9 mavzu: ish haqini aniqlash


Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig’ida olingan daromadlarining pul ko’rinishidagi miqdori


Download 74.13 Kb.
bet3/10
Sana21.02.2023
Hajmi74.13 Kb.
#1219293
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
iqtisod

Nominal daromad – aholi tomonidan ma’lum vaqt oralig’ida olingan daromadlarining pul ko’rinishidagi miqdori.
Ixtiyorida bo’lgan daromad – shaxsiy iste’mol va jamg’arma maqsadlarida foydalanish mumkin bo’lgan daromad. Bu daromad nominal daromaddan soliqlar va majburiy to’lovlar summasiga kam bo’ladi.
Real daromad – narx darajasi o’zgarishini hisobga olib, aholining ixtiyorida bo’lgan daromadga sotib olish mumkin bo’lgan tovar va xizmatlar miqdori. Ya’ni, real daromad aholining ixtiyorida bo’lgan daromadning xarid quvvatini bildiradi.
Ijtimoiy to’lovlar – kam ta’minlanganlarga pul yoki natural yordam ko’rsatishga qaratilgan tadbirlar tizimi bo’lib, bu ularning iqtisodiy faoliyatda qatnashishi bilan bog’liq bo’lmaydi. Ijtimoiy to’lovlarning maqsadi jamiyatdagi munosabatlarni insonparvarlashtirish hamda ichki talabni ushlab turish hisoblanadi.
Ijtimoiy siyosat – bu davlatning daromadlar taqsimotidagi tengsizlikni yumshatishga va bozor iqtisodiyoti qatnashchilari o’rtasidagi ziddiyatlarni bartaraf qilishga yo’naltirilgan siyosatdir.


11 MAVZU: MAKROIQTISODIYOTGA KIRISH.
1991 yil sentyabridan buyon o’tgan qisqa davr mobaynida iqtisodiy mustaqillikni qo’lga kiritib, mamlakatimiz hududidagi barcha tabiiy, mineral xom
ashyo boyliklardan, butun iqtisodiy resurslar va quvvatlardan o’z xalqimiz va
uning kelajagi manfaatlari yo’lida foydalanish imkoniyatiga ega bo’ldik1.
Yangi energetika, mashinasozlik va boshqa sanoat tarmoqlarining vujudga kelishi, ko’plab yirik inshootlar, korxonalar, zavod va fabrikalar qurilganligi, yonilg’i va g’alla mustaqilligiga erishilganligi iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, modernizatsiyalash, yangilash, diversifikatsiyalash, izchil o’sish sur’atlari milliy mustaqil iqtisodiyotni mustahkamlash sari harakat natijalaridir.
Mamlakatimizda mustaqil amal qiladigan bozor iqtisodiyotining qator infratuzilmalari: savdo, bozor, birja, moliya, bank, kredit, soliq, sug’urta, bojxona tizimlari va boshqa qator funktsional iqtisodiyot tarmoqlari barpo etildi.
Milliy iqtisodiyot ko’plab o’zaro bog’liq iqtisodiy unsurlardan iborat bo’lgan murakkab iqtisodiy tizimni namoyon etadi. Mazkur unsurlar o’rtasidagi amalda tarkib topgan munosabatlarning butun majmui iqtisodiyotning tarkibiy tuzilmasini tavsiflab beradi. Milliy iqtisodiyot – barcha tarmoqlar va sohalarni, mikro- va makrodarajadagi iqtisodiyotlarni, funktsional iqtisodiyotni, ko’plab infratuzilmalarni o’z ichiga olgan yaxlit iqtisodiyotdir. Milliy xo’jalikning tarkib topgan tuzilishi ijtimoiy mehnat taqsimoti rivojining natijasi hisoblanadi

Yalpi ichki mahsulot (YaIM)ni hisoblashda milliy hisoblar tizimidan foydalaniladi. Milliy hisoblar tizimi (MHT) – bu barcha asosiy iqtisodiy jarayonlarni, takror ishlab chiqarish sharoitlari, jarayonlari va natijalarini tavsiflovchi o’zaro bog’liq makroiqtisodiy ko’rsatkichlar, tasniflar va guruhlar tizimi.




Download 74.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling