9-Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari Reja


Download 472.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/19
Sana27.12.2022
Hajmi472.8 Kb.
#1068291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
9-Mavzu Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari

Yettinchidan, falsafa inson hayotining mazmuni, o’lim va umrboqiylik 
masalalarini kun tartibiga qo’yadiki, bu insoniyatga global muammolar tahdid 
solayotgan sharoitda ayniqsa muhim ahamiyat kasb etadi.
Nihoyat, falsafaning yana bir muhim metodologik funksiyasi shundan 
iboratki, u insoniyatning hozirgi muhim muammolari bilan bevosita bog’liq 
bo’lgan va bashariyat rivojlanishining ob’ektiv tendentsiyalarini tushunish va 
anglab yetishda ulkan rol o’ynaydigan «tabiat», «jamiyat», «sivilizatsiya», 
«ijtimoiy taraqqiyot», «fan-texnika inqilobi» kabi boshqa kategoriyalarni ishlab 
chiqadi.
Hozirgi davrning global muammolarini o’rganishga nisbatan falsafiy 
yondashuv haqida muayyan tasavvur hosil qilgach, endi globallashuv jarayonlari 


kuchayishiga qarab ahamiyati oshib borayotgan muammolarning o’zini shu 
nuqtayi nazardan ko’rib chiqamiz.
«Hozirgi davrning global muammolari» tushunchasi 1960-yillar oxiri – 1970-
yillarning boshlarida keng tarqaldi va shundan beri ilmiy va siyosiy 
muomala(leksikon) hamda ommaviy ongdan mustahkam o’rin oldi. Aksariyat 
hollarda u global sanalmagan voqealar va hodisalarga nisbatan qo’llaniladigan 
atama sifatida ishlatiladi. Bunday holga milliy va umumbashariy ahamiyatga molik 
voqealar tenglashtirilganida, masalan, muayyan bir mamlakatning ijtimoiy 
muammolarini nazarda tutib, ular «global» deb nomlangan holda duch kelish 
mumkin.
Falsafada bu vazifani yechish uchun tegishli mezonlar belgilangan bo’lib, 
ularga muvofiq u yoki bu muammo global deb belgilanadi va shu tariqa bunday 
xususiyatga ega bo’lmagan boshqa ko’p sonli muammolardan farqlanadi.
Etimologik jihatdan «global» atamasi, «globallashuv» atamasi kabi, er kurrasi 
bilan bog’liq. Ayni shu sababli butun insoniyat manfaatlariga daxldor 
muammolarni ham, dunyoning turli nuqtalaridagi har bir ayrim insonga tegishli 
bo’lgan, ya’ni umuminsoniy xususiyat kasb etadigan muammolarni ham «global» 
deb nomlash odat tusini olgan. Ular jahon iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining 
muhim ob’ektiv omili sifatida ayrim mamlakatlar va mintaqalarning rivojlanishiga 
sezilarli darajada ta’sir ko’rsatadi. Ularni yechish aksariyat davlatlar va 
tashkilotlarning kuch-g’ayratini xalqaro darajada birlashtirishni nazarda tutadi. 
Ayni vaqtda global muammolarning echilmay qolishi butun insoniyat kelajagi 
uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Download 472.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling