S – mahsulotning
tannarxi;
F
o
– acosiy ishlab chiqarish fondlarining qiymati;
F
ob
– aylanma mablag’larning hajmi.
Korxonalar ish amaliyotida rentabellikning bir qator ko’rsatkichlari qo’llaniladi.
Mahsulotning rentabelligini sotilgan barcha mahsulotlar bo’yicha va uning alohida
turlari bo’yicha aniqlash mumkin. Birinchi holda u mahsulotni sotishdan olingan foydaning
uni ishlab chiqarish va sotish xarajatlariga nisbati sifatida aniqlanadi. Sotilgan
mahsulotlarning rentabelligi tovar mahsulotini sotishdan olingan foydaning mahsulotni
sotishdan tushgan tushumga nisbati sifatida; balans foydasining mahsulotni sotishdan
olingan foydaga nisbati bo’yicha; sof foydaning sotilgan mahsulotdan tushgan tushumga
nisbati bo’yicha hisoblanadi.
Ishlab chiqarish fondlarining rentabelliligi balans foydasi-ning asosiy ishlab
chiqarish fondlari va moddiy aylanma mablag’-larning o’rtacha yillik qiymatiga
nisbati sifatida hisoblanadi. Bu ko’rsatkichni sof foyda bo’yicha ham hisoblash mumkin.
Korxona qo’yilmalarining rentabelliligi uning ixtiyorida bo’lgan mulkning qiymati
bo’yicha aniqlanadi. Hisoblashda balans va sof foyda ko’rsatkichlaridan foydalaniladi.
Mulkning qiymati buxgalteriya balansi bo’yicha aniqlanadi. Bu ko’rsatkich korxona
mulkining bir so’m qo’yilmalariga sotish darajasini ifodalaydi.
Korxona shaxsiy mablag’larining rentabelligi sof foydaning balans bo’yicha
belgilangan, uning shaxsiy mablag’lariga nisbati bilan aniqlanadi.
Uzoq muddatli moliyaviy qo’yilmalarning rentabelligi qimmat-baho qog’ozlar va
boshqa korxonalarda ulushli ishtirok etishdan daromadlar miqdorining uzoq muddatli
moliyaviy kiritmalarning umumiy xajmiga nisbati sifatida hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: