9-Mavzu: oziq-ovqat yog‘lari. Режа
Download 289.4 Kb. Pdf ko'rish
|
9-Ma\'ruza (1)
Qandolatchilik yog‘lari. Turli xil qandolat mahsulotlari ishlab chiqarishda
qo‘llaniladi. Shokolad mahsulotlari, konfet va oziq-ovqat konsentratlari uchun mo‘ljallingan yog‘paxta va eryong‘okdan tayyorlangan yuqori qatgiqlikdagi oziqaviy salomaslardan iborat. qatgaqligi 550—600 gG‘sm, ranggi oqdan och-sariqqacha, konsistensiyasi qattiq, erish haro-rati 34—36,5°C, kislota soni 0,4 mg KONga teng. Vafli masalliqlari tayerlashga ishlatiladigan yog‘. O‘simlik salomaslari (60—80 %) va kokos yoki palma yadrosidan tayyorlangan yog‘larning (20—40 %) aralashmasidan iborat. Ranggi oqdan oq-sariqqacha, konsistensiyasi qattiq, bir jinsli, plastik bo‘lishi ham mumkin. Yog‘ning miqdori 99,7%, namligi — 0,3 %, kislota soni 0,5 mg KONga teng; erish qarorati — 26—30°C ni tashkil qiladi. Pecheney tayyorlashda ishlatiladigan yog‘ o‘simlik salomasi (73 %), oliy navli mol yog‘i (12 %), oziqaviy fosfatid konsentratidan (3 %) iborat bo‘ladi. Sariq rangdan kulranggacha, bir jinsli qattiq yoki surkaluvchan konsistensiyali (15°S haroratda), eritilgan holda fosfolipidlarning mavjudligi sababli biroz xiraroq bo‘lishi mumkin. Yog‘ning mikdori 99,7 %ga, namlik 0,3 %ga, kislota soni 1 mg KONga teng, erish harorati 34—36°C ni tashkil qiladi. Oshpazlik, qandolatchilik va novvoylikda ishlatiladigan yog‘larni idishlarga joylash va qadoqlash. Bu yog‘lar faner yashchiklarga 15— 25 kg. dan, bochkalarga 25—50 kg. dan, qog‘ozdan tayyorlangan idishlarga bochka va yashchiklarga 20—25 kg. dan joylanadi. Bundan tashqari, 200—250 g. dan, g‘o‘lachalar qolida pergamentga o‘ralgan va yashchiklarga 10—25 kg. dan joylangan holda ham chiqariladi. Erish harorati 31—34°C bo‘lgan frityur oshpazlik yog‘i 80 % nisbiy namlikdagi havoda va 4-0°C da 12 oy, 1-4°C da 6 oy, 5-10°C da 3-oy, 11-18°C da 1-oy saklanadi. qolgan oshpazlik, novvoylik va qandolatchilikda ishlatiladigan yog‘lar 10-0°C da 6 oy, 1-4°C da 4-oy, 5-10°C da 2-oy, 11-15°C gacha haroratda — 1 oy saqlanadi. Download 289.4 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling