9-sinf Sinf soati ish reja va konspekt 2023-2024-yil
Download 2.47 Mb. Pdf ko'rish
|
9 sinf sinf soati ish reja va konspek (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi
- “Bani odam bir tananing a’zolaridur, ular azalda bir gavhardan paydo bo`lganlar”
SOG`LOMLASHTIRISH
O`SIMLIKLAR Muattar hidlar mahsulotlari Shifobaxsh o`tlar Oziq ovqat III.Yakuniy qism.O`quvchilarga mavzuni mustahkamlash yuzasidan savollarni “Kim topqir” o`yini orqali berish mumkin. O`qituvchi berilgan savollar javoblarini umumlashtiradi. O`quvchilarga doimo tana a`zolarini sog`lom bo`lishini ta`minlash uchun kun tartibiga rioya qilish, vaqtida ovqatlanish va sport bilan shug`ullanish lozimligini ta`kidlab, mashg`ulotni yakunlaydi. Sport bilan shug`ullaning. Sana: 10-mavzu: Zamon bilan hamnafas (Rus tili fani oyligi doirasida) Kun shiori: “Rivojlanib borayotgan yurtimizda, ma’rifatli har bir shaxs zamon bilan hamnafas yashaydi ”. Maqsad: O`quvchilarda vatanparvarlikni singdirish, har bir tilni hurmat qilishni, zamon bilan hamnafaslikda qadam tashlashlikni uqtirish Natija: O`quvchilarning erkin fikrlashi, tassurotlari va olgan xulosasi. Kommunikativ kompetensiya — muloqotda muomala madaniyatiga amal qilishni, ijtimoiy moslashuvchanlikni, hamkorlikda jamoada samarali ishlay olish layoqatlarini shakllantiradi Axborotlar bilan ishlash kompetensiyasi —media madaniyatga ega bo‘lish layoqatlarini shakllantiradi Nima uchun sog`lom bo`lish kerak? Sog`lom bo`lish uchun nima qilish kerak? Sog`lom o`quvchi qanday o`qiydi? керак? Foydalanadigan ko`rgazmali qurollar: O O ` ` z z b b e e k k i i s s t t o o n n R R e e s s p p u u b b l l i i k k a a s s i i K K o o n n s s t t i i t t u u t t s s i i y y a a s s i i , , M M a a ’ ’ n n a a v v i i y y a a t t q q a a l l b b i i m m q q u u y y o o s s h h i i , , M M a a ’ ’ n n a a v v i i y y a a t t y y u u l l d d u u z z l l a a r r i i , , P P e e d d a a g g o o g g i i k k a a , , shiorlar, plakatlar, devoriy gazetalar, slaydlar, tarqatma materiallar. Doskada: “Bani odam bir tananing a’zolaridur, ular azalda bir gavhardan paydo bo`lganlar” Shayx Sa’diy Sheroziy O`qituvchi: N.G. Chernishevskiy Beruniy nomini faqat bir joyda tilga oladi. Ammo shu kichik faktning o`zi ulug` rus demokratining O`rta osiyolik buyuk mutafakkir ijodiga katta hurmat bilan qarab, uning asarlarini eng mo`tabar manba deb bilganidan dalolat beradi. Bu fakt yana shu fikrni ham aytishga asos bo`ladiki, Chernishevskiy Beruniy asarlaridan yaxshigina xabardor bo`lgan, uning arab madaniyati olamidagi mavqeini his qilgan. N.G. Chernishevskiy Beruniy vatani- ko`hna Sharqning ajralmas bo`lagi O`rta Osiyo tarixi, bu yerda yashaydigan xalqlarning hayoti bilan ham qiziqadi. Ma’limki, N.G. Chernishevskiy ijodi O`rta Osiyoning chor Rossiyasi tomonidan bosib olinishi davriga to`g`ri keladi. Chor hukumatining mustamlaka qilingan aholiga munosabati, bu o`lkaning o`rganilishi, adib e’tiboridan chetda qolmagan. Uning asarlarida O`rta Osiyoning iqtisodiy – ijtimoiy ahvoli, tarixi va madaniyati to`g`risidagi materiallar va bu asosdagi fikrlarni anchagina uchratish mumkin. O`rta Osiyoni u qadimiy madaniyat markazlaridan biri deb hisoblab, Misr, hindiston, Suriya bilan yonma-yon qo`yadi; Boxtar, Sug`d, Xorazm haqida arab va mo`g`ul istilosi oqibatlari, Temur va temuriylar, Hindistonda hukmronlik qilgan boburiylar sulolasining ishlari xususida mulohazalar yuritadi. V.V.Vilyaminov – Zernov rus sharqshunoslari orasida birinchilardan bo`lib Markaziy Osiyo tarixini o`rgangan kishidir. V.V.Vilyaminov – Zernovning katta xizmatlaridan biri Alisher Navoiy asarlari asosida XVI asrda tuzilgan “Abushka” lug`atini nashr ettirganidir. Bundan tashqari, u bir qancha qo`lyozmalarni to`plab tasnif etgan, Navoiy, Mashrab asarlari haqida ma’lumot bergan turkshunos olim edi. Demak, umumbashariy taraqqiyot tarixi Sharqu G`arb o`rtasidagi har xil davriy, siyosiy devorlarni surib tashladi. Zero, Shayx Sa’diy Sheroziy aytganidek: “Bani odam bir tananing a’zolaridur, ular azalda bir gavhardan paydo bo`lganlar”. Sharq bilan G`arb ana shu muazzam organizmning o`zaro ajralmas a’zolari sifatida, tobora yaqinlashib, madaniy – adabiy aloqalarda birlashib bormoqda. Insoniyat taraqqiyotining talabi ham ana shunday. (Najmiddin Komilov. Tafakkur karvonlari 313-314-315 betlar) Download 2.47 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling