9-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy faoliyati tahlili


Download 325.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet14/24
Sana05.01.2022
Hajmi325.82 Kb.
#214024
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
Bog'liq
9-mavzu. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING MOLIYaVIY FAOLIYaTI TAHLILI

Korxonaning  yalpi daromadi –  mahsulotlar (ishlar, xizmatlar)ni sotishdan tushgan 

tushumdan moddiy xarajatlarni chiqarib tashlagandan keyin ish haqi va foydani o’z ichiga 

oluvchi korxona sof mahsulotlaridan iboratdir. 

Bozor  munosabatlari  sharoitida  korxona  eng  katta  foyda  olishga  erisha  olmasa, 

tovarlarni sotish va xizmatlar ko’rsatish bozorida o’z  mavqeini  mustahkam ushlab turish, 

raqobat  sharoitida  o’zining  ishlab  chiqarishini  dinamik  rivojlanishini  ta’minlashga  imkon 

beruvchi foyda hajmini olishga harakat qilishi kerak. 

Umumxo’jalik  faoliyatidan  olinadigan  foyda  (zarar)  quyidagi  algebraik  summa  tarzida 

hisoblanadi: asosiy faoliyatdan foyda plyus dividendlar  va foizlar  bo’yicha daromadlar plyus 

yoki  minus  investitsiyalar  va  qimmatbaho  qog’ozlarni  qayta  baholashdan  keladigan 

daromadlar  (zararlar)  va  minus  foizlar  bo’yicha  xarajatlar  plyus  yoki  minus  boshqa 

moliyaviy faoliyatdan daromadlar (zararlar). 

Soliq  to’langunga  qadar  foyda  umumxo’jalik  faoliyatidan  foyda  va  favqulodda 

foydalar va zararlar saldosining algebraik summasi sifatida aniqlanadi. 

Soliq  to’langandan  keyin  korxona  ixtiyorida  qoladigan  sof  foyda  daromad 

soliqlarini  chiqarib  tashlash  bilan  soliqlar  to’langunga  qadar  foyda  va  minus  hali  hech 

qaerda hisobga olinmagan boshqa soliqlar va to’lovlardan iborat bo’ladi.  

Korxona  ish  faoliyatining  samaradorlik  darajasini  baholash  uchun  olingan  natija 

(yalpi  daromad,  foyda)  xarajatlar  yoki  foydalanilgan  resurslar  bilan  taqqoslaniladi.  Foyda 

va xarajatlarni tenglashtirish rentabellikni yoki aniqrog’i rentabellik me’yorini bildiradi. 

Amaliyotda  rentabellik  me’yorini  o’lchashning  ikki  variantidan  foydalaniladi.  Bu 

foydaning  korxonaning  joriy  sarf-xarajatlari  (tannarx)ga  yoki  avanslashgan  qo’yilmalar 

(asosiy ishlab chiqarish fondlari va aylanma mablag’lar)ga nisbatidir. Ikkala o’lchov varianti 

ham bir-biri bilan avanslashgan qo’yilmalar oboroti tezligi ko’rsatkichi bilan bog’langan: 




Download 325.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling