9 mavzu: ish haqini aniqlash


Download 74.13 Kb.
bet1/10
Sana21.02.2023
Hajmi74.13 Kb.
#1219293
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
iqtisod


9 MAVZU:ISH HAQINI ANIQLASH
Ish haqining mazmunini to‘g‘ri tushunib olish uchun eng avvalo yaratilgan milliy mahsulotning taqsimlanish tartibi to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lish lozim. Mamlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotning (tovar va xizmatlarning) taqsimlanish tamoyillari bo‘yicha turlicha nazariyalar mavjud. Bozor iqtisodiyotiga doir adabiyotlarning ko‘pchiligida
«uch omil» deb nomlanuvchi nazariya keng tarqalgan. Bu nazariyaning asoschilaridan biri fransuz olimi J.B.Sey «ishlab chiqarishning uch omili» degan g‘oyani ilgari surib, unda tovarlarni ishlab chiqarishda mehnat, yer va kapital bab-baravar qatnashadi, ular hamma daromadlar manbaidir va binobarin daromadlar ham shu omillar o‘rtasida taqsimlanadi, deb ko‘rsatadi. Uning bu g‘oyasi amerikalik iqtisodchi olim J.B.Klarkning qo‘shilgan omil (so‘nggi qo‘shilgan kapital yoki ishchi kuchi) unumdorligi degan g‘oyasiga asos bo‘lib xizmat qiladi. Klark o‘zining «Boyliklarning taqsimlanishi» nomli asarida yaratilgan boylik uchala omil o‘rtasida ularning har biri yaratgan mahsulot miqdoriga (ya’ni unumdorligiga) qarab taqsimlanadi, deb ko‘rsatdi.
Sey va Klark g‘oyalarining ijobiy tomoni quyidagilardan iborat:
a) kapital, er va ishchi kuchi (jonli mehnat)ning har uchalasi tovar yoki xizmatning nafliligini yaratishda qatnashishi ko‘rsatiladi;
b) yaratilgan naflilik miqdori bilan bu uchala omilning miqdori va unumdorligi o‘rtasida bog‘liqlik mavjudligi, agar bu uchala omil bir-biriga mos ravishda miqdor va sifat jihatidan oshsa, tovarlar va xizmatlar hajmi ham ko‘payishi asoslanadi.
Ammo bu g‘oyalarning kamchiligi ham mavjud bo‘lib, ular hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitiga to‘g‘ri kelmaydi.

Download 74.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling