9-mavzu. Global jarayonlar va barqaror taraqqiyot


Download 67.45 Kb.
bet8/30
Sana19.06.2023
Hajmi67.45 Kb.
#1600768
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30
Bog'liq
Globallashuv

Rim klubi. Yuqorida qayd etilgan qarashlardagi tub burilish asosan Rim klubi faoliyati ta’sirida yuz berdi. 1968 yil Rimda o‘zining birinchi majlisiga yig‘ilgan olimlar, faylasuflar va jamoat arboblarining bu nufuzli xalqaro tashkiloti hozirgi davrning eng muhim umuminsoniy muammolari bo‘yicha ma’ruzalar tayyorlash va e’lon qilishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ydi. Bu tashkilotning 1972 yilda e’lon qilingan «O‘sish chegaralari» deb nomlangan birinchi ma’ruzasiyoq juda katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, chunki insoniyat o‘zi anglamagan holda «poroxli bochka ustida o‘tirib, gugurt o‘ynayotgani»ni ko‘rsatib berdi. Rim klubining asoschisi va birinchi prezidenti Aurelli Pechchei mazkur tadqiqotga yozgan so‘zboshisida shunday deb qayd etgan edi: «Endilikda ona-Erimiz har qanday o‘sish sur’atlariga dosh berishga, insonning har qanday erkaliklarini ko‘tarishga qodir ekanligiga sog‘lom fikrlaydigan odamlarning birortasi ham ishonmaydi. O‘sish chegaralari borligi ravshan, lekin ularning qandayligi va qaerdaligini hali
о
aniqlash lozim» .
Mazkur ma’ruza mualliflari shunday aniqlash bilan shug‘ullandilar. Olingan natijalarning muxtasar mazmuni shundan iborat ediki, sayyoramiz haj mining chegaralari muqarrar tarzda inson imkoniyatining chegaralarini ham nazarda tutadi; moddiy o‘sish cheksiz darajada davom etishi mumkin emas; ijtimoiy rivojlanishning haqiqiy chegaralari moddiy omillar bilan emas, balki ekologik, biologik va hatto madaniy omillar bilan belgilanadi. Ular jahon rivojlanishi asosiy tendensiyalarining kompyuter modelini tuzib, mazkur tendensiyalar saqlangan holda uchinchi ming yillik boshidayoq insoniyat voqealar ustidan nazoratni butunlay yo‘qotishi va natijada halokatga yuz tutishi mumkin, degan to‘xtamga keldilar. Bundan ishlab chiqarishning o‘sishini to‘xtatish, tobora ko‘payib borayotgan aholi sonini esa tegishli ijtimoiy siyosat yordamida barqarorlashtirish lozim, degan xulosaga kelindi.
Ma’ruza jahonning ko‘plab tillariga o‘girildi va dunyo bo‘ylab keng tarqaldi, ishlab chiqarishning o‘sishini to‘xtatish g‘oyasi tarafdorlari va muxoliflari o‘rtasida qizg‘in bahs-munozaralarga sabab bo‘ldi. So‘ngra navbatdagi ma’ruzalar majmui (bugungi kunda ular yigirmatadan oshib ketdi) paydo bo‘ldi. Bu ma’ruzalar umuminsoniy muammolarning ko‘pgina jihatlarini yoritib berdi va ularga nafaqat olimlar va faylasuflar, balki siyosatchilar, jamoat arboblari, umuman jahon hamjamiyati e’tiborini qaratdi.
Global muammolarni echishda falsafaning roli. Og‘ir va murakkab vazifalarni echishda insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib bo‘lmaydigan, inson imkoniyatlari darajasidan tashqarida bo‘lib tuyulgan narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan. Ayni shu sababli global muammolar xavf solayotgani haqidagi ilk ogohlantirishlarning o‘ziyoq odamlarni fanga o‘z e’tiborini qaratishga, olimlarni esa bu muammolarni echish yo‘llarini izlashga majbur qildi.
Yuzaga kelgan vaziyatning o‘ziga xosligi va yangiligi shundan iboratki, har qanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida o‘rganish mumkin bo‘lsa, inson, jamiyat va tabiatni ularning ko‘p sonli o‘zaro aloqalari va o‘zaro bog‘liqliklarida qamrab oluvchi murakkab tizimdan iborat global muammolarni tadqiq etishga ayrim fanlar qodir emas. Zero o‘z tadqiqoti ob’ekti - u yoki bu ayrim muammoni boshqa global muammolar kontekstida talqin qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. Shu sababli u yoki bu fan qaysi muayyan vazifalarni echishidan qat’iy nazar, ular bilan bog‘liq jarayonlar va hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi.
Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda o‘z tadqiqot predmetini falsafiy jihatdan anglab etishga u yoki bu darajada muhtoj bo‘ladi. Muayyan fan predmetiga va insoniyat oldida turgan muammolarga nisbatan bunday keng yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman fanning rivojlanishi ham mumkin emas.
Shunday qilib, ayni holda, bir tomondan, masalalarning falsafiy echimi to‘g‘risida, boshqa tomondan esa - falsafa fanlarning keng doirasi o‘zaro aloqa qilishini rag‘batlantirishi, bunda ularning fanlararo birlashuvi muhim o‘rin tutishi to‘g‘risida so‘z yuritiladi.
Garchi falsafa odamlarning kundalik hayoti va amaliyotidan ancha uzoqda bo‘lgan haddan tashqari umumiy masalalarni o‘rganadi, degan fikr mavjud bo‘lsa-da, u (falsafa) global muammolarni echishda muhim rol o‘ynaydi. Zero, umumiy nazariyalar ba’zan bilimning aksariyat muayyan sohalariga qaraganda ko‘proq samara berishi mumkinligi yaxshi ma’lum.
Albatta, falsafa siyosiy va boshqa qarorlar qabul qilish jarayoniga muqarrar tarzda va bevosita ta’sir ko‘rsatadi, deb aytish uncha o‘rinli bo‘lmaydi. Zero, uning bosh vazifasi dunyoqarashni shakllantirish va shu tariqa amaliy qarorlar ishlab chiqish jarayoniga bilvosita ta’sir ko‘rsatishdan iborat. Uning vazifasi global muammolarning tabiiy-ilmiy va texnikaviy jihatlarini bevosita o‘rganishdan emas, balki boshqa fanlar taklif qiladigan tegishli echimlarning falsafiy, metodologik, madaniy va axloqiy negizini ta’minlashdan iborat.
Falsafiy tadqiqot muayyan fanlarning mazkur sohadagi yutuqlariga tayanib, masalaning ayrim jihatlarini mavhumlashtiradi va global muammolarni ular bir- birini qay darajada taqozo etishi nuqtai nazaridan o‘rganadi. Boshqacha aytganda, falsafiy yondashuv global muammolarni ularning ijtimoiy ahamiyati va ijtimoiy belgilanganligi nuqtai nazaridan yaxlit o‘rganishni nazarda tutadi. Bunday tadqiqot avvalo global muammolarning mohiyatini aniqlashni nazarda tutadi, chunki ularning asl tabiati va genezisini aniqlash bu muammolarning ilmiy va amaliy echimini topish yo‘llarini ko‘p jihatdan belgilab beradi.
Global muammolarni falsafiy anglab etishning o‘ziga xos xususiyatlarini tavsiflar ekanmiz, falsafaning asosiy funksiyalaridan kelib chiqadigan va bilishning shu shakligagina xos bo‘lgan xususiyatlarni qayd etib o‘tamiz.

Download 67.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling