eksperimentning maqsadlariga muvofiq maxsus yaratilgan hamda
nazorat ostiga olingan sharoitlarda tadqiq qilinayotgan obyektni
tegishli tarzda o’zgartirish yoki uni aks ettirish. Eksperiment jarayonida
o'rganilayotgan obyekt uning mohiyatini buzib ko‘rsatishi mumkin
bo’lgan nojo‘ya ta’sirlardan ajratiladi va «sof shakl»da ifoda etiladi.
Eksperimentning asosiy xususiyatlari:
a) tadqiqot obyektiga (kuzatishdagiga qaraganda) yanada faolroq
munosabat, shu jumladan, uni o‘zgartirish va qayta tuzish;
b) obyektning xulq-atvorini nazorat qilish va natijalarni tekshirish
imkoniyatining mavjudligi;
v) tadqiqotchining xohishiga ko‘ra, o‘rganilayotgan obyektni bir
necha marta aks ettirish mumkinligi;
g) hodisalarning tabiiy sharoitlarda kuzatilmaydigan xossalarini
topish imkoniyatining mavjudligi.
Eksperimentlarning turlari juda xilma-xildir. Vazifalariga qarab
tadqiqot (qidirish), tekshirish (nazorat) va aks ettirish eksperimentlari
farqlanadi. Obyektlarning xususiyatiga qarab fizik, kimyoviy, biologik,
ijtimoiy va h.k. eksperimentlar farqlanadi. Sifat va son eksperimentlari
ham mavjud. Fikriy eksperiment-ideallashtirilgan obyektlar haqida fikr
yuritish protseduralari tizimi hozirgi zamon fanida keng tarqalgan.
Taqqoslash-obyektlar (yoki ayni bir obyektning rivojlanish
bosqichlari)ning о ‘xshashyoki farqli jihatlarini, ya’ni ularning ayniyligi
va tafovutlarini aniqlovchi bilish operatsiyasi. U faqat turkum hosil
qiluvchi turdosh predmetlar majmuidagina ma’no kasb etadi.
Predmetlarni turkumda taqqoslash ayni tadqiqot uchun muhim
belgilarga qarab amalga oshiriladi. Bunda bitta belgiga qarab
taqqoslanayotgan predmetlarni boshqa belgiga qarab taqqoslash
bo'lmasligi ham mumkin. Taqqoslash mantiqiy usul-analogiyaning
(quyida qarang) negizi hisoblanadi va qiyosiy-tarixiy metodning asosi
bo‘lib xizmat qiladi. Uning maqsadi-ayni bir' hodisa yoki birgalikda
mavjud har xil hodisalar rivojlanishining turli bosqichlari (davrlari,
darajalari)ni bilishda umumiy va xususiy holatlarni aniqlash.
Tavsiflash-tajriba (kuzatish yoki eksperiment) natijalarini fanda
qabul qilingan ma’lum belgilash tizimlari yordamida qayd etishdan
iborat bilish operatsiyasi
O’lchash-qabul qilingan о ‘Ichov birliklarida о ‘Ichanayotgan
kattalikning son miqdorini topish maqsadida та ’lum vositalar
yordamida bajariluvchi amallar majmui. O‘lchashning tuzilmasi
quyidagi elementlardan tashkil topadi:
-bilish subyekti, muayyan bilish maqsadlarida o'lchashni amalga
oshiradi;
-o‘lchash vositalari, tabiiy va inson tomonidan yaratilgan;
-o'lchash obyekti, ya’ni o'lchanadigan kattalik yoki qiyoslash
amaliyotini qo‘llash mumkin bo‘lgan xossa;
-o‘lchash usuli ya’ni, o'lchash asboblari yordamida bajariladigan
amaliy harakatlar, operatsiyalar yig‘indisidan iborat bo‘lib, o‘z ichiga
muayyan mantiqiy va hisoblash amaliyotlarini ham oladi;
-o‘lchash natijasi, nomlangan kattalikdan iborat bo‘lib, tegishli
nomlar yoki belgilar yordamida ifodalanadi.
О‘lchash aniqligi muammosi ham empirik bilish uslubi sifatida shu
kabi o‘lchashning gnoseologik asoslariga oid hisoblanadi. 0 ‘lchash aniqligi o‘lchash jarayonidagi quyidagi obyektiv va subyektiv omillarga bog‘liq:
-o‘rganilayotgan obyektda u yoki bu turg‘un miqdor ta’riflarini ajratib olish imkoniyati murakkab, ba’zan esa buning umuman iloji
bo‘lmaydi;
-olchash vositalari imkoniyatlari (ularning mukammallik darajasi)
va o‘lchash jarayoni kechayotgan sharoitlar. Qator hollarda kattalikning
aniq qiymatini topishning umuman imkoni yo‘q. Masalan, elektronning
atom atrofidagi traektoriyasini aniqlash mumkin emas va h.k.
Oichashning subyektiv omillari qatoriga o‘lchash usulini tanlash,
ushbu jarayonni tashkil qilish va subyektning bilish imkoniyatlari -
eksperiment o‘tkazuvchi malakasi, uning olingan natijalarini to‘g‘ri va
savodli izohlab berish mahorati kiradi.
Bevosita о‘lchash bilan birga ilmiy eksperiment о‘tkazish
Do'stlaringiz bilan baham: |