9-mavzu. Ilmiy maktab, metod va metodologik yondashuvlar Reja: Ilmiy maktab shakllarining tarixi, umumiy belgilari va asosiy bosqichlari. Metod, metodologiya, metodika tushunchalarining o’zaro aloqasi va farqi


Metod, metodologiya, metodika tushunchalarining o’zaro aloqasi va farqi


Download 60.94 Kb.
bet2/21
Sana02.11.2023
Hajmi60.94 Kb.
#1740236
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21
Bog'liq
9- Mavzu-1

Metod, metodologiya, metodika tushunchalarining o’zaro aloqasi va farqi. Metod (yunon. metods - usul) keng mа'noda, ijodiy
faoliyatning har qanday shakli kabi mа ’nolarni anglatadi. Metod u yoki
bu shaklda mа’lum qoida, tartib, usul, harakat va bilim mezonlarining
yig‘indisi hamdir. U tamoyillar, talablar tizimi bo‘lib, subyektni aniq
vazifani bajarishga, faoliyatning shu sohasida ma’lum natijalarga
erishish sari yo‘naltiradi. U haqiqatni izlashda vaqt, kuchni tejaydi,
maqsadga eng yaqin va oson yo‘l bilan etishishga yordam beradi.
Metodning asosiy vazifasi faoliyatning bilish va boshqa shakllarini
boshqaruvdan iborat. Biroq:
- birinchidan, metod va metodologik muammolarning rolini inkor
qilish yoki to‘g‘ri baholamaslik («metodologik negavizm»);
- ikkinchidan, metodning ahamiyatini bo‘rttirish, mutlaqlashtirish,
uni barcha masalalarning kaliti, ilmiy yangiliklarni yaratishning eng
qulay vositasi (metodologik eyforiya), deb tushunish noto‘g‘ridir.
Har qanday metod muayyan nazariya asosida yaratiladi va
tadqiqotning zaruriy sharti sifatida namoyon bo‘ladi. Har bir metodning
samaradorligi uning chuqur mazmun va mohiyatga egaligi, nazariyaning
fundamentalligi bilan asoslanadi. o’znavbatida, metod mazmuni
kengayib boradi, ya’ni bilimning chuqurlashishi va kengayishi, tajribaga
tatbiq etilishi bilan metodning ko‘larni ham o‘zgaradi.
Ilmiy bilishda nafaqat ilmiy natija (bilimlar majmui) va
predmetning mohiyatini anglash, balki unga eltuvchi yo‘l, ya’ni metod
ham haqiqiy bo‘lmog‘i lozim. Shunga ko‘ra, predmet va metodni bir-
biridan ayri holda tushunish mumkin emas. Har qanday metod u yoki bu
darajada real hayotiy jarayonlarda shakllanadi va yana unga qaytadi.
Metod har qanday tadqiqot boshlanishida to‘la holda namoyon
bo'lmasa-da, ma’lum darajada predmetning sifat o‘zgarishi bilan har
safar yangidan shakllanadi.
Metod bilish predmeti va harakatni sun’iy ravishda bog‘lamaydi,
balki ularning xususiyatlari o‘zgarishi bilan o‘zgarib boradi. Ilmiy
tadqiqot predmetga daxldor dalil va boshqa belgilarni jiddiy bilishni
talab qiladi. U ma’lum materialning harakati, uning xususiyatlari,
rivojlanish shakllari va h.k.Iarda namoyon bo‘ladi. Demak, metodning
haqiqiyligi, eng avvalo, tadqiqot (obyekt) predmetining mazmuni bilan
bog‘liq.
Metod subyekt bilan chambarchas bog'liqdir. Boshqacha qilib
aytgan-da, «inson umum metodologiyaning markazidir» (Feyerbax).
Ikkinchidan, har qanday metod yoki bu darajada boshqaruv quroli
vazifasini bajaradi.
Metod subyekt va obyektning murakkab dialektikasi acosida
rivojlanadi va bunda oxirgisi hal qiluvchi ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu
ma’noda, har qanday metod, eng avvalo, obyektiv, mazmunli va konkret
bo‘lsada, ayni paytda, subyektiv hamdir. Biroq u faqat mavjud qoidalar
tizimi emas, balki obyektiv ilmiylikning davomi sifatida namoyon
bo‘ladi.

Download 60.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling