9 mavzu: ish haqini aniqlash


Iqtisodiy sikl tushunchasi


Download 74.13 Kb.
bet9/10
Sana21.02.2023
Hajmi74.13 Kb.
#1219293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
iqtisod

Iqtisodiy sikl tushunchasi 

Iqtisodiy sikl – asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning (ishlab chiqarish 

darajasi, bandlik, narxlar) muntazam ravishda o‘zgarib turishi bo‘lib, ularning 

o‘rtacha muddati taxminan 8-10 yilni tashkil etadi. 
Siklik tebranishlarning to‘lqinsimon takrorlanishlari siklni iqtisodiy kon’yunkturaning ikkita bir xil holatlari o‘rtasidagi davr deb talqin qilish imkonini beradi (grafikda ikki ustki yoki ikki pastki nuqtalar o‘rtasidagi interval). 
Ammo sikllar makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning rivojlanish intensivligiga ko‘ra har xil bo‘lishini nazarda tutish zarur, shuning uchun chegaraviy nuqtalar trend chizig‘iga nisbatan turli pog‘onalarda paydo bo‘lishi mumkin. 
Iqtisodiy siklning sababi nimada? Iqtisodchilar orasida bu savolga bir xil 
javob yo‘q. Iqtisodiy siklning tabiatiga oid fikrlar xilma-xildir. 
Ko‘pincha siklik tebranishlarni keltirib chiqaruvchi barcha sabablar ikki 
katta guruhga - tashqi (ekzogen) sabablar va ichki (endogen) sabablarga bo‘linadi. 
Mos ravishda iqtisodiy siklning ham ekzogen va endogen nazariyalari mavjuddir. 


XALQARO SAVDO. XALQARO VALYUTA MUNOSABATLARI VA VALYUTA KURSI
Jahon xo’jaligi murakkab tizim hisoblanadi. Turli milliy iqtisodiyotlar (yoki ular tashqi iqtisodiy qismlari)ning barcha majmui tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan mustahkamlangan bo’ladi. Shu asosda mamlakatlar o’rtasida xalqaro iqtisodiy munosabatlar vujudga keladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar (ba’zida ularni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo’jaligi aloqalari deb ham yuritiladi) – bu jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik aloqalari majmuidir.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi:

Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo milliy xo’jaliklarning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokiga bog’liq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Jahon bozoriga tovar va xizmatlarning xalqaro harakati sifatida qarash mumkin. Jahon bozori o’zining rivojlanishida bir qator bosqichlardan o’tadiki, ulardan har biri milliy xo’jalikning xalqaro iqtisodiy munosabatlarga jalb qilinishining ma’lum darajasi bilan tavsiflanadi. Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi va jahon bozorining asosiy belgi va xususiyatlarini 27-bobda batafsil ko’rib chiqamiz.

Download 74.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling