Birinchidan, pulga tenglashtirilgan to’lov vositalari (masalan, veksel, chek, sertifikat
va hokazolar)ni yuzaga chiqarib, ularni xo’jalik oborotiga jalb qiladi.
Ikkinchidan, bo’sh pul mablag’larini harakatdagi, ishdagi kapi-talga aylantirib, pulni
pul topadi, degan qoidani amalga oshiradi.
Uchinchidan, qarz berish orqali pul mablag’larini turli tarmoqlar o’rtasida qayta
taqsimlash bilan ishlab chiqarish resurslarining ko’chib turishini ta’minlaydi.
To’rtinchidan, qarz berish, qarzni undirish vositalari orqali iqtisodiy o’sishni
rag’batlantiriladi.
Kredit va undan foydalanishda turli natijalarga erishiladi. Bu natijalar ijobiy yoki
salbiy bo’lishi mumkin. Ijobiy natijalar deganda, kreditdan samarali foydalanish natijasida
qo’lga kiritilgan yutuqlar tushuniladi. Masalan, Andijonning Asaka shahrida asosan, bank
krediti hisobidan qurilayotgan yangi avtomobil zavodi respublikaning yengil
avtomobillarga bo’lgan ehtiyojini ma’lum darajada qondirsa va jahon bozorida munosib
o’rin egallasa, bu kreditning ijobiy yo’li hisoblanadi.
Kreditning salbiy roli, asosan, quyidagi ikki holatda namoyon bo’ladi:
- kredit turli yo’llar bilan asossiz ravishda ko’p berilsa va oqibatda pul massasi
ko’payib, milliy pul qadrsizlansa;
- agar olingan halqaro kreditlardan samarali foydalanilmasa va mamlakat o’zining
boshqa daromad manbalari, masalan, oltinini sotish hisobidan kreditni qaytarsa.
Kredit aloqalari pul egasi bilan qarz oluvchi o’rtasida bevosita va bilvosita bo’lishi
mumkin. Birinchi holda ular to’g’ridan-to’g’ri muomalaga kirishadi. Ikkinchi holda ular
aloqachi vositachilar orqali yuz beradi. SHunga qarab, kreditning quyidagi asosiy shakllari
kelib chiqadi:
1. Tijorat krediti.
2. Bank krediti.
3. Iste’molchi krediti.
4. Davlat krediti.
5. Halqaro kredit.
Do'stlaringiz bilan baham: |