9-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy faoliyati tahlili
Download 325.82 Kb. Pdf ko'rish
|
9-mavzu. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING MOLIYaVIY FAOLIYaTI TAHLILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- haridor har gal
Tijorat krediti – bu sotuvchilarning haridorlarga tovar shaklida beriladigan kreditidir.
Bunda tovarlar ma’lum muddatda pulini to’lash sharti bilan nasiyaga beriladi. Tijorat kreditini nasiyaga oluvchi uning egasiga veksel (qarzning majburiyatnomasi)ni beradi. Nasiyaga olish orqali berilgan qarz yig’indisi tovarning o’z narxi va mikdoriga bog’liq bo’ladi. Masalan, 1000 metr duxoba nasiyaga har bir metri 2 dollardan beriladi. Bunda duxoba egasining haridorga bergan qarzi 2000 dollarni (1000x2) tashkil etadi. Tijorat kreditida foiz nasiyaga sotilgan duxoba narxiga ustama shaklini oladi, shu sababli, duxoba nasiyaga o’z narxidan yuqori narxda beriladi. Masalan, duxoba naqd pulga har metri 2 dollardan sotilsa, nasiyaga 2,5 dollar ustama foiz bo’ladi. Bizning misolimizda 1000 metr duxobaga ustama 500 dollarni tashkil etadi (1000 x 2,5 = 2500; 2500 – 2000 = 500). Tijorat krediti berishning, asosan, beshta usuli mavjud: - veksel usuli; - ochiq schyot orqali berish, chegirma berish usuli; - mavsumiy kredit; - konsignatsiya. Veksel usulida tovar yetkazib berilganda sotuvchi haridorga trattani taqdim etadi. Haridor o’z navbatida, uni aktseptlaydi, ya’ni trattada ko’rsatilgan summani o’z vaqtida to’lashga rozilik beradi. Ochiq schyot orqali tijorat kreditini berishning mazmuni shundaki, haridor tovarga buyurtma berishi bilanoq u yuklab jo’natiladi, to’lov esa o’rnatilgan muddatlarga vaqt-vaqti bilan amalga oshirib boriladi. Bunda haridor har gal tovar olishda kreditni rasmiylashtirib o’tirmaydi, ya’ni kreditga murojaat qilmaydi. CHegirma berish usulida haridor to’lov hujjatlarini yozilgandan so’ng, shartnomada kelishilgan ma’lum davr ichida to’lovni amalga oshirsa, to’lov yig’indisidan chegirma beriladi. Agar ushbu davr ichida to’lay olmasa, unda to’lovni belgilangan muddatda to’liq amalga oshiradi. Mavsumiy kredit, odatda, o’yinchoqlar, suvenirlar va boshqa keng iste’mol mollarini sotishda keng qo’llaniladi. Masalan, chakana savdo tashkilotlari yil davomida archa o’yinchoqlarini sotib oladilar va shu yil bilan o’yinchoqlar uchun katta zaxira to’playdilar. O’yinchoqlar haqini esa yangi yil bayrami o’tgandan so’ng yanvar-fevral oylarida to’laydilar. Ishlab chiqaruvchilar uchun bunday usulning qulayligi shundaki, ular o’yinchoqlarni omborlarda saqlash xarajatlaridan xolos bo’ladilar.
Download 325.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling