9-mavzu: ishlab chiqarish jarayonining turlanishi reja: Ishlab chiqarish omillari Ishlab chiqarish jarayonining tavsifi


Xom-ashyoning tayyor mahsulotga aylanishida


Download 47.22 Kb.
bet6/7
Sana31.01.2024
Hajmi47.22 Kb.
#1819406
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Маъруза 9 (2)

Xom-ashyoning tayyor mahsulotga aylanishida uzluksiz ishlab chiqarishda ta’minlashda zaruriy imkoniyat yaratadigan jarayon- yordamchi jarayondir. Paxta tozalash kokxonarida yordamchi jarayonlarga quydagilar kiradi: asbobuskunalarni taminlash jun va linter uskunalaridagi arrani almashtirish, eletroenergiya va moylash materiallari bilan ta’minlash.
Xizmat ko‘rsatuvchi jarayonlar - ham asosiy, ham yordamchi jarayonlarga xizmat ko‘rsatuvchi jarayondir. Ularga ombor xo‘jaligi, transport xizmati vash u kabilar kiradi.
Asosiy va yordamchi ishlab chiqarish jarayoni va qisman mehnat jarayonlari bir-biri bilan o‘zaro bog‘liq tarzda yo‘lga qo‘yilgan holda yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarish natijasida korxona yuqori darajadagi samaradorlik ko‘rsatkichlariga erishadi. SHuni qayd etish lozimki, asosiy ishlab chiqarish jarayonlarida bir xil ishlab chiqarish bo‘limlarning ish unumi bir-birigi mos emasligi, ishchilarning noto‘g‘ri joylashtirilishi, texnologiya tizimiga e’tibor bermaslik, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilmaslik natijasida yordamchi ishlab chiqarish jarayoni yuqori darajada tashkil etilmasligi kabi kohona texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarning pasayishiga olib keladi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning makon turi ishlab chiqarishni samarali xususiy jarayonlarga ajratishni ta’minlaydi, ularni aniq bir ishlab chiqarish uchastkasiga biriktirishki, ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlikni o‘rnatishni ta’minlaydi.
Ishlab chiqarishni tashkil etishning fazoviy turi ishlab chiqarish siklining davriyligini, alohida ishlab chiqarish jarayonlari bajarilishi ketma-ketligi, qayta ishlashga paxta xom-ashyosi partiyalari navbatga turilishini aniqlaydi.
Har qanday ishlab chiqarish jarayoni operatsiyalardan tashkil topgan bo‘lib, ish joylari bo‘lishligini talab etadi.
Texnologiya jarayonining asosiy qismi operatsiyadir. Operatsiya deganda mehnat predmeti bilan ishchilar tomonidan bir joyida jihozlarni qayta sozlash va uni joyini o‘zgartirmasdan amalga oshtriladigan ishlab chiqarish tushuniladi. Operatsiya texnolgik jarayonlarni rejalashtirishning, tuzib chiqishning va mehnatni me’yorlashtirishning asosiy tashkil etadi. CHunki, jihozlarning butun imkoniyatlaridan to‘la foydalanish, ularning to‘xtovsiz ishlashiga erishmoq uchun va bu jihozlarda ishlashga qancha ishchi kerakligini bilish uchun operatsiyani bajarishga ketadigan vaqtni hisoblanib chiqish kerak bo‘ladi. Operatsiyalar fazalarga bo‘linadi, fazalar esa mayda harakatlarga bo‘linadi. Operatsiyalarni mehnat jihatdan bunday elementlarga bo‘lish ishlab chiqarish jarayonini tahlil qilish uchun xizmat qiladi.
Mehnatni tashkil etish jarayoni ma’lum bir vaqt ichida, ma’lum bir fazoda amalga oshiriladi. O‘sha fazoning jarayoni kerakli asbob-uskuna va mashinalar bilan ta’minlangan, ma’lum bir mehnat operatsiyalaring bir yoki bir guruh ishchilar tomonidan bajarilishiga mo‘ljallangan ish xisobi hisoblanadi.
Ish joyi ishlab chiqarish jarayonining birinchi bosqichi va uning texnik tashkiliy asosi hisoblanadi. Ish joyida ishlab chiqarishning asosiy uchta elementning birlashuv jarayonida mehnat amalga oshiriladi. Ish joyida mehnat predmetlari va mehnat resurslari o‘zaro o‘zaro ta’siri natijasida mehnat faoliyati vujuga keladi.
Paxta tozalash korxonalarida har bir ish joyi o‘zidan oldingi va keyingi ish joylari bilan bevosita texnologik bog‘liqdir. SHuning uchun ham paxta tozalash korxonalarida ish joyini tashkil etishda o‘zaro bog‘lanish omillariga e’tibor berish shartdir.



Download 47.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling