Konsignatsiya – bu shunday usulki, bunda sotib oluvchilar tovarlar-ni majburiyatsiz
sotib oladilar, ya’ni tovar sotilgandan so’ng puli to’lanadi. Agar tovar sotilmay qolsa, u egasiga
qaytarib beriladi.
Bank krediti. Bank va boshqa kredit tashkilotlari pulni uning sohiblariga foiz to’lash
sharti bilan o’z qo’lida jamlaydilar va o’z nomidan qarzga berib, foiz oladilar. Bunda uch
sub’ekt:
- pul egasi;
- kredit tashkiloti;
- qarz oluvchining kredit aloqasi paydo bo’ladi.
Banklar orasida tijorat banklari markaziy bo’g’in hisoblanadi. O’zbekiston
Respublikasining «Banklar va bank faoliyati» to’g’risidagi Qonuniga ko’ra, tijorat banklari
aktsiyali, pay asosida tashkil topgan va xususiy bo’ladiki, ular «kredit hisob-kitob va o’zga
xil bank xizmati»ni ko’rsatadilar.
Banklar qarzni ishonchli, pulni samarali ishlatishga qodir xo’jalik sub’ektlariga qarz
beradilar. Ular, o’z navbatida, bu pulni investitsiya uchun sarflab, iqtisodiyotni o’stirishga
erishadilar. Bank ishonchli mijozlarni tanlagan holda, qarzni ularning mol-mulki yoxud
boshqa boyligi garovga qo’yilgan sharoitda beradi. Masalan, bank fermerga 15000 dollar
qarz bersa, uning garovga qo’yilgan mulki qiymati shu summadan kam bo’lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |