Qarzni to’lash muddati va sharti. Agar qarz uzoq muddatga berilib, uni sekin-asta,
kichik-kichik qismlarga bo’lib, bemalol qaytarish mumkin bo’lsa, qarzdor yuqori foizga
rozi bo’ladi. Agar qarz qisqa vaqtga berilsa va uni bir yo’la to’lash shart bo’lsa, qarzdor
past foizni ma’qul ko’radi. Gap shundaki, qarz qanchalik uzoq muddatga berilsa,
shunchalik uni ishlatib daromad ko’rish mumkin va shu hisobdan foiz to’lash yengil
bo’ladi.
Qarzning qanday pul bilan berilishi. Agar qarz erkin konvertirlangan valyuta
berilsa, foiz yuqori belgilanadi, agar u oddiy valyutada berilsa, foiz nisbatan past
o’rnatiladi. Konver-tirlangan pul obro’-e’tiborli bo’lganidan uni ishlatish oson, undan tezda
daromad ko’rish mumkin.
Inflyatsiya darajasi. Inflyatsiya yuz bersa, qarzga berilgan pul egasiga qaytib
kelgunicha o’z qadrini qisman yo’qotadi. Bunda pul egasi yutqazadi. SHu sababli foiz
inflyatsiyani hisobga olib o’rna-tiladi. Foiz inflyatsiya shiddatiga nisbatan to’g’ri
mutanosiblikda o’zgaradi.
Pulni qarz berishdan ko’ra boshqa yo’sinda ishlatishdan tushadigan daromad.
Bunda pul egasining afzal ko’rish printsipi amal qiladi. Agar aktsiya dividendi yuqori
bo’lsa, foiz pasayadi va aksincha. Agar aktsiyaga 15% dividend berilsa, foiz undan yuqori
bo’lishi shart. Aks holda pul egasi uni qarzga bermay, aktsiya sotib olishni afzal ko’radi.
Do'stlaringiz bilan baham: |