9-Mavzu: Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari Reja


Download 472.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana27.12.2022
Hajmi472.8 Kb.
#1068291
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
9-Mavzu Globallashuv va global muammolarning falsafiy jihatlari

Xususiy muammolardavlat faoliyatining muayyan jabhasiga, ayrim aholi 
yashaydigan punktlarga yoki kichik tabiiy ob’ektlarga tegishli bo’lgan 
muammolardir. Bular, odatda, turli avariyalar, nosozliklar natijasida yuzaga 
keladigan har xil muammolar, mahalliy ijtimoiy konfliktlar va sh.k.
Mahalliymuammolartushunchasi yuqoriroq darajadagi muammolarga, 
aniqroq aytganda, ayrim mamlakatlarga yoki yirik mamlakatlarning ancha katta 
hududlariga tegishli bo’lgan muammolarga nisbatan tatbiq etiladi. Bu erda odatda 
kuchli zilzilalar, yirik suv toshqinlari yoki, masalan, kichik davlatdagi fuqarolar 
urushi nazarda tutiladi. 
Milliy muammolartushunchasi ijtimoiy-siyosiy va ilmiy muomalada ba’zan 
muayyan davlat yoki milliy hamjamiyatning ma’lum qiyinchiliklari, g’am-
tashvishlarini aks ettiradi. Miqyos darajasiga qarab ular mintaqaviy yoki mahalliy 
muammolar sifatida talqin qilinishi mumkin.
Mintaqaviy muammolarayrim qit’alar, dunyoning yirik ijtimoiy-iqtisodiy 
hududlari yoki ancha yirik davlatlarda yuzaga keladigan muhim masalalar 
doirasini qamrab oladi. Bunday muammolarga SHarqiy Yevropaning bir necha 
mamlakatlari hududi radioaktiv zaharlanishiga olib kelgan CHernobil fojiasi yoki 
bir qator davlatlarni qamrab oluvchi ancha katta hududlarda yuz bergan iqlim 
o’zgarishlari misol bo’lishi mumkin. Masalan, 1968 yilda Saxel mintaqasida yuz 
bergan qurg’oqchilik «asr falokati» degan nom oldi. U Afrika qit’asining 18 
davlatini qamrab oldi, bunda ocharchilik natijasida 250 mingdan ko’proq odam 
halok bo’ldi, taxminan 18 million bosh qoramol nobud bo’ldi, xavfli 
kasalliklarning epidemiyalari yuzaga keldi, bu ulkan mintaqa hududi esa deyarli 
to’la sahroga aylandi.
Global muammolar butun er kurrasini, uning nafaqat odamlar bevosita 
yashaydigan qismini, balki Erning qolgan yuzasi, er osti bo’shliqlari, atmosfera, 
gidrosfera va hatto inson faoliyati doirasiga kiruvchi kosmik fazoni qamrab olishi 
bilan izohlanadi.
Hozirgi zamondaglobal muammolarni tasniflashga nisbatan har xil 
yondashuvlar orasida ayniqsa keng e’tirof etilgan tasnifga muvofiq global 
muammolarning barchasi ularning keskinlik darajasi va echimining ahamiyatiga
shuningdek real hayotda ularning o’rtasida qanday sababiy bog’lanishlar 
mavjudligiga qarab uch katta guruhga ajratiladi.

Download 472.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling