9-Mavzu: Oziq-ovqat uglevodlari, ularning kimyoviy xususiyatlariva tahlil qilish usullari Reja
Download 192.92 Kb. Pdf ko'rish
|
9 Ma\'ruza. Oziq ovqat uglevodlari, ularning kimyoviy xususiyatlariva (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- II tartibli polisaxaridlar.
Polisaxaridlar
Oligosaxaridlar. Birinchi tarkibli polisaxaridlar molekulasida 2 tadan 10 tagacha monosaxariddan iborat bo‘lib o‘zaro glyukozid bog‘i bilan bog‘langan bo‘ladi. Bularga disaxaridlar, trisaxaridlar va boshq. kiradi. Tabiatda disaxaridlardan maltoza, saxaroza va laktoza keng tarqalgan. Maltoza, α-glyukopiranozil-(1,4)-α-glyukopiranoza kraxmalni parchalanishinatijasida hosil bo‘ladi. Eng ko‘p tarqalgan disaxaridlarga saxaroza kiradi. U bir molekula α-D-glyukoza va β-D-fruktozadan iborat. Disaxarid laktoza faqat sut tarkibida uchraydi va β-D-galaktoza va D-glyukozadan iborat. Trisaxaridlar ichida raffinoza fruktozadan, glyukozadan va galaktozadan iborat. Eng ko‘p miqdorda qand lavlagi tarkibida va dukkakli o‘simliklarda uchraydi. II tartibli polisaxaridlar. Fiziologik nuqtai nazardan polisaxaridlar ikkiga bo‘linadi. Strukturali va zaxira funksiyasini bajaruvchi polisaxaridlar. Struktura funksiyasini bajaruvchi polisaxaridga sellyuloza, zaxira funksiyasini bajaruvchiga glikogen va kraxmal kiradi. Kraxmal ikki qismdan tashkil topgan bo‘lib amiloza va amilopektindan iborat (C 6 H 10 O 5 ) p . Amiloza 10-30%, amilopektin 70-90% tashkil etadi. Amiloza α-1,4-bog‘lar bilan bog‘langan, tarmoqlangan qismi α-1,6-bog‘lar bilan bog‘langan. Glikogen — hayvon to‘qimasida keng tarqalgan bo‘lib tuzilishi bo‘yicha kuchli tarmoqlangan. Sellyuloza (yoki kletchatka) o‘simliklarda keng tarqalgan shoxlarni va barglarni skletini tashkil etadi. Paxta va filtr qog‘oz toza sellyulozadan iborat Yog’ochni yarmi kletchatkadan va u bilan bog‘langan lignindan iborat. Lignin yuqori molekulali fenolli modda hisoblanadi. Sellyuloza polimer bo‘lib molekulasi 600 - 900 ta gyukoza qoldig‘idan tashkil topgan (o‘rtacha molekulyar massasi 1-1,5 mln teng). Sellyulozlar molekulasida glyukoza β-(1,4)-glikozid bog‘ bilan bog‘langan, chiziqli strukturaga ega. Sellyuloza oshqozon fermentlari bilan parchalanmaydi, o‘txo‘r organizmlarni ichagida ajraladigan sellyulaza fermentlari bilan gidrolizlanganda sellodekstrinlar va sellobioza hosil qiladi. Dekstranlar — asosiy qismi α-(1,6)-glyukozid bog‘ bilan bog‘langan glyukozani gomopolisaxararidi bo‘lib, dekstran bakteriyalarda sintez bo‘ladigan destransaxaraza fermenti ta’sirida saxarozadan hosil bo‘ladi. Pentozanlar — sellyulozaga o‘xshash polisaxarid bo‘lib ksiloza, arabinoza va boshqa pentozalardan tashkil topgan. Inulin — yuqori molekulali polimer bo‘lib, suvda eriydi. Spirtda cho‘kmaga tushadi. Gidrolizlanish natijasida fruktoza va qisman glyukopiranoza hosil qiladi. O‘simlliklar, zambrug‘lar va achitqilar tarkibidagi inulaza fermenti ta’sirida fruktoza hosil qiladi. Shilishiq va gummi moddalar (kamedlar) kolloid moddalar bo‘lib yopishqoq eritma hosil qiladi. Bularga olcha, olxo‘ri va o‘rik daraxtlari shikastlangan joyidan chiqadigan yelimsimon moddalar kiradi. Olcha yelimi tarkibi galaktozadan, mannozadan, arabinozadan, glyukouron kislotadan va qisman ksilozadan tashkil topgan. Kamedlar sanoatda bog‘lovchi va quyuqlashtiruvchi modda sifatida keng qo‘llaniladi. Emulgator sifatida kosmetikada va farmatsevtik krem tayyorlashda, oziq- ovqat sanoatida pasta, barqarorlashtiruvchi modda sifatida ishlatiladi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling