9-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarining moliyaviy faoliyati tahlili
Download 325.82 Kb. Pdf ko'rish
|
9-mavzu. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIK SUB’EKTLARINING MOLIYaVIY FAOLIYaTI TAHLILI
Qarz berishning xatar darajasi. Agar qarzning qaytib kelishi kafolatlansa, foiz past,
agar bu xatarli bo’lib, qarz qaytishi shubhali bo’lsa, foiz yuqori bo’ladi. Odatda, moliyaviy baqquvvt va nufuzli firmalar uchun foiz tayinlanadi. Yuqori va past foiz o’rtasidagi farq pul egalari uchun ma’lum darajada qarz xatarini kamaytiradi, chunki bir yerda foizning kamligi, boshqa yerda uning ortiq bo’lishi bilan qoplanadi.
yuritishning oqilona yo’llarini qidirib topishni talab qiladi. Bu esa materiallar va hom ashyoni tejab-tergab sarflashni, dastgohlar va uskunalardan yaxshiroq foydalanishni, xodimlar ish unumdorligini oshirishni, mahsulot birligiga to’g’ri keladigan xarajatlarni pasaytirishni, pirovardida, korxona rentabelliligini va foydaliligini oshirishni ko’zda tutadi.
Ko’rsatib o’tilgan omillarning barchasi ishlab chiqarishning iqtisodiy samaradorligiga erishish tushunchasiga birlashadi. Korxona xo’jalik faoliyatining yakuniy natijasi (foyda)ni unga erishishga sarflangan resurslar bilan taqqoslash ishlab chiqa-rishning samaradorligini aks ettiradi. Samaradorlikning oshishi xarajatlar birligiga to’g’ri keladigan iqtisodiy natijalarning ko’payishi bilan ifodalanadi. Samaradorlik xo’jalik yuritish mexanizmining takomillashganlik darajasidan, biznesni to’g’ri yo’nalishda olib borilayotganligidan darak beradi. Samaradorlikning ta’rifi asosida ishlab chiqarish xarajat-larining tarkibi va hajmi yotadi. Xarajatlar – bu korxonaning ishlab chiqarish va tijorat faoliyatini amalga oshirishda zarur bo’lgan omillar (sarmoyalar, mehnat resurslari, tabiiy resurslar, tadbirkorlik faoliyati) uchun sarflangan mablag’larning pulda aks ettirilishidir. Ular
mahsulot tannarxi ko’rsatkichida namoyon bo’lib, barcha moddiy xarajatlar, mahsulotni ishlab chiqarish va sotish xarajatlari, mehnatga haq to’lash xarajatlarining puldagi ifodasidir. Ishlab chiqarishning barcha xarajatlarini ikki guruhga: doimiy va o’zgaruvchan xarajatlarga bo’lish mumkin. Doimiy xarajatlarga mikdori ishlab chiqarish hajmi o’zgarishi bilan ham o’zgarmaydigan xarajatlar kiradi. Ular korxona mahsulot ishlab chiqarmagan holda ham to’lanishi kerak. Ularga amortizatsiya chegirmalari, binolar va uskunalarning ijarasi, sug’urta badallari, boshqaruv xodimla-rining ish haqlari va boshqalar kiradi. O’zgaruvchan xarajatlar deb, umumiy mikdori bevosita ishlab chiqarish va sotish hajmlariga kiritilgan, shuningdek, mah-sulotlarning bir necha turlarini ishlab chiqarish va sotish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlar tushuniladi. Bularga xom ashyo, material-lar, yoqilg’i va elektr energiyasi, ishchilar mehnatiga haq to’lash va boshqa xarajatlar kiradi. Ishlab chiqarish xarajatlarining bunday bo’linishi korxonalar faoliyati samaradorligining har xil ko’rsatkichlarini aniqlash uchun zarurdir. Ishlab chiqarish samaradorligini aniqlash uslubi umumiy xarajatlar va ularning ayrim turlarini xo’jalik faoliyatining natijalari bilan taqqoslashdan iboratdir. Buning uchun turli xil ko’rsatkichlardan foydalaniladi. Bu ko’rsatkichlarning belgilangan tasnifi mavjud emas. Har bir korxona iqtisodiyotini o’rganuvchi ularni o’zicha, u yoki bu ko’rsatkichlarning ahamiyatini ta’kidlash zaruriyatidan kelib chiqqan holda yoki korxona ishi natijalarini har tomonlama baholagan holda guruhlarga ajratadi. Barcha ko’rsatkichlarni quyidagi uchta guruxga birlashtirish maqsadga muvofiqdir: xo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar; resurslarning ayrim turlaridan foydalanish samaradorligi ko’rsatkichlari; moliyaviy faoliyatni baholovchi ko’rsatkichlar. Kichik korxonalarning xo’jalik faoliyatini umumlashtiruvchi ko’rsatkichlar. Mahsulotni ishlab chiqarish va sotish korxona faoliyatining oxirgi natijasi qisoblanadi. Kichik korxonalar uchun sotilgan (haridorlarga ortib jo’natilgan va ular tomonidan haq to’langan) mahsulot hajmi pul tushumini ta’minlashga, ishlab chiqarish xarajatlari va boshqa zaruriy sarflarning o’rnini qoplashga imkon beradi. Bundan tashqari, pul tushumining tarkibida foyda ham mavjud bo’ladi. Undan korxona tomonidan ishlab chiqarishni kengaytirish, moddiy rag’batlantirish fondlarini yaratish, davlat byudjeti oldidagi majburiyatlarni bajarish uchun foydalaniladi. Iste’molchi mahsulot sotilishi natijasida ishlab chiqarish vositalari yoki iste’mol mollari ko’rinishidagi zaruriy mahsulotni oladi. Korxonalar mahsulotlarini sotishda ayrim kamchiliklarga ham yo’l qo’yadi. Xususan, ayrim hollarda sotish rejasini oshirib bajarish bilan birga mahsulotlarning ayrim turlarini xari-dorlarga belgilangan muddatlarda yetkazib berish rejasi bajaril-maganlik hollari uchraydi. Bu korxonaning o’ziga (u penyalar va jarimalar to’laydi) va haridorga zarar keltiradi. SHuning uchun sotish rejasining bajarilishi mahsulot yetkazib berish bo’yicha shartnoma majburiyatlarining bajarilishini hisobga olish bilan tahlil qilinadi. Bunda bitta haridorga yetkazib berish rejasining oshirib bajarilishi boshqa haridorlarga yetkazib berish rejasining bajarilmaganligiga sabab bo’lganligi hisobga olinadi. SHuning uchun shartnoma majburiyatlari rejasini bajarilishi 100% dan oshib ketmasligi kerak. Sotish hajmi tayyor mahsulotni ishlab chiqarish va uni o’z vaqtida sotishga to’g’ridan- to’g’ri bog’liqdir. Tovar mahsuloti mahsulotni sotish ko’rsatkichlarida sotilmagan mahsulotlarning o’zgaruvchan qoldiqlarining o’zgarishi bilan aks ettiriladi. Mahsulotlar sotilishining bir maromdaligini ta’minlash uchun korxonalar tayyor mahsulot-larning zarur hajmiga ega bo’lishlari kerak. Ammo amaliyotda sotilmagan mahsulotlarning haqiqiy qoldiqlari me’yoriy qoldiqlardan ancha oshib ketish hollari ham uchraydi. Bu hisobot davrida mahsulotning sotilish hajmini ancha kamayishiga olib keladi. Mahsulot sifatining yetarlicha yuqori bo’lmasligi, mahsulotlarni bir maromda ishlab chiqarilmasligi, korxona mahsulotlarni ortib jo’natish uchun transport bilan yetarlicha ta’minlanmaganligi va boshqalar bunday vaziyatning sabablari bo’lib hisoblanadi. Mahsulotni sotish aniq iste’molchi tomonidan buyumlar-ning ayrim turlari ko’rinishida amalga oshiriladi. Yetkazib beruvchilar va haridorlar mahsulot yetkazib berish to’g’risida shartnoma tuzadilar. Unda buyumlarning ro’yxati, miqdori, yetkazib berish muddatlari va boshqa shartlar ko’zda tutiladi. Bozor sharoitlarida mahsulot sifatining yaxshilanishi tobora katta ahamiyat kasb etadi. Mahsulotning sifati deganda uning foydalanish uchun yaroqlilik darajasini belgilovchi xususiyatlar majmui tushuniladi. Mahsulotning belgilangan turlari attestatsiyadan o’tkaziladi va ularning sifati ikki nav – oliy va birinchi navga bo’linadi. Sifatning oliy naviga, sifat parametrlariga asoslangan, oliy ilmiy-texnik yutuqlar darajasiga mos keluvchi mahsulotlar kiradi. Bunday mahsulotlarning sifat parametrlari amaldagi standartlarga mos kelishi kerak. Mahsulot sifatini harakterlovchi ko’rsatkichlardan biri oliy navli mahsulotlar hajmining umumiy ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmiga nisbatan salmog’idir. Mahsulotning sifatiga uni ishlab chiqarish uchun foydalanilgan xom ashyo va materiallarning sifati, belgilangan texnologik jarayonga aniq rioya qilinishi, ishchilarning malakasi, mahsulot sifatini yaxshilaganlik uchun moddiy rag’batlantirish, tayyor mahsulotlarni saqlash, tashish va boshqalar ta’sir qiladi. Mahsulotning tannarxi kichik korxonalar ishining tejam-liligini ta’riflovchi eng muhim ko’rsatkichlardan biridir. Mahsulot tannarxining pasayishi korxona rivojlanishining eng muhim omili hisoblanadi. Mahsulotlar, ishlar va xizmatlarning tannarxi deganda bevosita mahsulotlarni tayyorlash va ishlarni bajarish, ishlab chiqarish sharoitlarini yaxshilash va
uni takomillashtirish jarayonida foydalaniladigan resurslarning barcha turlari: asosiy fondlar, tabiiy xom ashyo va sanoat xom ashyosi, materiallar, yonilg’i va energiya, mehnatning pul shaklida aks ettirilgan xarajatlari tushuniladi. Mahsulot tannarxiga kiritilgan xarajatlarning tarkibi, ularni moddalar bo’yicha tasniflash davlat standarti tomonidan, kalkulyatsiyalash usullari esa korxonaning o’zi tomonidan belgilanadi. Mahsulotning tannarxi korxonaning ishlab chiqarish va muomala xarajatlaridan iborat bo’ladi, xarajatlar va daromad-larni tenglashtirish, ya’ni o’z xarajatlarini o’zi qoplashi bozor mexanizmining asosiy xususiyatlaridan biridir. Tayyor mahsulotlar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan xizmatlarning sotilishi korxona faoliyati moliyaviy natijalarini aniqlashga imkon beradi. Hisobot davrida haridorlarga ortib jo’natilmagan mahsulotning qiymati va firma ichidagi oborot sotish hajmiga kiritilmaydi.
Download 325.82 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling