9 mavzu: ish haqini aniqlash


MAVZU: IQTISODIY O‘SISH. QISQA MUDDATLI IQTISODIY O‘SISH. UZOQ MUDDATLI IQTISODIY O‘SISH MODELLARI


Download 74.13 Kb.
bet4/10
Sana21.02.2023
Hajmi74.13 Kb.
#1219293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
iqtisod

12. MAVZU: IQTISODIY O‘SISH. QISQA MUDDATLI IQTISODIY O‘SISH. UZOQ MUDDATLI IQTISODIY O‘SISH MODELLARI

Milliy iqtisodiyotda iqtisodiy rivojlanish qiyin aniqlanadigan jarayon bo’lganligi sababli, uning mezonlaridan biri bo’lgan iqtisodiy o’sish ko’proq tahlil qilinadi.


Iqtisodiy o’sish bevosita yalpi ichki mahsulot hajmining mutlaq va aholi jon boshiga hamda iqtisodiy resurs xarajatlari har bir birligi hisobiga o’sishi, sifatining yaxshilanishi va tarkibining takomillashuvida ifodalanadi.
Iqtisodiy o’sishni YaIM mutlaq hajmining ortishi orqali yoki aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o’lchash buning qanday maqsadda amalga oshirilayotganiga bog’liq bo’ladi. Odatda biron-bir mamlakat iqtisodiy o’sishini YaIM mutlaq hajmining ortishi orqali o’lchash uning iqtisodiy salohiyatini baholashda, aholi jon boshiga real YaIM miqdorining ortishi orqali o’lchash esa mamlakatdagi turmush darajasini taqqoslashda qo’llaniladi.
Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud bo’lmaydi, balki muayyan uyg’unlikda, bir-biri bilan qo’shilgan tarzda bo’ladi. Shu sababli ko’proq ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o’sish turlari haqida so’z yuritiladi.
Iqtisodiy o’sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlari ham mavjud bo’lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, mehnat unumdorligining o’sishi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda massasi, milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi.
Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi:

      1. ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganlik darajasi;

      2. xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi;

      3. ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o’rtasidagi nisbat;

      4. mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va kooperatsiyasi.

Iqtisodiy o’sishning jahon amaliyotida keng qo’llaniladigan boshqa ko’rsatkichi iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo’yicha hisoblab chiqilgan YaIM ko’rsatkichi asosida tahlil qilinadi. Bunda iqtisodiyotning yirik sohalari, moddiy va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari o’rtasidagi nisbat ham o’rganiladi.
Iqtisodiy o’sishga ta’sir ko’rsatuvchi omillarni shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin. Birinchi guruh omillar taklif omillari deb ham atalib, iqtisodiyotning o’sish layoqatini belgilab beradi:

  1. tabiiy resurslarning miqdori va sifati;

  2. ishchi kuchi resurslari miqdori va sifati;

  3. asosiy kapital (asosiy fondlar) ning hajmi;

  4. texnologiya va fan-texnika taraqqiyoti.




Download 74.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling