Annotatsiya (lot. annotatio – qayd) – qisqacha taʼrif. Kitob, maqola, qoʻlyozma mundarijasini, gʻoyaviy-siyosiy yoʻnalishini va boshqa jihatlarini ochib beradi. A.ni, mas, kitobning oʻzida, bi-bliografik koʻrsatkichlarda va kutubxona kataloglarida uchratish mumkin. Uning vazifasi oʻquvchilarda muayyan kitob, maqola, qoʻlyozma toʻgʻrisida umumiy ta-savvur tugʻdirish va ularga adabiyotlar tanlashda yordam koʻrsatishdir.
Matn mazmunining qisqacha bayoni (rezyume), uning tuzilishi va ifoda materialining xususiyatlari.
Hozirgi paytda ko'plab zamonaviy tashkilotlar va ayniqda xalqaro korxonalar ishga hujjat topshirayotgan shaxslardan rezyume yuborishlarini talab qilishadi. Rezyume nima? Rezyume fransuzcha “résumé” so'zidan kelib chiqqan va sodda qilib aytganda qisqacha izoh ma’nosini bildiradi. Rezyume ishga hujjat topshirayotgan shaxs to'g'risida ma’lumotni taqdim etadi- uning ismi, ma’lumot darajasi, ish tajribasi, qizishlari va h.k.
Rezyume hozirgi kunda ishga qabul qilish jarayonida eng muhim hujjat hisoblanadi.O'zbek tilida bunday hujjat “tarjimai hol” va “shaxsiy ma’lumotnoma” deb ham atalishi mumkin, lekin rezyumening shakli bu hujjatlardan biroz farqlidir. Rezyume asosan ish izlovchilar tomonidan ishga topshirayotganda yuboriladigan hujjat hisoblanadi, lekin u boshqa maqsadlarda ham ishlatilishi mumkin. Masalan, tashkilot direktori yoki loyiha menejerining rezyumesi grant taklifi bilan birgalikda donor tashkilotga topshiriladi.
Rezumeda ish izlovchi shaxs to'g'risida qisqacha ma’lumot beriladi. Ish beruvchi eng avval rezyumega e’tibor qaratadi. Ya’ni ishga topshirgan shaxsni ko'rmasdan va bilmasdan turib rezyume orqali u bilan tanishadi. Shuning uchun, rezyume ishga topshiruvchi shaxs to'g'risida bexato, aniq va eng asosiysi topshirilayotgan ishga tegishli bo'lgan ma’lumotlarni qamrab olishi kerak. Yaxshi tuzilgan rezyume ishni qo'lga kiritishning birinchi va eng muhim poyqadami hisoblanadi. Agar rezyumengiz orqali ish beruvchini ishontira olmasangiz, keyingi bosqichga o'tish imkoni bo'lmaydi!
Do'stlaringiz bilan baham: |