9-Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari Reja


Birinchi guruh eng katta umumiylik va muhimlik darajasi bilan


Download 472.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/19
Sana27.12.2022
Hajmi472.8 Kb.
#1068291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
9-Mavzu Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari

Birinchi guruh eng katta umumiylik va muhimlik darajasi bilan 
tavsiflanadigan muammolar. Ular turli davlatlar o’rtasidagi munosabatlardan 
kelib chiqadi. Ayni shu sababli ular interijtimoiy global muammolar deb ataladi
Bu erda jamiyat hayotidan urushni bartaraf yetish va adolatli dunyoni ta’minlash; 
Yangi xalqaro iqtisodiy tartib o’rnatish kabi ikki o’ta muhim muammo farqlanadi:


Ikkinchi guruh jamiyat va tabiatning o’zaro ta’siri natijasida yuzaga 
keladigan muammolar bo’lib, ular odamlarni energiya, yonilg’i, chuchuk suv
xom ashyo resurslari va shu kabilar bilan ta’minlash kabilardir. Bu guruhga 
ekologik muammolar, shuningdek Jahon okeani va kosmik fazoni o’zlashtirish 
ham kiradi. 
Uchinchi guruhni «inson – jamiyat» tizimi bilan bog’liq muammolar 
ya’ni demografiya muammosi, sog’liqni saqlash, ta’lim, xalqaro terrorizm tahdidi 
ma’naviyat masalalari va shu kabilardir. 
U yoki bu muammoning muayyan guruhga kiritilishi ma’lum darajada shartli 
xususiyat kasb etadi va muhim omillarga, ularni ajratish asoslariga bog’liq bo’ladi. 
SHu sababli har qanday tasnif masala echimining uzil-kesil varianti sifatida emas, 
balki murakkab tizimni qayta tuzishning global muammolar o’zaro aloqasi tabiatini 
yaxshiroq tushunishga ko’maklashadigan usullaridan biri sifatida qaralishi lozim.
Endi butun insoniyatga jiddiy xavf tug’dirayotgan eng muhim muammolarga 
qisqacha tavsif beramiz.
Global muammolarni yechishda falsafaning roli. Og’ir va murakkab 
vazifalarni yechishda insonga fan doim yordam bergan. Bir paytlar erishib 
bo’lmaydigan, inson imkoniyatlari darajasidan tashqarida bo’lib tuyulgan 
narsalarning aksariyatiga aynan fan yordamida erishilgan. Ayni shu sababli global 
muammolar xavf solayotgani haqidagi ilk ogohlantirishlarning o’ziyoq odamlarni 
fanga o’z e’tiborini qaratishga, olimlarni esa bu muammolarni yechish yo’llarini 
izlashga majbur qildi.
Yuzaga kelgan vaziyatning o’ziga xosligi va Yangiligi shundan iboratki, har 
qanday muayyan muammolarni ayrim fan yoki bir necha fanlar majmui doirasida 
o’rganish mumkin bo’lsa, inson, jamiyat va tabiatni ularning ko’p sonli o’zaro 
aloqalari va o’zaro bog’liqliklarida qamrab oluvchi murakkab tizimdan iborat 
global muammolarni tadqiq yetishga ayrim fanlar qodir emas. Zero o’z tadqiqoti 
ob’ekti – u yoki bu ayrim muammoni boshqa global muammolar kontekstida talqin 
qilishga muayyan fanlar doirasi torlik qiladi. SHu sababli u yoki bu fan qaysi 
muayyan vazifalarni yechishidan qat’iy nazar, ular bilan bog’liq jarayonlar va 
hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga 
nisbatan falsafiy yondashuv doimo tadqiqotning zaruriy sharti hisoblanadi.
Har qanday ayrim fanlar muayyan bosqichda o’z tadqiqot predmetini falsafiy 
jihatdan anglab yetishga u yoki bu darajada muhtoj bo’ladi. Muayyan fan 
predmetiga va insoniyat oldida turgan muammolarga nisbatan bunday keng 
yondashuvsiz fundamental kashfiyotlar qilish ham, umuman fanning rivojlanishi 
ham mumkin emas.
SHunday qilib, ayni holda, bir tomondan, masalalarning falsafiy echimi 
to’g’risida, boshqa tomondan esa – falsafa fanlarning keng doirasi o’zaro aloqa 
qilishini rag’batlantirishi, bunda ularning fanlararo birlashuvi muhim o’rin tutishi 
to’g’risida so’z yuritiladi.
Garchi falsafa odamlarning kundalik hayoti va amaliyotidan ancha uzoqda 
bo’lgan haddan tashqari umumiy masalalarni o’rganadi, degan fikr mavjud bo’lsa-
da, u (falsafa) global muammolarni yechishda muhim rol o’ynaydi. Zero, umumiy 


nazariyalar ba’zan bilimning aksariyat muayyan sohalariga qaraganda ko’proq 
samara berishi mumkinligi yaxshi ma’lum.
Global muammolarni falsafiy anglab yetishning o’ziga xos xususiyatlarini 
tavsiflar ekanmiz, falsafaning asosiy funksiyalaridan kelib chiqadigan va bilishning 
shu shakligagina xos bo’lgan xususiyatlarni qayd etib o’tamiz.

Download 472.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling