jarayonida bilvosita о‘lchash uslubi keng qo‘llanadi. Bilvosita
о‘lchashda izlanayotgan kattalik dastlabki funksional bog‘liqlik bilan
bog'liq boshqa kattaliklarni bevosita о‘lchash asosida aniqlanadi. Jism
massasi va hajmining o’lchangan qiymatlariga ko‘ra uning zichligi
aniqlanadi; o‘tkazgichning solishtirma qarshiligi qarshilikning
o‘lchangan kattaliklari, o‘tkazgichning ko‘ndalang kesimi uzunligi va
maydoniga ko‘ra topilishi mumkin va h.k. Ayniqsa, obyektiv reallik
sharoitida bevosita о‘Ichash mumkin bo‘lmaganida bilvosita oichash
uslubining roli katta. Masalan, har qanday kosmik obyekt (tabiiy)ning
massasi boshqa fizik kattaliklarni o‘lchash ma’lumotlarini qo‘llashga
asoslangan matematik hisob-kitoblar yordamida aniqlanadi.
Nazariy tadqiqot metodlari. Nazariy asoslangan va isbotlangan
bilimlar majmui nazariy tadqiqot metodlari orqali egallanadi.
Quyidagilar nazariy tadqiqot metodlaridir:
Aksiomatik metod-ilmiy nazariya tuzish usuli. Bunda uning asosiga
ayrim dastlabki qoidalar—aksiomalar qo’yiladi va nazariyaning qolgan
barcha g'oyalari mana shu aksiomalardan sof mantiqiy yo’l bilan
isbotlash orqali keltirib chiqariladi. Aksiomalardan teoremalarni
(umuman, bir formuladan boshqa formulalarni) keltirib chiqarish uchun
maxsus qoidalar ta’riflanadi. Binobarin, aksiomatik metodda isbotlashhar biri yo aksioma bo‘lgan, yo oldingi formulalardan ma’lum qoidaga
binoan keltirib chiqariladigan formulalarning ma’lum ketma-ketligi.
Aksiomatik metod-olingan ilmiy bilimni tizimga solish usullaridan biri.
Uning amalda qo‘llanishi cheklangan, chunki uni faqat aksiomalashtirilgan mazmun nazariyasining rivojlanish darajasi juda katta bo‘lgan
holdagina qo‘llash mumkin. Mashhur fransuz fizigi Lui de Broylning
ta’biri bilan aytganda, «aksiomatik metod tasniflash yoki ta’lim
berishning yaxshi metodi bo‘lishi mumkin, ammo u kashf etish metodi
bo‘la olmaydi».
Gipotetik-deduktiv metod - bir-biri bilan deduktiv bog'liq bo’lgan
gipotezalar tizimini yaratishni nazarda tutadi. Mazkur gipotezalardan
pirovard natijada empirik dalillar to‘g‘risida xulosalar chiqariladi. Ushbu
metod gipotezalardan va haqiqiy ma’nosi ma’lum bo'lmagan boshqa
farazlardan xulosalar chiqarishga (deduksiyaga) asoslanadi. Binobarin,
mazkur metod yordamida chiqarilgan xulosa muqarrar tarzda ehtimoliy
xususiyatga ega bo‘ladi.
Gipotetik-deduktiv metodning umumiy tuzilishi:
- nazariy tushuntirishni taqozo etuvchi material bilan tanishish va
mavjud nazariyalar, qonunlar yordamida nazariy tushuntirishga harakat
qilish. Agar buning iloji bo‘lmasa:
- turli-tuman mantiqiy usullar yordamida mazkur hodisalarning
sabab va qonuniyatlari to‘g‘risida faraz (gipoteza, taxmin)lar qilish;
- farazlarning asosliligi va jiddiyligiga baho berish va ularning
orasidan haqiqatga eng yaqinini tanlab olish;
- gipotezadan oqibatlarni (odatda, deduksiya yo‘li bilan) keltirib
chiqarish va uning mazmuniga aniqlik kiritish;
- gipotezadan keltirib chiqarilgan oqibatlarni tajribada tekshirish. Bu
yerda gipoteza yo tajribada isbotlanadi, yo inkor etiladi. Ammo ayrim
oqibatlarning isbotlanganligi gipotezaning haqiqiyligini (yoki
soxtaligini) kafolatlamaydi. Tekshiruv natijalariga ko‘ra, eng yaxshi
gipoteza nazariyaga aylanadi.
Matematik gipotezani gipotetik-deduktiv metodning turi deb
hisoblash mumkin. Bu yerda ilgari ma’lum bo‘lgan va tekshirilgan
holatlarning takomillashtirilgan ko‘rinishlarini ifoda etuvchi ma’lum
tenglamalar gipoteza vazifasini bajaradi. Ilgari ma’lum bo‘lgan va
tekshirilgan holatlar o‘zgartirilib, yangi hodisalarga taalluqli bo‘lgan
gipotezani ifodalovchi yangi tenglama tuziladi. Gipotetik-deduktiv
metod (aksiomatik metod singari) kashf etish metodidan ham ko‘ra
ko‘proq ilmiy bilimni tuzish va asoslash metodi hisoblanadi, chunki u
yangi gipotezaga qanday yo‘l bilan kelish mumkinligini ko‘rsatadi.
Mavhumdan konkretlikka yuksalish metodi - ilmiy fikrning
Do'stlaringiz bilan baham: |