirovardida siqib chiqarish samarasi ro’y beradi va u fiskal siyosatning 
rag’batlantiruvchi samarasini zaiflashtirib qo’yadi. 
Byudjet taqchilligini moliyalashtirishning bu usuli noinflyatsion usul hisoblansada 
inflyatsiya xavfini ma’lum muddatga kechiktiradi xolos. CHunki muddati yetgan zayomlarni sotib 
olish bilan davlat muomaladagi pul massasini ko’paytiradi. Bu esa o’z navbatida, baholar 
darajasining ko’tarishiga sabab bo’ladi. Soliq tushumlarini ko’paytirish byudjet taqchilligini 
moliyalashtirishning uchinchi yo’li bo’lib, u uzoq muddat talab etadigan soliq islohati 
o’tkazilishini talab etadi. Bu islohotlar soliq bazasini kengaytirish, soliq stavkalarini kamaytirish, 
soliq yukini ishlab chiqaruvchilardan ko’proq mulk egalari va mulkdan foydalanuvchilar 
zimmasiga o’tkazish orqali soliqlar tushumini ko’paytirishni ko’zda tutadi. 
Byudjet ortiqchaligini kamaytirish usullariga muomaladagi pul mablag’larini olib qo’yish 
va davlat qarzlarini to’lash kiradi. 
Davlat qarzlarini to’lash nominal daromadlar va muomaladagi pul massasini oshirib, baholar 
darajasining yanada oshishiga olib kelishi mumkin. SHu tufayli byudjetdagi ortiqcha mablag’larni 
muzlatib qo’yish byudjet kamomadini pasaytirishning nisbatan noinflyatsion usulidir. 
Byudjet taqchilligi asosan noinflyatsion usullar bilan, ya’ni davlat obligatsiyalari chiqarish 
hamda xususiylashtirishdan tushgan mablag’lar hisobiga moliyalashtirilmoqda. Respublikamizda 
o’tkazilayotgan 
soliq-byudjet 
siyosati 
makroiqtisodiy 
barqarorlikni
ta’minlab turish, ustivor tarmoqlarni investitsiyalash, ta’lim sohasini jadal rivojlantirish, aholini 
ijtimoiy himoya qilish maqsadlariga qaratilib kelinmoqda. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling