9-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy faoliyati tahlili


Mahsulotning sotilishidan tushgan tushum


Download 325.82 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/24
Sana05.01.2022
Hajmi325.82 Kb.
#214024
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24
Bog'liq
9-mavzu. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING MOLIYaVIY FAOLIYaTI TAHLILI

Mahsulotning sotilishidan tushgan tushum – korxona tomonidan ishlab chiqarilgan 

mahsulotlar, bajarilgan ishlar, ko’rsatilgan xizmatlar uchun olinadigan pul mablag’larining 

hajmidir. Bu korxona xarajatlarini qoplash va daromadlarni shakllantirish mablag’larining 

asosiy manbaidir. 

Asosiy  mahsulotni  sotishdan  tushgan  tushumdan  tashqari,  korxona  boshqa 

sotishlardan hamda sotishdan tashqari operatsiyalardan tushumlar olishi mumkin. 

Tadbirkorlik  faoliyati  jarayonida  moddiy  ishlab  chiqarish  sohasida  yaratilgan  sof 

daromadni  aks  ettiruvchi  foyda  korxona  faoliyatining  eng  muhim  umumlashtirilgan 

ko’rsatkichi hisoblanadi. 



Tadbirkor hamma  vaqt foyda olishni maksad qilib qo’yadi,  ammo hamma  vaqt ham 

foyda ololmaydi. Agar tushum tannarxga teng bo’lsa, unda faqat mahsulot ishlab chiqarish 

va sotish xarajatlarining o’rnini qoplashga erishiladi. Tushumdan oshib ketuvchi xarajatlarda 

korxona  salbiy  moliyaviy  natija  ko’radi,  bu  uni  murakkab  moliyaviy  ahvolga  solib 

qo’yadi, bankrotlik ham istisno emas. 

Mahsulotlarni  sotishdan  olingan  foyda  (zarar)  qo’shimcha  qiymat  solig’i  va  aktsizsiz 

mahsulot  sotishdan  tushgan  tushum  va  mahsulotlarning  tannarxiga  kiritilgan  ishlab 

chiqarish va sotish xarajatlari o’rtasidagi farq sifatida aniqlanadi. 

Keltirilgan ta’rifdan foyda korxonaning o’z mahsulotlari  (ishlari,  xizmatlari)ni talab 

va  taklif  asosida  vujudga kelgan  narxlar bo’yicha sotishdan hosil bo’lgan  yalpi  daromad 

hajmiga bog’liqligi ma’lum bo’ladi. 


Download 325.82 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling