9-mavzu: Chaqiruvga qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fanini o‘qitishdagi ilg‘or xorijiy tajribalar Reja
Milliy harbiy san’at tarixini tadqiq etish – zamon talabi va kelajak
Download 256.66 Kb. Pdf ko'rish
|
KpsJgB4IN3eJXWs3XVN4JIEc49zAesKjgNdD7N9E
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat uchun savollar: 1. CHaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fanini o’qitishda qanday ilg’or tajribalarni bilasiz 2.
Milliy harbiy san’at tarixini tadqiq etish – zamon talabi va kelajak
poydevori 2021 yilning 12 yanvar kuni Qurolli Kuchlar Akademiyasida Xavfsizlik Kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Miromonovich Mirziyoyev tomonidan milliy harbiy merosimizning jahonda tutgan o‘rni, milliy harbiy san’at tarixi, buyuk ajdodlarimiz harbiy boshqaruvi va sarkardalik mahorati, strategiya va taktikasini chuqur o‘rganib, ta’lim – tarbiya jarayonida keng foydalanish, shu jumladan, milliy jang san’ati tarixi bo‘yicha tadqiqotlar olib borish, O‘zbekiston zaminida yashab o‘tgan, buyuk ajdodlarimizning boy harbiy merosini har tomonlama ommaviy axborot vositalarida yoritish bo‘yicha bir qator topshiriqlar berilgan edi. Belgilangan topshiriq asosida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi Ilmiy-tadqiqotlar instituti xodimlari va Harbiy tarixiy jamiyat mutaxassis-olimlari tomonidan tizimli ravishda izlanishlar olib borilmoqda. Jumladan, o‘zbek xalqining buyuk harbiy merosini o‘rganish hamda “O‘zbek milliy harbiy san’ati” kitobini tayyorlash bo‘yicha harbiy, milliy va xorijiy mutaxassislardan iborat bo‘lgan ijodiy guruh tarkibi shakllantirildi va tasdiqlandi. 2021 yil 3 fevral kuni milliy va xorijiy ekspertlar ishtirokida ishchi guruhning tashkiliy yig‘ilishi o‘tkazildi. Tadbir davomida o‘zbek xalqining buyuk harbiy merosini tizimli o‘rganish ishlarini tashkil etish bo‘yicha ishlab chiqilgan Kompleks reja (“Yo‘l xaritasi”) muhokama etildi. Tadbir doirasida “Yo‘l xaritasi” asosida ish yo‘nalishlari, ilmiy hamkorlik masalalari hamda “O‘zbek milliy harbiy san’ati” kitobini ishlab chiqish kontseptsiyasi belgilab olindi. Ushbu faoliyatga milliy mutaxassislar bilan bir qatorda xorijiy mutaxassislar ham ishtirok etish istagini bildirishdi. Jumladan, Akademiyada ilmiy-uslubiy faoliyat yuritayotgan AQSH Quruqlikdagi qo‘shinlari Qo‘mondonlik-shtab kolleji mutaxassisi, doktor Robert Baumann Amir Temur, Jaloliddin Manguberdi, Zaxiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk tarixiy sarkardalar faoliyatiga oid AQSH va Yevropa ekspertlarining qarashlari va boshqa G‘arb manbalarini tahlil qilishda yordam berish taklifini kiritdi. Joriy yilning mart – aprel oylarida “O‘zbek milliy harbiy san’ati” nomli kitobni yaratish uchun tuzilgan ijodiy guruh a’zolarining yig‘ilishlarida O‘zbekistonning taniqli olimlari tomonidan kitobning dastlabki tuzilishi har tomonlama muhokama qilinib, unga aniqliklar kiritildi. Kitobni yaratishda foydalaniladigan materiallar qamrovini kengaytirish maqsadida Akademiyasi Ilmiy-tadqiqotlar instituti xodimlari, o‘qituvchilari hamda Harbiy tarixiy jamiyat a’zolaridan tashkil topgan ijodiy guruh a’zolarining O‘zbekiston ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari, muzey va arxivlariga ilmiy safarlari tashkillashtirildi. Jumladan, ijodiy guruh a’zolari O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Tarix instituti, Abu Rayxon Beruniy nomidagi O‘zbekiston Respublikasi Qo‘lyozmalar instituti, O‘zbekiston davlat san’at muzeyi, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyi, “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Kamoliddin Behzod nomidagi O‘zbekiston Respublikasi rassomchilik va dizayn instituti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent davlat Sharqshunoslik universtiteti kabi muassasalarda mutaxassis va ekspertlar bilan uchrashib, kitob yaratish uchun kerakli bo‘lgan materiallarni to‘pladilar. Shuningdek ijodiy guruh a’zolari viloyatlarda izlanishlar olib borib, moddiy tarixiy buyumlar (qurol-aslaha, ularning elementlari va h.k.) olib kelishdi. Ushbu izlanishlar natijasida turli xil kitoblar, jurnallar va to‘plamlardagi maqolalar va moddiy tarixiy buyumlar jamlandi. Milliy jang san’ati tadqiqotlarini tizimlashtirish hamda bu jarayonga xorijiy ekspertlarni ham jalb qilish maqsadida joriy yilning 9 aprel kuni milliy va xorijiy oliy harbiy ta’lim muassasalari va tadqiqot markazlari, xalqaro tashkilotlar ishtirokida “Amir Temurning harbiy san’atni rivojlantirishdagi roli” mavzusida xalqaro ilmiy onlayn-konferentsiya o‘tkazildi. Konferentsiyada 17 ta (Afg‘oniston, AQSH, BAA, Bangladesh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Indoneziya, Italiya, Qozog‘iston, Polsha, Rossiya Federatsiyasi, Turkiya, Koreya Respublikasi, Pokiston, Xitoy, Hindiston, Qirg‘iziston) mamlakat, 2 ta (Evropa Ittifoqi, Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti) xalqaro tashkilot hamda O‘zbekiston Respublikasida ro‘yxatdan o‘tgan 49 nafar harbiy-diplomatik korpus vakillari va xorijiy ekspertlar ishtirok etdi. Shuningdek 25 nafar xorijiy vakillar bevosita Akademiyaga tashrif buyurgan holda, 24 nafar xorijiy mutaxassislar onlayn rejimda hamda Hindiston milliy muzeyi va Hindistondagi “Jamiya millya al-islamiya” universitetining 5 nafar xorijiy mutaxassislari onlayn tarzda qatnashdilar. Mazkur xalqaro konferentsiyada 80 dan ortiq ekspert va mutaxassislar ishtirok etganligini ta’kidlash joiz. Xalqaro ilmiy konferentsiyada ko‘tarilgan masalalar Amir Temurning hayoti, davlatchilik va sarkardalik faoliyati, shu jumladan, harbiy strategiya va taktika sohasida yangi tadqiqot yo‘nalishlarini belgilash, o‘rganilgan qo‘lyozmalarni, moddiy-tarixiy ashyolarni harbiy-ilmiy jihatdan tavsiflash va ularning natijalarini nufuzli milliy va xorijiy nashrlarda yanada kengroq chop etishga, shuningdek, jahon harbiy san’ati namunalari bilan bir qatorda joy olishiga zamin yaratdi. Xulosa qilib aytganda, yurtimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, zamonaviy o‘zgarishlar jahonning rivojlangan, ya’ni ham Osiyo, ham Yevropa mamlakatlarining ilg‘or tajribalarini o‘rgangan holda, ulardan oqilona foydalanish va tadbiq etish orqali jahon tsivilizatsiyasi darajasiga chiqayotganligimizdan dalolatdir. Ayniqsa, harbiy sohadagi o‘zaro tajriba almashish va hamkorlik ishlarining tobora kengayib borayotgani esa o‘quvchi yoshlarimizni harbiy vatanparvarlik ruhida zamon talablari doirasida tarbiyalashni yanada takomillashishiga olib keladi. Nazorat uchun savollar: 1. CHaqiruvga qadar boshlang’ich tayyorgarlik fanini o’qitishda qanday ilg’or tajribalarni bilasiz? 2. Bugungi kunda respublikamiz harbiy sohada qanday hamkorlik aloqalarini olib bormoqda? 3. Harbiy hamkorlik aloqalari qanday imkoniyatlar va imtiyozlarni yaratmoqda? Download 256.66 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling