9-mavzu. Ilmiy maktab, metod va metodologik yondashuvlar Reja: Ilmiy maktab shakllarining tarixi, umumiy belgilari va asosiy bosqichlari. Metod, metodologiya, metodika tushunchalarining o’zaro aloqasi va farqi


Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni


Download 60.94 Kb.
bet3/21
Sana02.11.2023
Hajmi60.94 Kb.
#1740236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
9- Mavzu-1

Metod metodikada konkretlashadi. Metodika daliliy materiallarni
yig'ish va saralash vositasi, aniq faoliyat turidir. U metodologik
tamoyillardan farq qilsada, ularga asoslanadi.
Metodlar xilma-xilligiga qarab, turli mezonlar asosida
klassifikatsiya qilinadi. Eng avvalo, m a’naviy, g'oyaviy (shuningdek,
ilmiy) moddiy va amaliy faoliyat metodlarini ajratmoq lozim.
Fan tarixida metodlar yangi nazariyalarni yaratish jarayonida
shakllanadi. Yangilik yaratish san’ati yangiliklar jarayonida kamol
topadi. Dastlabki tadqiqot tajribada shakllanar ekan, metod tadqiqotning
boshlang‘ich nuqtasi, amaliyot bilan nazariyani bog‘lovchi vosita
sifatida namoyon bo‘ladi. Metod va nazariyaning uzviy aloqasi ilmiy
qonunlarning metodologik rolida o‘z aksini topadi. Har qanday fanga
oid qonun insonni voqeliqdagi narsa va hodisalarni shu fanga mansub
sohaga mos fikrlashga undaydi. Masalan, energiyaning saqlanish qonuni
bir vaqtning o‘zida metodologik tamoyil bo‘lib, oliy nerv faoliyatining
reflektorlik nazariyasi, hayvonlar va inson axloqini tadqiq qilishning
metodlaridan biri hamdir.
Ilmiy tadqiqot jarayoni tarixan ishlab chiqilgan metodlar asosida
amalga oshiriladi. Hech kim hech qachon haqiqatni yo‘qdan bor qila
olgan emas. Albatta, olim izlanishlar, xatolar qurshovida harakat qiladi.
Ba’zi hollarda bir narsani izlash jarayonida butunlay boshqa narsa
yaratiladi.
Metod o‘z-o‘zidan tadqiqotning muvaffaqqiyatli bo‘lishini
ta’minlay olmaydi, chunki nafaqat yaxshi metod, balki uni qo‘llash
mahorati ham muhimdir. Ilmiy bilish jarayonida turli metodlardan
foydalaniladi. Umumiy darajasiga ko‘ra, ular keng yoki tor ko‘lamda
qo‘llaniladi. Har qanday fan o‘z predmetini o'rganishda yoki bu
obyektning mohiyatidan kelib chiquvchi turli xususiy metodlardan
foydalanadi. Masalan, ijtimoiy jarayonlarni o‘rganish metodi olamning
ijtimoiy shakli, uning qonuniyatlari, mohiyatining xususiyatlari bilan
belgilanadi.

Download 60.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling