9-Mavzu: Surxondayo etnografiyasi va uning voha tarixini o‘rganishdagi ahamiyati(2 soat) Reja


Download 378.39 Kb.
bet13/14
Sana03.12.2023
Hajmi378.39 Kb.
#1798368
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2-ma\'ruza. Surxondaryo etnografiyasi va uni voha tarixini o\'rganishdagi ahamiyati

Muzeyshunoslik muzeologiya — muzeylar tarixi, ularning ijtimoiy vazifalari, muzey ishi nazariyasi va metodikasi masalalarini o‘rganadigan fan tarmog‘i. Muzey tizimiga muzey ishi nazariyasi, muzey ishi tarixi (muzey tarixshunosligi bilan), muzey manbashunosligi, muzeylar va muzey tadqiqotlari faoliyatiga doir barcha o‘ziga xos tomonlarni o‘rganuvchi ilmiy metodik fanlar qatoriga kiradi. Uning tadqiqot ob’ekti muzey buyumlarini jamlash, dala tadqiqot usulari va bevosita muntazam kuzatuv ishlari, ijtimoiy usullarni qo‘llash orqali amalga oshiradi.
1876 yilda bunyod etilgan Toshkent Xalq muzeyi negizida yuzaga kelgan ushbu muzeyning ulkan jamg‘armasi mavjud, unda katta ilmiy tadqiqot ishi olib borilmokda. Sharq uslubida qurilgan muzey binosi me’morchiligining o‘zi betakrordir. Respublika Qurolli Kuchlari markaziy muzeyida ham harbiy harakatlarning muayyan bosqichlarini aks ettiruvchi asil nusxadagi hujjatlar, foto va kino materiallar va turli qurollar ham namoyish etshgmokda. Amir Temurning so‘nggi Oltin O‘rda xoni To‘xtamishga qarshi uchinchi yurishi haqida hikoya qiluvchi jang manzarasi g‘oyat noyob bo‘lib, Markaziy Osiyoda yagonadir. Muzey zallarida harbiy san’at tarixining uch davriga daxldor eksponatlar qo‘yilgan: temuriylar davri, O‘zbekistonning jahon urushidaga ishtiroki va qurolli kuchlarning hozirgi holati. Ularning barchasi asosiy manba, madaniy tarixiy qadriyat sifatida asoslangan va sinovdan o‘tgan. Hozirgi vaqtda muzey Harbiy jamg‘armasida etti mingdan ko‘proq tarixiy eksponatlar mavjud.
Muzeylardagi ilmiy tadqiqotlar natijalari kolleksiyalar, ekspozitsiyalarni ta’mirlash, saqlash, muhofaza qilish, mijozlarga xizmat ko‘rsatish, shuningdek, muzey faoliyatining boshqa turlari darajasini aniklaydi. Respublika tarixiy muzeylarida saqlanayotgan eng boy jamg‘arma to‘plamlari qadimshunoslik, elshunoslik, tangashunoslik, moddiy va ma’naviy madaniyat tarixi, harbiy tarix, geraldika, epigrafika kabi fanlardagi tadqiqotlar uchun ulkan baza hisoblanadi. Shunday qilib, tarixiy muzeylardaga ilmiy-tadqiqot faoliyati badiiy va axloqiy kiymatga ega yanga tarixiy ma’lumotlar olish manbai sifatida muzey ashyolarini o‘rganish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Hozirgi davrda turizm dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida ommaviy tus olgan. Odatda, turizm turistik tashkilotlar orqali turistik marshrutlar bo‘yicha uyushtiriladi. Turizmning juda ko‘p turlari va shakllari mavjud (ichki, xalqaro, havaskorlik turizm, uyushgan turizm, yaqin joyga sayohat, uzoqqa sayohat, bilim saviyasini kengaytirish maqsadida, toqqa chiqish, suv turizmi, avtoturizm, piyoda yuriladigan turizm, sport turizmi va xakozalar.
O‘zbekistonda turizm sohasiga rahbarlikni «O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi (1992 y. 27 iyulda tuzilgan) olib boradi. Kompaniyaning asosiy vazifasi turizm infrastrukturasini rivojlantirish, chet el sarmoyasini jalb qilib zamonaviy turistik komplekslarni barpo etish, yangi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqish, xizmatlar doirasini kengaytirishdan iborat.
«O‘zbekturizm» milliy kompaniyasi sayohat qilish turiga qarab quyidagi turistik yo‘nalishlarni ishlab chiqqan: klassik yo‘nalish (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent; Toshkent, Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Toshkent). Bu yo‘nalish eng qadimgi yodgorliklar va boshqa tarixiy-madaniy obidalarga tashrif bilan bog‘liq.
Shuningdek, ekologik turizm yo‘nalishi (Chimyon, Chorvoq dam olish va davolanish oromgohi, Zomin qo‘riqxonasi, Buxoro viloyatidagi qo‘riqxonalar). Bu yo‘nalish alohida muhofaza qilinadigan tabiiy hududlar va sayyoxlar uchun ekologik jihatdan qulay hamda foydali hisoblanadigan joylarga tashrif bilan bog‘liq.
Arxeologik turizm yo‘nalishi (Qoraqalpog‘iston, Surxondaryo, Samarqand hududlari bo‘ylab). Bu yo‘nalish O‘zbekistonning eng qadimgi topilmalari va arxeologik qazilmalar olib borilayotgan joylari bilan tanishishni maqsad qilib qo‘yadi.
Ekstremal turizm yo‘nalishi (Chimyon, Farg‘ona vodiysi, Orol bo‘yi, Buxoro, Navoiy viloyati hududlari bo‘ylab); diniy turizm yo‘nalishi (Toshkent, Samarqand, Buxoro, Toshkent)- mamlakatimizdagi tarixiy diniy obidalarni ziyorat qilish bilan bog‘liq.
Turizm sohasidagi munosabatlarni huquqiy jihatdan tartibga solish, turistik xizmatlar bozorini rivojlantirish, shuningdek, turistlar va turistik faoliyat sub’ektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasining «Turizm to‘g‘risida»gi qonuni qabul qilinishi sohani rivojlantirishda muhim omil bo‘ldi.
Turizm tashkilotlarini takomillashtirish hamda kichik va o‘rta turistik korxonalarning xizmat ko‘rsatish bozorini faollashtirish, shuningdek, horijiy sarmoyani turizm sohasiga jalb qilish maqsadida 1998 yilda O‘zbekiston Respublikasi hukumati qarori bilan Toshkentda «Xususiy sayyohlik tashkilotlari uyushmasi» tashkil etildi. U 300 dan ziyod turistik korxonalar bilan yaqindan aloqada bo‘lib faoliyat olib boradi.
O‘zbekiston 1993 yilda o‘z safiga 120 dan ortiq mamlakatni birlashtirgan Jahon, turistik tashkiloti (WTO;1975 y, tuzilgan)ga a’zo bo‘ldi. Shuningdek, O‘zbekiston WTO Evropa komissiyasi rayosatining ham a’zosidir. 2004yilda «Buyuk ipak yo‘li» loyihasi doirasida Samarqand viloyatida Jahon turistik tashkilotining vakolatxonasini ochilishi bu boradagi muhim ishlardan biri bo‘ldi.
Hozirgi kunda O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyi eng yirik ilmiy-ma’rifiy markazlardan hisoblanib, uning jamg‘armasida 250 mingga yaqin eksponat mavjud. Ular orasida numizmatika, arxeologiya, tangashunoslik va etnografiyaga oid ko‘plab qimmatli jamlamalar bor.
14.4.O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyining yangi ekspozitsiyasi O‘zbekiston hududida tarixiy-madaniy jarayonlarning eng qadimgi davrlardan boshlab hozirga qadar bo‘lgan taraqqiyotini ashyoviy dalillar va tasviriy vositalar orqali namoyish etishga qaratilgandir. Umumiy sathi qariyb ikki ming kvadrat metr bo‘lgan, binoning uchinchi va to‘rtinchi qavatini egallagan mazkur ekspozitsiyada o‘n mingga yaqin eksponat joylashgan. Ularda o‘zbek davlatchiligining shakllanishi tarixi, o‘zbek xalqining boy an’analari va madaniyati ifoda etilgan.
Dastlabki ekspozitsiyadagi ibtidoiy tuzum davrini ifodalovchi eksponatlar O‘zbekiston hududi Sharq sivilizatsiyasining eng qadimgi o‘choqlaridan biri bo‘lganligidan guvohlik beradi. Dehqonchilik va chorvachilik asosida ishlab chiqarishning yo‘lga qo‘yilishi, ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar, dastlabki kimyoviy-texnologik bilimlar asosida hunarmandchilikning rivojlanishi, diniy tafakkur rivojida zardushtiylikka asos solinishi, qadimiy Sharqning yuqori darajada rivojlangan markazlari bilan o‘zaro madaniy aloqalar, murakkab ichki tuzilmalarga ega bo‘lgan qal’a va ilk shaharlarning paydo bo‘lishi yirik davlatlarning tashkil topishida katta rol o‘ynadi. Dehqonchilik va chorvachilikning o‘ziga xos rivoji va o‘zaro bog‘liqligi, O‘zbekiston xalqlarining ahamoniylar, grek-makedoniyaliklar va sosoniylarga qarshi kurashi, xorazmiylar, baqtriyaliklar, Farg‘ona davlati hamda Kushon saltanati hakidagi ma’lumotlar ham juda yaxshi yoritilgan. Zallarda namoyish etilayotgan ajdodlarimizning eramizdan avvalgi I va eramizning I ming yilliklarida madaniyati yuqori bo‘lganligini o‘zida mujassam etgan ashyolar mazmun-mohiyatining rang-barangligi bilan ajralib turadi. Bularning ko‘pchiligi dunyo madaniyati va san’atining bebaho namunalari hisoblanadi.
Devor yozuvlari, haykaltaroshlik tasvirlari, buddaviylik mavzui bilan bog‘langan me’morchilik ishlari ekspozitsiyadan alohida o‘rin olgan.
O‘zbek xalqining o‘rta asrlardagi buyuk madaniy merosi ham ekspozitsiyada o‘z ifodasini topgan. Ayniqsa, Temur va temuriylar davriga bag‘ishlangan ekspozitsiyada Amir Temur say-harakatlari natijasi o‘laroq, fan va madaniyatning yuqori darajada rivojlanganligi haqida hikoya qiluvchi ko‘plab eksponatlarni ko‘rish mumkin.
Muzeyning oxirgi ekspozitsiyasi mustaqillikka erishgan O‘zbekiston Respublikasining qisqa davr ichida siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy sohalardagi erishgan ulkan yutuqlariga bag‘ishlanadi. Salkam 12 yil davomida O‘zbekiston jahonda o‘zining munosib o‘rnini topgan davlatlardan biriga aylandi. Qisqasi, tarixiy taraqqiyot va madaniyat rivojidagi uzviylik muzey vositalarida millatning bir butun yaxlit tarixi sifatida ko‘rsatilgan.
Bugungi kunda yirik ilmiy-madaniy markazlardan biri hisoblangan O‘zbekiston tarixi Davlat muzeyida o‘zbek xalqining tarixi xolisona yaratildi. Lekin bir vaqtlar vatanimizdan tashib ketilgan behisob va nodir yodgorliklarimizni boshqa muzeylarda ko‘rganimizda, yuragimizdagi o‘kinch va armonlarimiz qalbimizni tirnaydi.
Muzeylar aholini, eng avvalo, o‘sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik, madaniyatimiz qadriyatlariga mehr-muhabbat ruhida tarbiyalashda muhim rol o‘ynaydi. Muzeylarning asosiy faoliyati muzey buyumlari deb ataluvchi tabiiy, moddiy va madaniy yodgorliklar namunalari bilan bog‘liq. Muzey buyumi g‘oyat katta ijtimoiy ahamiyatga ega ma’lumotni o‘zida saqdaydi, tabiat va ijtimoiy xayotda kechgan turli xodisalar va jarayonlarniig ashyoviy isboti bo‘lib maydonga chiqadi, tarixiy hodisalar asosida fan, ta’lim va tarbiyaning rivojiga munosib hissa qo‘shadi.
Mamlakatimizda istiqlol yillarida muzeylari xayotida tub burilish ro‘y berdi. O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimovning 1998 yil 12 yanvardagi «Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida»gi Farmoni muzeylar mamlakatimizning xaqiqiy ma’naviy va madaniy o‘choqlariga aylanishida muhim rol o‘ynadi. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 5 martdagi «Muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari to‘g‘risida»gi 98-sonli qarori va hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008 yil 3 oktabrdagi « Muzeylar faoliyatiga taallukli meyoriy xujjatlar to‘g‘risida»gi 231-sonli qarorlarida muzey fondlarida saqlanayotgan osori-atiqalarni avaylab-asrash va ularni xalqimiz o‘rtasida keng targ‘ib etish yuzasidan muzeylar oldida turgan asosiy vazifalar belgilab berildi.


Download 378.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling